Turkiyalik va xitoylik olimlar guruhi Nuh alayhissalom kemasining qoldig‘ini topishga muvaffaq bo‘ldilar.
Olimlarning xabar berishicha, xaroba Turkiyada, Ararat tog‘ida qalin vulqon qoyalar va qor qatlamlari ostida yotibdi. Tadqiqotchilar u yerdan qurilish materiali sifatida foydalanilgan yog‘och bo‘laklarini topishdi, deb xabar beradi Daily Express.
Kema parchalari dengiz sathidan 400 metr balandlikdan topilgan. Uglerod tashxisi topilma 4800 yosh atrofida ekanini ko‘rsatdi.
“Bu Nuh alayhissalom kemasining qoldig‘i deb yuz foiz ishonch bilan gapirishga hali erta. Ammo 99.9 foiz ishonch bilan aytish mumkinki, bu o‘sha kemaning aynan o‘zi”, deydi tadqiqotchilardan biri.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar shu joyning yaqinidan 20 metr uzunlikdagi zinapoya hamda eshik tuzilishiga o‘xshagan yog‘och-taxta bo‘laklarini ham topishdi. Biroq ularni yerdan sug‘urib olishga hali erishilgani yo‘q.
Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi.
Istiqlolimizning 35 yilligi arafasida Buxoro viloyatidagi imom-xatib va noiblar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha viloyat turniri bo‘lib o‘tdi.
Sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan bahslarda din peshvolari o‘zlarining jismoniy tetikligi va mahoratlarini namoyish etdilar. Murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin: Abdullo domla Avezov (Qorako‘l tumani, «Bozorxo‘ja» masjidi);
2-o‘rin: Abduvohid domla Akramoyev (Buxoro shahri, «Volidayi Abdulazizxon» masjidi);
3-o‘rin: Saddam domla Boboqulov (Peshku tumani, «Xo‘ja Peshku» masjidi).
G‘olib va sovrindorlarga Buxoro viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Otabek domla Avezov tomonidan esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Islom dinida tan salomatligi va jismoniy kuch-quvvatga alohida e’tibor beriladi. Bu kabi sport tadbirlari soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom muhit va yuqori kayfiyatni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati