Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollollohu alayhi va sallam: “Umradan keyingi umra ikkisining orasidagi (gunoh va xato)larga kafforat bo‘ladi. Mabrur (maqbul) haj mukofoti faqat jannatdur”, dedilar.
Mazkur kitobda ulug‘ ibodat bo‘lgan haj va umra ziyoratlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Kitobda keltirilgan dalil va ibodat qoidalari Hanafiy mazhabiga oid manbalar bilan asoslangan. Kitob, ulug‘ ibodat sari yo‘l olgan yurtdoshlarimizga haj amallarini nuqsonsiz bajarishlarida muhim qo‘llanma sifatida foydalanishlari uchun mo‘ljallangan. Ushbu kitobning o‘ziga xosligi va tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
Alloh taolo hajni niyat qilgan vatandoshlarimizning hajlarini mabrur hajlardan qilsin!
Murojaat uchun: +998 93 341-00-17.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilligida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuvda davlatimiz Rahbarining tegishli Farmoni bilan bir guruh diniy soha xodimlari «Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlangani yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va tarixiy voqea ekani alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilishda «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu shiori ostida vohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida imom-xatiblarga quyidagi ustuvor vazifalar yuklatildi:
Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘iz keksalar holidan muntazam xabar olish;
Oilalar totuvligini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
Masjidlar, qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda tozalik tadbirlarida faollik ko‘rsatish.
Yig‘ilish yakunida diniy soha xodimlarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati