Sayt test holatida ishlamoqda!
03 May, 2025   |   5 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:18
Peshin
12:25
Asr
17:17
Shom
19:25
Xufton
20:50
Bismillah
03 May, 2025, 5 Zulqa`da, 1446

Ramazon saxovat oyi

10.06.2017   91115   5 min.
Ramazon saxovat oyi

Boshqalarga qilingan xayr saxovatning ajri qanday ham ulug‘. Xususan xayr, saxovat oyi bo‘lmish ramazon oyida bo‘lsachi? Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qiladi:

مَثَلُ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنْبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِي كُلِّ سُنْبُلَةٍ مِئَةُحَبَّةٍ وَاللَّهُ يُضَاعِفُ لِمَنْ يَشَاءُ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ

Alloh yo‘lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go‘yo bir donga o‘xshaydiki, u har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga (savobini) yanada ko‘paytirib  beradi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir.
Qur’oni karimda xayr saxovat fazilati borasida juda ko‘p oyatlar mavjud. Ushbu ramazon oyini g‘animat bilib, iloji boricha ko‘proq xayr saxovat qilish, beva-bechoralar ko‘ngliga xursandchilik ulashish va buning sababidan ko‘plab ajru mukofotlarga sazovor bo‘lishimiz darkor.
Undan tashqari qilingan sadaqalar kasallikka shifo bo‘lishi hadislarda vorid bo‘lgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kasallaringizni sadaqa bilan davolanglar”, deb aytganlar. Haqiqatdan ham, siz ko‘ngli siniq, biroz  iqtisodiy jihati oqsagan insonga mehr-oqibat ko‘rsatsangiz u Robbisiga chin ko‘ngildan duo qiladi va natijada Alloh taolo sadaqa qiluvchi insonning qalbidagi o‘ylagan maqsadini ato qiladi.

 ففى الحديث الصحيح أن رسول الله - صلى الله عليه وسلم - قال :" أتاني جبريل فقال: يا محمد، عش ما شئت فإنك ميت، وأحبب من شئت فإنك مفارقه، واعمل ما شئت فإنك مجزي به، واعلم أن شرف المؤمن قيامه بالليل، وعزه استغناؤه عن الناس"... أخرجه الحاكم

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: Mening oldimga Jabroil keldi va ey Muhammad, alayhissalom hohlaganingizcha yashang, albatta bir kun vafot etasiz, hohlagan insoningizni yaxshi ko‘ring, albatta, bir kun undan ajralasiz, hohlagan amalingizni qiling albatta, bir kun uning evazigi jazo yoki mukofot olasiz. Shuni bilinki, mo‘minni sharafi kechalari qoim bo‘lishligidadir. Va uning azizligi insonlardan behojat bo‘lishligidadir”-dedilar (Imom Hokim rivoyati). Ramazon oyida insonlarning qalbiga hursandchilik ulashishga intilaylik.

أن النبى - صلى الله عليه وسلم - قال : " أفضل الأعمال أن تدخل على أخيك المؤمن سرورا، أو تقضي عنه دينا، أو تطعمه خبزا "..... أخرجه  ابن أبي الدنيا في قضاء الحوائج

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: Amallarning eng yaxshisi mo‘min birodaring qalbiga hursandchilik kirgizish  yoki uning  qarzini uzishda ko‘maklashish, unga biror yaxshi taom berishligingdir. Boshimizga soyabon bo‘lib turgan Ramazon oyini shu va boshqa solih amallar  bilan ziynatlaylik. Zero,  bu oy bizlar uchun mehmon, mehmon esa qadrlamoq oliy fazilatdir.

El-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga mansub olijanob fazilatlarni, diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori  qabul qilindi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga mos va uyg‘un tarzda o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan edi. Mazkur tadbirlarni o‘tkazishda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, ma’naviy poklik, shukronalik fazilatlarini, muqaddas dinimiz arkonlarini e’zozlash, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, totuv va bahamjihat bo‘lib yashashga da’vat etadigan savobli amallar va targ‘ibot ishlari tashkil etish belgilangan. Ushbu qutlug‘ oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning muqaddas ziyoratgohlarini obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berish tavsiya qiligan edi. Mazkur olijanob, ezgu ishlarga amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda. Kuni kecha Toshkent shahrida joylashgan “Novza” masjidi a’zolarining tashabbusi va homiylarni jalb etgan holda Chilonzor tumani Cho‘pon ota ko‘zi ojizlar jamiyatida iftorlik ziyofati tashkil etildi.

 

Jaloliddin HAMROQULOV

"Novza" jome’ masjidi imom xatibi

 

Ramazon
Boshqa maqolalar

Sog‘lik so‘rab o‘qiladigan duo

02.05.2025   2068   1 min.
Sog‘lik so‘rab o‘qiladigan duo

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الصِّحَّةَ وَالعِفَّةَ وَالْأَمَانَةَ وَحُسْنَ الْخُلُقِ وَالرِّضَا بِالقَدَرِ

O‘qilishi: Allohumma inniy as’alukas-sihhata val ’iffata val amanata va husnal xuluqi var-rizo bil qodar.

Ma’nosi: Allohim! Sendan salomatlik, iffat, omonatdorlik, go‘zal xulq  va taqdirga  rozi  bo‘lishni so‘rayman.