Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Dunyodagi eng hayratomuz ko‘priklar

25.07.2017   8667   3 min.
Dunyodagi eng hayratomuz ko‘priklar

Quyida sizlarga ko‘zni quvontiradigan va aqlni shoshiradigan dunyodagi eng hayratomuz ko‘priklar haqida ma’lumot bermoqchimiz.

1.Hozirgi kunga kelib dunyodagi eng uzun avtomobil ko‘prigi Xitoyning Xanchjou provinsiyasida joylashgan bo‘lib, uning uzunligi 36 kilometrni tashkil etadi.

  1. Fransiyadagi “Millo” ko‘prigi dunyodagi eng baland ko‘priklardan biri bo‘lib, uning balandligi 343 metrni tashkil etadi. Shuningdek, ushbu ko‘prik uzun tayanchlari bilan ham nom qozongan.

  1. AQSHning San-Fransisko shtatidagi afsonaviy “Oltin darvoza” ko‘prigi deyarli 30 yil davomida dunyodagi eng katta osma ko‘prik hisoblanib kelgan. Bundan tashqari, bu ko‘prik o‘z joniga suiqasd qiluvchilar ko‘prigi sifatida ham rekord o‘rnatgan. Deyarli har oyda bitta odam ko‘prikdan suvga tashlab o‘z joniga qasd qiladi.

  1. “Tover” ko‘prigi Londonning ramzlaridan biriga aylangan. U juda qadimiy tehnologiyalar asosida barpo etilgani sababli, hozirgi kunda faqat piyodalarga xizmat qiladi va muzey sifatida faoliyat yuritadi.

  1. Yevropadagi eng uzun ko‘prik esa Portugaliyada joylashgan “Vasko da Gama” ko‘prigidir.

  1. Unchalik mashhur bo‘lmagan bu ko‘prik – “Bosfor” ko‘prigi deb ataladi. U Bosfor bo‘g‘ozida joylashgan bo‘lib, Istanbulning Osiyo va Yevropa qismlarini bog‘lab turadi.

  1. O‘zining noyob me’moriy yechimlariga ega ushbu ko‘prik “Akasi Kaykyo” ko‘prigi sanalib, u dunyodagi eng seysmik faol hudud - Yaponiyada joylashgan. Uzunligi 3911 metr bo‘lgan ushbu ko‘prik hozirgi kunda eng uzun osma ko‘prik hisoblanadi.

  1. Seulda joylashgan “Banpo” nomli ushbu favvora-ko‘prik Ginnesning rekordlar kitobiga ung uzun favvora-ko‘prik sifatida kiritilgan. “Oy yog‘dusidagi kamalak” ning uzunligi 1140 metrni tashkil qiladi.

  1. Angliyada joylashgan ajoyib ko‘prik – “Geytshed Millenium” ko‘prigi dunyodagi yagona buriluvchan ko‘prik hisoblanadi. Kemalar o‘tishida ko‘prik 40 darajaga buriladi hamda ko‘zlarni yumilishi holatiga o‘xshab ko‘tariladi. Bu juda hayratlanarli holat 4 daqiqa davom etadi va yil davomida 200 marotaba ro‘y beradi.

  1. Braziliyada joylashgan “Oliveyra” ko‘prigi tayanchlari X shaklida ekanligi bilan ajralib turadi. Ushbu tayanchlarning uzunligi 138 metr bo‘lib, 144 ta po‘lat simlar bilan mahkamlangan. Tungi chiroqlarining go‘zalligi ushbu ko‘prikni San-Paulo shahrining ramziga aylantirgan.

  1. Sharq me’moriy uslublari asosida qurilgan ushbu Haj ko‘prigi Eronda joylashgan bo‘lib, bu inshoot ko‘prikdan tashqari, Isfahon shahri uchun suv saqlovchi damba vazifasini ham o‘taydi.

 

Xalqaro aloqalar bo‘limi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Kuala-Lumpurda “O‘zbekiston-Malayziya: kreativ va ziyorat turizmi” mavzusida fotoko‘rgazma tashkil etildi

11.09.2026   51545   1 min.
Kuala-Lumpurda “O‘zbekiston-Malayziya: kreativ va ziyorat turizmi” mavzusida fotoko‘rgazma tashkil etildi

Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan Turizm qo‘mitasi hamda MARA Texnologiya universiteti (UiTM) bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turistik salohiyati va boy madaniy merosiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-Malayziya: kreativ va ziyorat turizmi” nomli tadbirda Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vaziri Tiong King Sing, Islom turizm markazi bosh direktori Mohammad Faisal, mahalliy siyosiy va ishbilarmon doiralar, vazirlik va idoralar, madaniyat hamda turizm sohasi vakillari, diplomatik korpus hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Anjuman so‘nggi yillarda O‘zbekiston hududlarida barpo etilgan yangi ziyorat turizmi maskanlari hamda UiTMning San’at, dizayn va media fakulteti suratkash va dizaynerlaridan iborat ijodiy jamoasining shu yil 17–31 avgust kunlari Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga amalga oshirgan tashrifi yakunlariga bag‘ishlandi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev so‘zga chiqib, mamlakatimizda turizm va madaniyat sohalarida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, yangi sayyohlik yo‘nalishlari hamda investitsiyaviy imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. U malayziyalik turoperator va investorlarni O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga chaqirdi.

O‘z navbatida, Malayziya Islom turizm markazi bosh direktori Mohammad Faisal ikki mamlakat o‘rtasida ziyorat turizmi, madaniyat, oliy ta’lim va kreativ iqtisodiyot sohalaridagi aloqalarning kengayishi o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. U O‘zbekistonning madaniy, ziyorat va qishki turizm yo‘nalishlari Malayziyada tobora ommalashib borayotganini alohida qayd etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari