Joriy yilning 10 fevral' kuni Navoiy viloyat hokimligi tashabbusi bilan Din ishlari bo'yicha qo'mitaning viloyat boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo'limlari mutaxassislari va O'zbekiston musulmonlari idorasining Navoiy viloyat vakilligi tasarrufida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar va ularning noiblari ishtirokida sportning mini futbol, shaxmat-shashka, milliy sport o'yinlarining tosh ko'tarish turidan “Sport – sog'lik garovi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.
Qizg'in kechgan bahslarda bellashuvlar murosasiz bo'lib o'tdi. Yakunda mini futbol bo'yicha Navbahor tuman jamoasi 1-o'rinni, Karmana tuman jamoasi 2-o'rinni, Nurota tuman jamoasi esa 3-o'rinni egalladi.
Shaxmat-shashka bahslarida esa g'oliblikni Qiziltepa tumanidagi “Ho'ja Hasan Andoqiy” masjidi imom noibi H.Ermatov 1-o'rinni, 2-o'rinni Hatirchi tumanidagi “Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi Q.Sa'dinov egalladilar.
Musobaqaning tosh ko'tarish turi ham qizg'in bo'ldi. Diniy ishglari bo'yicha qo'mita mutaxassislari, imom-xatib va noiblar o'z jismoniy kuchlarini sinab ko'rdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra g'oliblikni viloyat bosh imom-xatibi, Navoiy shahridagi “Hazrat Alisher Navoiy” jome masjidi imom-xatibi Toir domla Ro'ziyev, 2-o'rinni esa “Izomiddin Mudarris” masjidi imomi Mamatov Mansur qo'lga kiritdilar.
Musobaqa so'ngida barcha g'olib va sovrindorlarga viloyat hokimligi hamda Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Navoiy viloyat bo'limi tomonidan esdalik sovg'alari ulashildi.


O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida "Islom ma’rifati, hadis ilmi va Imom Buxoriy merosi" o‘quv kursi o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan yodgorlik majmuasi gid-ekskursovodlari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar doirasida ekskursiya faoliyati bilan bog‘liq huquqiy, nazariy va amaliy masalalar ko‘rib chiqildi, xabar bermoqda “Samarkandskiy vestnik” nashri.
- Bu yerga tashrif buyurgan har bir ziyoratchi faqat ibodat qilish uchun emas, balki ma’naviy "oziq" olish uchun ham borishi kerak, - deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov. - Bu yerda faoliyat yuritayotgan gidlarning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yar ekanmiz, ularga Imom Buxoriyning bizga qoldirgan merosini, bu merosning tarixiy manbalarini chuqur o‘rgatishimiz shart.
Kurs doirasida majmuaga birinchi marta tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi. Xorijlik ziyoratchilarga nafaqat Imom al-Buxoriy hayotidagi faktlar va diniy qadriyatlarimizni yetkazish, balki boy madaniy merosimizni asrab-avaylash va yetkazish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Gid-ekskursovodlar ham o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusidagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar berdilar. Bu bevosita ekskursiyalarni o‘tkazish paytida yuzaga keladigan masalalarni muhokama qilish imkonini berdi.
Kurs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Diniy ta’lim sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, viloyat hokimligi hamda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini saqlash va uning atrofini obodonlashtirish departamenti tomonidan tashkil etildi.
Tarixiy obidalar va ziyoratgohlar turizm salohiyatining muhim qismi bo‘lgan Samarqand viloyati uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash alohida ahamiyatga ega. Mehmonga tashrif buyuriladigan joyning tarixi qanchalik to‘liq va tushunarli ochib berilishi gidning professionalligiga bog‘liq. Shuning uchun ham gid-ekskursovodlarning malakasini muntazam oshirib borish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish Samarqandda turizm xizmatlari sifatini oshirishda ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati