Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Aprel, 2026   |   28 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:28
Asr
17:07
Shom
19:09
Xufton
20:27
Bismillah
17 Aprel, 2026, 28 Shavvol, 1447

Tamal toshi qo‘yildi

01.07.2017   7800   2 min.
Tamal toshi qo‘yildi

Ramazonda qilingan duolarning ijobati o‘laroq, Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Gulzor mahallasi aholisi xayrli ish ustida jam bo‘ldilar. Erta tongda ushbu mahallaga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining tashrifi barchani quvontirdi. Tashrifning boisi mahalladagi “Xo‘jai Korsoz” jome masjidi binosini qayta qurish uchun tamal toshi qo‘yish edi.

Masjid XIII asrda yashab o‘tgan “Xo‘jai Korsoz” nomi bilan mashhur zot sharafiga shunday atalgan. Mahalliy aholining so‘zlariga qaraganda, u zot olim va avliyo bo‘lgan. Shu yerda shogirdlar yetishtirgan. Demak, bu maskan o‘sha zamonlardanoq ziyo maskani bo‘lib kelgan.

Aholining “Xo‘jai Korsoz” masjidining eski binosini buzib, uning o‘rniga yangisini barpo qilish bo‘yicha boshlagan sa’y-harakatlari bugun amalga ko‘chdi. Muftiy hazratlari qurilayotgan masjid qiyomatgacha xizmat qilishini niyat qilib, birinchi g‘ishtni qo‘yib berdilar. Shundan so‘ng Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Z.Sultonov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim mudiri M.Qayumov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi X.Turmatov, nuroniylar va ezgu niyatda yig‘ilgan qalbi pok insonlar ham birin-ketin poydevorga g‘isht qo‘ydilar. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Masjidlar bo‘limi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bir dona xantal urug‘i

16.04.2026   2750   1 min.
Bir dona xantal urug‘i

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qalbida bir dona xantal urug‘i og‘irligida kibri bor odam jannatga kirmaydi", dedilar.

Maqolalar