Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Avgust, 2026   |   16 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:24
Asr
17:05
Shom
19:05
Xufton
20:25
Bismillah
29 Avgust, 2026, 16 Rabi`ul avval, 1448

Makkada kuchli yomg'ir yog'di

13.04.2023   5575   1 min.
Makkada kuchli yomg'ir yog'di

Shu kunlarda Masjidul Harom va Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam masjidi ishlari bo'yicha Bosh rahbariyat davlat idoralari bilan hamkorlikda Baytulloh ziyoratchilarining xavfsizligi va salomatligini ta'minlash maqsadida favquloddagi rejalarini faollashtirdi. Unda Harom masjidi hududida kuchli yomg'irlar keltirib chiqaradigan turli noxushliklarni oldini olish va ziyoratchilarga qulay sharoitlar tashkil etish o'rin olgan.

Buning uchun Baytulloh xizmatlari va atrof-muhitni muhofaza qilish idorasi vakillari Masjidul Haromda kuchli yomg'irli vaziyatlarni bartaraf etish va muammoga yo'l qo'ymaslik maqsadida 200 dan ortiq nazoratchi va kuzatuvchi, 4000 nafar erkak va ayol ishchi hamda 500 dan ortiq texnikani jalb qildi.

10 aprel' kuni Makkadagi ziyoratchilar kuchli yomg'ir ostida qolishdi. Ka'bani tavof qilish vaqtida Makkada yomg'ir yog'a boshladi va ziyoratchilar suv oqimlari ostida ziyoratgoh atrofini aylanib chiqishda davom etdi, deb yozadi “Islam news”  matbuoti “al-Arabiya” telekanali xabariga tayanib. Ko'pchilik ziyoratchilar bu paytda aytiladigan maxsus yomg'ir duolarini o'qishdi.

Bu paytda xavfsizlik va birinchi tibbiy yordam xodimlari yomg'ir bilan bog'liq noqulayliklar oldini olish uchun chora ko'rishdi.

 

O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

10.08.2026   40494   1 min.
Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

Toshkent islom instituti magistratura bosqichi hamda Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 11 avgust kuni ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
 

Talabgorlar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

  • Teologiya (Tafsir va Qur’on ilmlari): Qur’oni karim va tajvid, Tafsir;

  • Teologiya (Hanafiylik va fiqh ilmlari): Fiqh, Usulul-fiqh;

  • Hadis ilmi maktabi: Hadis va mustalahul hadis.


Imtihonlar 11 avgust kuni soat 8:00 da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida boshlanadi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayoni soat 7:30 dan start oladi.


Muhim eslatma: Abituriyentlar imtihonga pasport (yoki ID-karta) asli hamda «Imtihon ruxsatnomasi» bilan kelishlari shart. Ushbu hujjatlardan biri bo‘lmagan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47-uy.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari