Qo‘llanmada haj va umra ibodatiga taalluqli diniy masalalar bilan bir qatorda ushbu safar davomida guruh rahbarlari, hojilar va ziyoratchilar bilib olishi uchun zarur bo‘lgan tarixiy, iqtisodiy, fiqhiy masalalar bayon etilgan, qisqacha arabcha-o‘zbekcha so‘zlashuv ham berilgan. Kitob haj va umra safariga otlanayotgan yurtdoshlarimiz uchun yaxshi qo‘llanma va safar davomida ma’naviy hamroh vazifasini o‘taydi deb umid qilamiz.
Kitob muallifi: Jaloliddin Nuriddinov
Tili va dili bilan iymon keltirib, uning taqozosiga ko‘ra go‘zal hayot kechirgan inson komil mo‘min deyiladi. Bunday kishilar do‘zax yuzini ko‘rmay, Allohning fazli-marhamati ila to‘g‘ri jannatga kiradilar. Tili va dili bilan iymon keltirib, katta gunohlar qilib, tavba qilmay vafot etgan inson fosiq mo‘min hisoblanadi...
Tili bilan iymon keltirib, qalbida iymoni bo‘lmagan kimsa munofiq hisoblanadi. Bunday kishiga dunyoda mo‘minlarga o‘xshab muomala qilingani bilan oxiratda ular uchun hech qanday nasiba bo‘lmaydi, Alloh asrasin.
Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan