Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2026   |   18 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:29
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:44
Bismillah
03 Iyul, 2026, 18 Muharram, 1448

Hajga oid fatvolar 5-6-7-8

01.06.2017   10618   2 min.
Hajga oid fatvolar 5-6-7-8

5-FATVO

Yurti bilan Makka shahri o‘rtasidagi uzoqlik safar masofasi (90–100 km)ga teng yoki ortiq bo‘lsa, ayol kishi uchun hajga birga borib keladigan mahram bo‘lishi shart qilingan. Mahram deb, eri yoki o‘rtalarida nikoh ravo bo‘lmaydigan erkak qarindoshlaridan biri tushuniladi. Uning qarindoshligi nasab yo emikdoshlik, yoki qudachilik jihatidan bo‘lishi mumkin. Musulmon bo‘lishi shart emas. Oqil, bolig‘, ishonchli bo‘lsa, kifoya. Nikohning farqiga bormaydigan majusiy mahramlikka yaramaydi.

 «Olamgiriya», «Xulosa», «Qozixon», «Muhit».

6-FATVO

Mahram bo‘lib hajga hamroh sifatida borib keluvchi kishining ovqat va yo‘l xarajatlari ayolning zimmasidadir. Ayol kishida yo‘lga qodirlik va mahram mavjud bo‘lsa, farz sanaluvchi hajga erining ruxsatisiz ham borishi joiz. Ammo nafl sanaluvchi haj safariga erining ruxsatisiz borishi joiz emas. Ayolga mahram topilmagani uchun erga tegib, uni olib ketishi vojib emas.

 «Olamgiriya», «Qozixon».

 7-FATVO

Ayol kishiga qo‘yilgan shartlardan yana biri – iddada o‘tirganlardan bo‘lmasligidir. Iddasi eri o‘lgani yoki taloq qilingani sababli bo‘lishining farqi yo‘q. Agar haj safari asnosida eri o‘lib yoki taloq bilan idda o‘tirishga to‘g‘ri kelib qolsa, yetgan joyidagi shahardan iddasi tugaguncha chiqmasligi lozim.

«Olamgiriya», «Qozixon».

 8-FATVO

Hajni ado etish uchun ham uchta shart mavjud. Ular – ehrom, makon va zamon. Hajning rukn (farz)lari – Arafotda bo‘lish, «ziyorat tavofi» (Ka’ba tavofi) va ehromga niyat bilan kirish. Vojiblari – Muzdalifada turish, Safo bilan Marva orasida (yetti bor) yurish, shaytonga tosh otish, sadr (qaytish) tavofi va soch oldirish yoki qisqartirish. Sunnatlari – qudum tavofi, unda yoki farz tavofida «raml» (kerilib yurish), ikki ko‘k mil (yashil belgi) orasida shitob yurish, Minoda tunash (nahr kunlari), Minodan Arafotga quyosh chiqqandan keyin jo‘nash, Muzdalifadan Minoga tong otmasdan burun jo‘nash, Muzdalifada tunash, tosh otiladigan uchta jamarotda belgilangan tartibda tosh otish ham sunnat amallardandir.

«Olamgiriya», «Fathul-Qadir»,
«Muxtasar», «al-Bahrur-roiq».

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ota-onaga yaxshilik qil!

02.07.2026   2650   1 min.
Ota-onaga yaxshilik qil!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

«Robbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf!.." dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt! Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut» (Isro surasi, 23-24-oyatlar).

Maqolalar