Islom madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun erta tongda ana shunday ulug‘ allomamiz nomi bilan ataluvchi, azim Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Imom Termiziy” jome masjidiga birinchi g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchilik ulamolar, masjid qavmi va mahalla faollari ishtirok etishdi.
Muftiy hazratlari qurilayotgan masjid qiyomatgacha xizmat qilishini niyat qilib, birinchi g‘ishtni qo‘yib berdilar. Shuningdek, nuroniylar va ezgu niyatda yig‘ilgan qalbi pok insonlar ham birin-ketin poydevorga g‘isht qo‘ydilar.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 21 aprel kuni muhtaram Prezidentimiz Olmazor tumaniga qilgan tashriflari chog‘ida ushbu jomeni ko‘zdan kechirib, uni qaytadan qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Masjidlar bo‘limi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Telefondan ortiqcha foydalanish, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarga ko‘p vaqt sarflash, stress va depressiyani oshiradi.
Buyuk Britaniya UnHerd saytining “Ijtimoiy tarmoqlardan voz kechish insonning ruhiy salomatligini yaxshilaydi” nomli e’lon qilgan maqolada bunday deyiladi:
“Bugun ijtimoiy tarmoqlarda qanday ma’lumotlarni ko‘rganingizni eslashga harakat qiling. Ehtimol, siz hech narsani eslay olmaysiz. Buni ijtimoiy tarmoqlar qisqa va uzoq muddatli xotirani yomonlashtirishi haqidagi ilmiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlardan voz kechish tufayli insonning ruhiy salomatligi yaxshilanadi”.
Davron NURMUHAMMAD