Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Kecha ichidagi namoz

04.06.2017   6283   1 min.
Kecha ichidagi namoz

Millatimiz quyoshi hazrat Navoiyning “Munojot”ida “Parvardigoro, mening gunohlarim juda ham ko‘p. Ammo Sening rahm-shafqating undan-da ko‘pdir” mazmunidagi iltijosi bor.

Haqiqatan, Alloh taoloning biz bandalariga mehribonchiligini qarangki, ayni jazirma issiq bo‘ladigan iyun oyida ro‘zador bandalarini va ularning sharofati ila ro‘za tutmaganlarni ham shunday ajoyib havo bilan siylab turibdi. Yurtdoshlarimiz  “Toshkent mo‘jizasi”, deb  ta’riflayotgan “Islom  ota” masjidida taroveh namozi o‘qilmoqda. Farg‘ona yo‘li hozirgi kengaytirilgan holida bir tarafdan “Elektroappart” zavodi atrofigacha, ikkinchi tomondan “Farg‘ona” dehqon bozoriga qadar mashina bilan to‘lgan.

Qorilarning shirali ovozi tun pardasini yorib atrofdagi mahallalarga taraladi. Bunday ajoyib qiroatni tinglagan kishilar mast bo‘ladi. Ko‘ngillari ko‘tarilib, ko‘zlariga yosh qalqadi. Qalbining tub-tubidan Alloh taologa bo‘lgan haqiqiy muhabbatini his qiladi. Shunday shukuhli kunlarga yetkazganiga, qalbiga iymon nurini joylaganiga shukr qiladi.

Ana shunday fayzli damlarda masjidda, namozxonlar safida bo‘lish qanday buyuk saodat. Zotan, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda “Farzlardan keyingi eng afzal namoz kecha ichidagi namozdir”, deyilgan (Imom Ahmad rivoyati).

Kecha ichida farzdan keyingi eng afzal namozni o‘qisangiz, yana katta jamoatning ichida bo‘lsangiz, bundan ortiq baxt bormi!..

 

 

 

 

 

 

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Indoneziya Haj va Umra vaziri Buxoroga tashrif buyurdi

10.09.2026   49635   1 min.
Indoneziya Haj va Umra vaziri Buxoroga tashrif buyurdi

7–8 sentabr kunlari Indoneziya Haj va Umra vaziri Muhammad Irfon Yusuf boshchiligidagi delegatsiya Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni temir yo‘l vokzalida viloyat hokimi o‘rinbosari B.Shahriyorov, A.Qalandarovlar boshchiligidagi mutasaddilar kutib oldi.

Hokim o‘rinbosari B.Shahriyorov, A.Qalandarov , turizm boshqarmasi boshlig‘i A.Rajabov va bosh imom-xatib J.Elov ishtirokidagi uchrashuvda Buxoroning islom sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni, muqaddas qadamjolar va allomalar merosini targ‘ib qilish, ziyoratchilar oqimini oshirish hamda yangi ziyorat turizmi yo‘nalishlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Jakarta–Buxoro yo‘nalishida charter va to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Imom al-Buxoriy, Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband merosini Indoneziyada targ‘ib qilish maqsadida Jakartadagi oliy ta’lim muassasalari va turistik kompaniyalarda ma’ruza hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish taklif qilindi.

Delegatsiya Bahouddin Naqshband majmuasi va Buxoroning tarixiy markazlari bilan tanishib, shaharning ziyorat turizmi salohiyati haqida ma’lumot oldi.

Tashrif — Buxoro va Indoneziya o‘rtasidagi ziyorat turizmi, diniy-ma’rifiy hamda madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari