2017-yilning oxiriga kelib, Jazoirda kattaligi bo‘yicha Makka shahridagi Masjidul Xaram va Madina shahridagi Masjidun Nabaviydan keyingi o‘rinda turuvchi masjid ochiladi. Masjidning qurilishi va dizayni xitoylik quruvchilarga ishonib topshirilgan bo‘lib, ushbu yangi me’mory inshoot “Jazoir va Xitoy do‘stligining ramzi” sifatida ko‘rilmoqda.
Masjid qurilishini o‘z bo‘yniga olgan Xitoy kompaniyasi direktori Chjou Shenning so‘zlariga ko‘ra, masjid binosi loyihasi uzoq yillik vaqt sinovidan o‘tgan tajriba asosida loyihalashtirilgan.

Masjidning kompyuterdagi loyihasi
“Ushbu masjid nafaqat musulmonlarning namozi o‘qishi uchun balki islom va madaniyatlar o‘rtasida bog‘liqlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Bundan tashqari, binoda eng zamonaviy kutubxona, 300 ta talabalarga mo‘ljallangan madrasa va xayriya fondi ham joylashadi” - deya ma’lumot berib o‘tdi Jazoir Uy-joy va kommunal xizmatlar vaziri o‘rinbosari va masjid qurilishiga mas’ul bo‘lgan Ahmad Madaniy.


Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.
Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati