Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

Mabrur haj mukofoti faqat jannatdur

27.07.2017   12030   2 min.
Mabrur haj mukofoti faqat jannatdur

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollollohu alayhi va sallam: “Umradan keyingi umra ikkisining orasidagi (gunoh va xato)larga kafforat bo‘ladi. Mabrur (maqbul) haj mukofoti faqat jannatdur”, dedilar.

Mazkur kitobda ulug‘ ibodat bo‘lgan haj va umra ziyoratlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Kitobda keltirilgan dalil va ibodat qoidalari Hanafiy mazhabiga oid manbalar bilan asoslangan. Kitob, ulug‘ ibodat sari yo‘l olgan yurtdoshlarimizga haj amallarini nuqsonsiz bajarishlarida muhim qo‘llanma sifatida foydalanishlari uchun mo‘ljallangan. Ushbu kitobning o‘ziga xosligi va tarkibiy tuzilishi quyidagicha:

  • Qur’oni Karim oyatlari va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarida haj qilish haqida;
  • Safar oldidan tayyorgarlik, ularning odoblari, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar hamda saqlanish lozim bo‘lgan amallar xususida;
  • Hajga boruvchilar bilishi lozim bo‘lgan ehrom, miyqot, ruxsat berilgan va man qilingan narsalar xususida;
  • Haj amallari ma’lum bir joylarda, muayyan vaqtlarda ado etilishini e’tiborga olib, har bir kunlik amallar qaysi joyda, qanday amalga oshirilishi haqida alohida-alohida ma’lumot va ko‘rsatmalar berib borildi. Masalan: Zulhijja oyining 9 yoki 10 kunlarida qaysi joyda qanday amallar qilinishi haqida alohida kunlarga ajratib bayon qilindi;
  • Hajga tegishli hukmlar dalillar bilan bayon qilindi;
  • Dalillar xususida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istagan kitobxonlar uchun ularning manbalari alohida izoh tarzida berildi;
  • Ayollarga tegishli masalalarga ham alohida e’tibor berildi;
  • Ilk marotaba hajga boruvchilarning tasavvurlari to‘liq bo‘lishi uchun ba’zi joylarning suratlari ham berildi;
  • Kerakli o‘rinlarda eslatma va ogohlantirishlar berildi;
  • Qaysi duolarni qaysi joylarda o‘qish kerakligi bayon qilib berildi;
  • Kitobning hajmi kattalashib ketmasligi va aksar kitobxonlarimiz arab yozuvini o‘qiy olmasliklarini e’tiborga olib, arab tilidagi duo va zikrlar kirill alifbosida berildi;
  • Ka’batulloh va uning o‘lchamlari haqidagi ma’lumotlar ham ushbu kitobdan o‘rin oldi;
  • Masjidul Haram va Masjidun Nabaviyda olib borilgan kengaytirish ishlari haqidagi ma’lumotlar ham jadval ko‘rinishida keltirildi.

Alloh taolo hajni niyat qilgan vatandoshlarimizning hajlarini mabrur hajlardan qilsin!

   Murojaat uchun:  +998 93 341-00-17.

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

24.08.2026   62088   1 min.
O‘zbekiston Prezidenti Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.

Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari