Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

Zakotga oid fatvolar

01.06.2017   37047   26 min.
Zakotga oid fatvolar

5-FATVO

To‘liq bir yil majnun (jin tekkan, ruhiy kasallikka uchragan) bo‘lsa, zakot vojib emas. Yilning boshi va oxirida majnunligi ketgan bo‘lsa, zakot vojib bo‘ladi. Ammo bir yil behush yotgan boyga zakot vojib.

«Olamgiriya», «Javhara», «al-Kofiy», «Qozixon».

6-FATVO

Garovga qo‘ygan boyligi, modomiki garovga olgan kishi qo‘lida ekan, undan zakot berish vojib emas.

«Olamgiriya», «al-Bahrur-roiq».

 7-FATVO

Yashab turgan uyi, kiyib yurgan kiyimlari, uy jihozlari, minib turilgan ulov, iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat, pardoz buyumlari (agar oltin, kumushdan yasalmagan bo‘lsa), gavhar, marjon, yoqut, zumrad (agar sotish uchun saqlanmayotgan bo‘lsa), olimning foydalanib turgan kitoblari, kasb-hunar asboblari kabi narsalardan zakot berilmaydi. Bo‘yoqchining idishdagi bo‘yoqlari, teri oshlovchining idishdagi yog‘laridan zakot beriladi. Kirchining sovunlaridan zakot chiqarilmaydi.

«Olamgiriya», «Javhara», «Kifoya».

 8-FATVO

Fiqh ilmi bilan shug‘ullanadigan olimning uyidagi kitoblari juda katta mablag‘ga teng bo‘lsa ham, modomiki ulardan foydalanib turishga muhtoj ekan, zakot berishi vojib emas. Lekin zarur bo‘lmaydigan manbalarining qiymati nisobga yetsa, ulardan zakot berishi vojibdir.

«Olamgiriya», «Mabsut».

9-FATVO

Odamlardan qarzdor kishi agar boyligidan qarziga berganda, nisobdan kamayib qoladigan bo‘lsa, unga zakot vojib emas. Masalan, birovdan bir nisob miqdorida qarz olgan, lekin qo‘lida besh nisob miqdorida boyligi bor. U to‘rt nisob hisobidan zakot beradi. Ammo nazr, kafforat, fitr sadaqasi, haj puli kabi Allohning haq­la­ri ham zimmasidagi qarzi hisoblanadi. Lekin bu qarzlar zakotga to‘sqinlik qilmaydi. Ya’ni, mazkur joylarga sarf qilsa, nisobdan kamayib qolish ehtimoli bo‘lsa ham, zakot beraveradi.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

10-FATVO

Bo‘yniga olmay yurgan qarzdorga qarshi hujjati yo‘q odam bir necha yildan keyin hujjatga ega bo‘lib qolsa va qarzni undirib olsa, o‘tgan yillar uchun zakot vojib emas.

«Olamgiriya», «Tabyin».

11-FATVO

Qarzdor uzoq joyga qochib ketsa, qaraladi: agar qarz bergan odam uni topib kelishga qodirligiga qaramasdan, harakat qilmasa, zakot soqit bo‘lmaydi. Topib kelishga imkoniyati bo‘lmasa, undagi puldan zakot bermaydi.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

12-FATVO

Zakotga yil hijriy sana hisobi bilan o‘lchanadi (354 kun). Yilning boshi va oxirida zakot nisobi mavjud bo‘lib, o‘rtasida nisobdan kamayib turishi zakotni soqit qilmaydi.

«Olamgiriya», «Hidoya».

 

13-FATVO

Yil davomida tijorat mollarining jinslari o‘zgartirib turilishi zakot beriladigan yilning ham o‘zgarib, yangilanib turishiga sabab bo‘lmaydi. Ammo chorva mollari yil davomida almashtirib turilsa, yil hisobi oxirgisidan boshlab e’tiborga olinadi.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

14-FATVO

Nisob egasining boyligi yil davomida qaysi yo‘l bilan bo‘lsa-da, ortib borsa, hammasi umumiy boyligiga qo‘shilib, zakot ajratilaveradi. Masalan, tijoratdan kelgan foyda, meros, hadya yo‘li bilan tushgan mablag‘lar kabi. Ammo boshqa jinsdan bo‘lgan qo‘y, echki, tuya kabi mollar qo‘shilmaydi. Yil to‘lishi bilan tushgan mablag‘ va foydalar yangi yil hisobidagi nisobga qo‘shib, hisob­lab boriladi. Ya’ni, bir yil to‘lmaguncha ulardan zakot berilishi vojib emas. Lekin to‘lmagan yil va keyingi bir necha yil hisobidan bir nisob egasi bo‘lgan odam oldindan zakotlarini berib qo‘yishi mumkin.

 «Olamgiriya», «Javhara», «Muxtasar», «Qozixon».

15-FATVO

Boyligi shariat belgilab qo‘ygan ma’lum miqdorga, ya’ni nisobga yetgan musulmon kishi hijriy-qamariy bir yil o‘tishi bilan asliy ho­jatlaridan ortiqcha boyligining qirqdan bir qismini, ya’ni 2,5 foizini shar’an belgilangan joylarga berishi farzi ayndir. Nisob 84 gr oltin qiymatiga barobar mablag‘dir. Zakotni uzrsiz kechiktirib berish gunoh sanaladi. Zakotni ajratayotgan yoki berayotgan paytda niyat qilish shart. Demak, shu ajratgan yoki berayotgan narsam sadaqa yoki ehson emas, zakotdir, deb niyat qilinadi. Ammo yilning oxiriga kelib, shu bir yil mobaynida bergan sadaqalarimni zakot deb niyat qildim, desa, bu niyati o‘tmaydi. Butun boyligini sadaqa qilib yuborsa, niyat shart emas. Zakotga ham o‘taveradi.

«Olamgiriya», «Muxtasar».

 

16-FATVO

Faqir kishiga bergan qarzidan kechib yuborsa, o‘sha qarzda turgan boyligidan beradigan zako­ti­dan qutuladi. Agar bir qismidan kechsa, o‘sha qismidan beradigan zakoti soqit bo‘ladi. Boy kishidagi qarzini unga hadya qilib yuborsa, uning zakoti soqit bo‘lmaydi.

«Olamgiriya», «Tabyin».

 

 

17-FATVO

Boy kishi faqir huzuriga borib falon odamga bergan qarzimni o‘zingga olgin, deb zakotni niyat qilsa, joizdir.

«Olamgiriya», «al-Bahrur-roiq».

 

18-FATVO

Miskinga pul berib, tilida hiba (hadya) yoki qarz deb aytib, dilida zakot deb niyat qilsa, zakotga o‘tadi.

«Olamgiriya», «al-Bahrur-roiq», «Qunya».

 

19-FATVO

To‘liq bir yil majnun (jin tekkan, ruhiy kasallikka uchragan) bo‘lsa, zakot vojib emas. Yilning boshi va oxirida majnunligi ketgan bo‘lsa, zakot vojib bo‘ladi. Ammo bir yil behush yotgan boyga zakot vojib.

«Olamgiriya», «Javhara», «al-Kofiy», «Qozixon».

 

20-FATVO

Garovga qo‘ygan boyligi, modomiki garovga olgan kishi qo‘lida ekan, undan zakot berish vojib emas.

«Olamgiriya», «al-Bahrur-roiq».

 

21-FATVO

Yashab turgan uyi, kiyib yurgan kiyimlari, uy jihozlari, minib turilgan ulov, iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat, pardoz buyumlari (agar oltin, kumushdan yasalmagan bo‘lsa), gavhar, marjon, yoqut, zumrad (agar sotish uchun saqlanmayotgan bo‘lsa), olimning foydalanib turgan kitoblari, kasb-hunar asboblari kabi narsalardan zakot berilmaydi. Bo‘yoqchining idishdagi bo‘yoqlari, teri oshlovchining idishdagi yog‘laridan zakot beriladi. Kirchining sovunlaridan zakot chiqarilmaydi.

«Olamgiriya», «Javhara», «Kifoya».

 

22-FATVO

Fiqh ilmi bilan shug‘ullanadigan olimning uyidagi kitoblari juda katta mablag‘ga teng bo‘lsa ham, modomiki ulardan foydalanib turishga muhtoj ekan, zakot berishi vojib emas. Lekin zarur bo‘lmaydigan manbalarining qiymati nisobga yetsa, ulardan zakot berishi vojibdir.

«Olamgiriya», «Mabsut».

 

23-FATVO

Odamlardan qarzdor kishi agar boyligidan qarziga berganda, nisobdan kamayib qoladigan bo‘lsa, unga zakot vojib emas. Masalan, birovdan bir nisob miqdorida qarz olgan, lekin qo‘lida besh nisob miqdorida boyligi bor. U to‘rt nisob hisobidan zakot beradi. Ammo nazr, kafforat, fitr sadaqasi, haj puli kabi Allohning haqlari ham zimmasidagi qarzi hisoblanadi. Lekin bu qarzlar zakotga to‘sqinlik qilmaydi. Ya’ni, mazkur joylarga sarf qilsa, nisobdan kamayib qo­lish ehtimoli bo‘lsa ham, zakot beraveradi.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

24-FATVO

Bo‘yniga olmay yurgan qarzdorga qarshi hujjati yo‘q odam bir necha yildan keyin hujjatga ega bo‘lib qolsa va qarzni undirib olsa, o‘tgan yillar uchun zakot vojib emas.

«Olamgiriya», «Tabyin».

 

25-FATVO

Qarzdor uzoq joyga qochib ketsa, qaraladi: agar qarz bergan odam uni topib kelishga qodirligiga qaramasdan, harakat qilmasa, zakot soqit bo‘lmaydi. Topib kelishga imkoniyati bo‘lmasa, undagi puldan zakot bermaydi.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

26-FATVO

Zakotga yil hijriy sana hisobi bilan o‘lchanadi (354 kun). Yilning boshi va oxirida zakot nisobi mavjud bo‘lib, o‘rtasida nisobdan kamayib turishi zakotni soqit qilmaydi.

«Olamgiriya», «Hidoya».

 

27-FATVO

Yil davomida tijorat mollarining jinslari o‘zgartirib turilishi zakot beriladigan yilning ham o‘zgarib, yangilanib turishiga sabab bo‘lmaydi. Ammo chorva mollari yil davomida almashtirib turilsa, yil hisobi oxirgisidan boshlab e’tiborga olinadi.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

28-FATVO

Nisob egasining boyligi yil davomida qaysi yo‘l bilan bo‘lsa-da, ortib borsa, hammasi umumiy boyligiga qo‘shilib, zakot ajratilaveradi. Masalan, tijoratdan kelgan foyda, meros, hadya yo‘li bilan tushgan mablag‘lar kabi. Ammo boshqa jinsdan bo‘lgan qo‘y, echki, tuya kabi mollar qo‘shilmaydi. Yil to‘lishi bilan tushgan mablag‘ va foydalar yangi yil hisobidagi nisobga qo‘shib, hisoblab boriladi. Ya’ni, bir yil to‘lmaguncha ulardan zakot berilishi vojib emas. Lekin to‘lmagan yil va keyingi bir necha yil hisobidan bir nisob egasi bo‘lgan odam oldindan zakotlarini berib qo‘yishi mumkin.

 «Olamgiriya», «Javhara», «Muxtasar», «Qozixon».

 

29-FATVO

Yil davomidagi foyda va qo‘shimcha daromadlar nisobga yetgan boyligiga qo‘shiladi. Nisobga yetmagan boyligiga qo‘shib, hisoblanmaydi. Agar nisobga yetmagan moliga yangi daromadni qo‘shganida nisobga yetadigan bo‘lsa, qo‘shib shu kundan boshlab yil o‘tishini kutadi.

«Olamgiriya», «Badoye».

 

30-FATVO

Nisobga yetgan chorva mollariga yil to‘lishi bilan zakotini berib bo‘lgach, mollarni sotib yuborsa, yarim yil to‘lgan mavjud pulni nisobga qo‘shib hisoblaydimi yoki yo‘qmi, degan masalada Abu Hanifa (r.h.) nazdida, qo‘shib hisoblamaydi, balki unga yangidan yil hisobini boshlaydi. Ammo Abu Yusuf bilan Imom Muhammad (r.h.) nazdida, mollarning pulini ham mavjud nisobga qo‘shib, ikki nisobga zakot beradi. Bu ixtilof chorva mollari alohida nisobga yetgan taqdirda e’tiborga olinadi. Bordi-yu, nisobga yetmagan bo‘lsa, hammalarining nazdida ham, nisobga qo‘shib hisoblanaveradi.

«Olamgiriya», «Javhara».

 

31-FATVO

Yerining xirojini (zakotini) to‘lab bo‘lgach, sotib yuborsa, pulini asliy nisobga qo‘shib hisoblab, zakot ajratadi.

«Olamgiriya», «Badoye».

 

32-FATVO

Pul mablag‘i nisobga yetgach, zakotini berib, qolgan pulga chorva mollari sotib olsa, mulkidagi boshqa chorva mollariga qo‘shib hisoblanmay­di. Zero, ular zakoti berilgan mollardir. Bu Abu Hanifaning (r.h.) so‘zidir.

«Olamgiriya».

33-FATVO

Tijorat niyati bilan boqayotgan qo‘ylarining qiymati nisobga yetar edi. Lekin ular yil to‘lmay o‘lib qoldi. Terilarini shilib, oshlab, qiymatini hisoblasa, nisobga yetyapti. Yil to‘lishi bilan undan zakot beradi.

«Olamgiriya», «Qozixon».

 

34-FATVO

Tijorat niyati bilan saqlanayotgan meva sharbati bir yil o‘tmasdan mayga, so‘ngra sirkaga aylangach, qiymati nisobga yetsa ham, yil oxirida undan zakot berilmaydi.

«Olamgiriya», «Qozixon».

 

35-FATVO

Ikki nisob egasi pulini yaxshi hisoblab ko‘rmay, ikki yarim nisob hisobidan zakot berib bo‘lganidan keyin bilib qolsa, ikki nisobdan ortig‘ini keyingi yil hisobiga o‘tkazib qo‘yaveradi.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

36-FATVO

Turli nav chorva mollari nisobga yetgan odam ularning bir-ikki navidan zakot berganidan keyin shu zakoti berilgan mollar o‘lib qolsa, bergan zakoti qolgan mollarining zakotiga o‘tmaydi.

«Olamgiriya», «Muhit»

 

37-FATVO

Yil to‘lmay oldindan berilgan zakotni qabul qilgan faqir yil oxiriga yetmay boyga aylansa yo o‘lib qolsa, yoki dindan qaytib murtad bo‘lsa, berilgan zakot o‘z kuchini yo‘qotmaydi.

«Olamgiriya», «as- Sirojul-vahhoj».

 

 

38-FATVO

Zakot farz bo‘lgan odam uni ado etmay turib vafot topsa, zakot soqit bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

39-FATVO

Chorva mollarining erkagu urg‘ochisidan nisobga yetgach, zakot beriladi. Lekin sharti yarim yildan ortiq dalada, o‘tloqda boqilgan bo‘lishi va maqsadi sutidan foydalanish, naslini ko‘paytirish, semirtirish, bahosini oshirish bo‘lishi belgilangan. Hayvonlarni boqishdan maqsadi ularda yuk tashish, minish bo‘lsa, zakot vojib bo‘lmaydi.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

40-FATVO

Chorva mollarini sotib foydalanish, ya’ni tijorat niyati bilan boqayotgan bo‘lsa, ularning necha bosh ekaniga qarab emas, qiymatini pulga hisoblab, zakot chiqaradi.

«Olamgiriya», «Badoye».

 

41-FATVO

Chorva mollarini tijorat niyati bilan sotib olib, keyinroq sotish niyatidan qaytib, boqishni niyat qilsa, yil hisobini shu keyingi niyat qilgan kunidan e’tiboran boshlaydi. Ya’ni nisobga yetgan bo‘lsa, ularning qiymatiga emas, necha bosh ekaniga qarab zakot ajratadi.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

42-FATVO

Chorva mollarining turiga va adadiga qarab zakot belgilanadi. Masalan, 25 taga yetgancha har bir beshta tuyadan bitta qo‘y, 25 ta tuyaga bitta bir yoshdan ikkinchi yoshga qadam qo‘ygan tayloq (bo‘taloq), 36 ta tuyaga ikki yoshdan o‘tib, uchinchi yoshga qadam qo‘ygan tayloq beriladi va hokazo. Qo‘y va echkining 40 tasiga bir yoshli bitta qo‘y, 120 taga yetgach, ikkita qo‘y va hokazo. Sigir 30 taga yetgach, bir yoshlik buzoq, 40 taga yetgach, ikki yoshdan uch yoshga qadam qo‘ygan g‘unajin va hokazo. Har bir urg‘ochi otdan bir dinor yoki nisobga yetadigan qiymatining 40 dan bir foizi beriladi. Otlar erkak-urg‘ochi aralash bo‘lsa, ulardan zakot beriladi. Ammo faqat erkak otlar bo‘lsa, ulardan zakot berilmaydi. Lekin tijorat uchun boqayotgan bo‘lsa, zakot beradi.

«Olamgiriya», «Muxtasar», «Kofiy».

 

Izoh:

Chorva mollarining adadiga qarab zakot berish to‘g‘risida batafsil to‘xtalmadik. Chunki bu to‘g‘rida tarjima qilingan fiqh kitoblarida keng ma’lumot berilgan.

 

43-FATVO

Eshak, xachir, qoplon, o‘rgatilgan itlardan tijorat uchun saqlanayotgan bo‘lsagina zakot beriladi. Tuya, sigir, qo‘y, echkilarning bir yoshga to‘lmagan bolalari alohida boqilayotgan bo‘lsa, ulardan zakot berilmaydi. Ammo ularga bitta katta yoshlisi qo‘shilsa ham, hammasi unga tobe bo‘lib qoladi va nisob uchun hisobga olinadi. Masalan, 39 ta qo‘zi bilan bitta uch yoshga qadam qo‘ygani bo‘lsa, bir qo‘y zakotga ajratiladi.

«Olamgiriya», «Sirojiya», «Hidoya».

 

44-FATVO

Oltin bilan kumush, xoh ishlov berilgan, taqinchoq yoki buyum holatiga keltirilgan, xoh yombi holida, xoh tabiiy qazilma holatida bo‘lsin, nisobga yetsa, zakot berilaveradi. Oltinning nisobi – 20 misqol, ya’ni, 85 gr. Kumushning nisobi – 200 dirham. Bir dirhamning vazni – 3,17 gr. Demak, 85 gr oltin narxi zakot berish vaqtida necha so‘mga to‘g‘ri kelsa, nisob o‘sha miqdorda belgilanadi.

«Olamgiriya», «Xulosa»,

 «al-Fiqhul-islomiy».

 

45-FATVO

Oltin bilan kumushda qiymati emas, vazni e’tibor qilinadi. Masalan, kumushdan yasalgan ko‘zaning og‘irligi 150 dirham, qiymati 200 dirham bo‘lsa, zakot vojib bo‘lmaydi. Oltinda ham misqollar vazni e’tiborga olinadi.

«Olamgiriya», «Sharhi Kanz».

 

46-FATVO

Oltin va kumush boshqa metallar bilan aralashgan bo‘lsa, aniqlab ko‘riladi: agar oltin va kumush 50 foizdan ortig‘ini tashkil etsa, sof oltin yoki sof kumushdek e’tibor qilinadi. Kam kelsa, soxta hisoblanadi. Barobar kelsa, ehtiyot jihatidan zakot berish tavsiya etiladi.

«Olamgiriya», «Xulosa», «Qozixon».

47-FATVO

Oltin bilan kumush aralash bo‘lsa, qaysi birining vazni nisobga yetsa, o‘shanisidan zakot berilaveradi. Kumushi oz, oltini ko‘p bo‘lsa, hammasi oltin deb baholanadi.

«Olamgiriya», «Tabyin».

 

48-FATVO

Sariq mis chaqalar qancha ko‘p bo‘lsa ham zakot berilmaydi. Ammo ularni tijoratga ishlatish niyatida saqlayotgan bo‘lsa va miqdori nisobga yetsagina zakot beradi.

«Olamgiriya», «Muhit», «Sharhi Viqoya».

 

49-FATVO

Oltin bilan kumushning miqdori bir nisobga yetgach, ikkinchi nisobga yetgunga qadar har qirq dirhamidan bir dirham, to‘rt misqolidan ikki qiyrot qo‘shimcha zakot ajratadi. Bu Abu Hanifa (r.h.) so‘zi. Ikki imom va Shofi’iy (r.h.) nazdida, nisobdan ortig‘idan ham qirqdan bir hisobida zakot qo‘shib berilaveradi.

«Olamgiriya», «Hidoya».

 

50-FATVO

Oltin bilan kumushning nisoblari komil bo‘lishi uchun boshqa tijorat buyumlarining qiymati ham qo‘shib hisoblanadi. Kumushning nisobini to‘ldirish uchun oltin unga qo‘shib hisoblanadi.

«Olamgiriya», «Muxtasar».

 

51-FATVO

Uy jihozlari, ro‘zg‘or buyumlari, asbob-uskunalardan faqat tijorat uchun saqlanayotganlarining umumiy qiymati nisobga yetsa, ulardan zakot beriladi. Ular qaysi joyda bo‘lsa, o‘sha yerdagi narx-navo bilan hisoblab chiqiladi.

«Olamgiriya», «Javhara».

 

52-FATVO

Dur, yoqut, gavhar kabi qimmatbaho toshlar uchun zakot berilmaydi. Ammo ular tijorat uchun saqlanayotgan bo‘lsa, zakot beriladi. Oltin va kumush taqinchoq sifatida ishlatilayotgan taqdirda ham, nisobga yetadigan bo‘lsa, zakot berilaveradi.

«Olamgiriya», «Javhara».

 

53-FATVO

Zakot bergan-bermagani haqida shakshubha qilgan kishi, bermagan bo‘lishim kerak, deb jazm qilib, zakotni qaytadan beradi.

«Olamgiriya», «Sirojiya», «al-Bahrur-roiq».

 

54-FATVO

Tijorat mollarini bir xil jinsda ushlab turmasdan, bir necha bor boshqa jinsdagi mollarga almashtirib turishning zakot nisobiga ta’siri yo‘q. Ya’ni, yangidan yil hisobini boshlamay­di, balki bir xildagi mol nisobidek hisob qilinaveradi. Shuningdek, nisobga bir yil to‘lishi bilan uni qarzga berib yuborishi ham zakotni soqit qilmaydi.

«Olamgiriya», «al-Bahrur-roiq».

 

55-FATVO

Tuyalardan zakot erkagidan emas, urg‘ochisidan beriladi. Qo‘ylardan berilganda esa, erkak urg‘ochisining farqi yo‘q.

«Olamgiriya», «Tuhfa», «as-Sirojul-vahhoj».

 

56-FATVO

Zakot, kafforat, fitr sadaqasi, ushr, nazr kabi to‘lovlarda beriladigan narsa yoki hayvon o‘rniga ularning qiymati miqdorida pul bilan to‘lash ham mumkin.

«Olamgiriya», «Hidoya».

 

57-FATVO

Boyligi zakot nisobiga yetmaydigan kambag‘al odam zakot berish havasida birovdan qarzga pul olib, zakotni ado etgach, harakat etib qarzini uzishga aqli yetsa, shunday qilgani afzal. Shu niyat bilan qarz olib, zakot berganidan keyin qarzni qaytarmasidan vafot etsa, oxiratda Alloh taolo unga qarz bergan kishini rozi qilib, qarzdan ozod qilishining umidi bor. Ammo qarzni qay­tarishga kuchi yetmasligini bila turib, qarz olishi durust emas.

«Olamgiriya», «Muhit».

 

 

58-FATVO

Bir kishi ikkinchi odamga zakot nisobiga yetadigan pulni hiba tariqasida bergach, bir yil to‘lishi bilan hibasini qaytarib olsa, har ikki tomon ham shu yil uchun zakot bermaydi.

«Olamgiriya», «Qozixon».

 

59-FATVO

Kishi zakot berish vaqti kirganiga qaramay, zakot bermay yurgan vaqtida bir kambag‘al uning boyligidan ruxsatsiz zakot niyatida olishi mumkin emas. Agar olsa, molning egasi undan qaytarib olishiga haqi bor. Bordi-yu, kambag‘al ishlatib yuborgan bo‘lsa ham, baribir zomin bo‘ladi. Ya’ni, zimmasiga tushadi.

«Olamgiriya», «Tatarxoniya».

 

60-FATVO

Zakot pulini ajratib, qo‘lida ushlab turgan paytida kambag‘allar kelib, so‘rab o‘tirmay talab ketishsa, shuningdek, beraman deb turgan zakot puli qo‘lidan yerga tushib ketishi bilan biror kambag‘al kelib uni olsa va bunga boy rozi bo‘lsa, har ikki misolda ham zakot bergan bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Xulosa».

 

61-FATVO

Boy bir kishiga pul berib, nafl sadaqa sifatida tarqatib yuborishni buyurgach, o‘sha pulni zakot deb niyat qilsa va shundan keyin boyagi odam pulni sadaqa qilib yuborsa, zakotga o‘tadi.

«Sirojiya».

 

62-FATVO

Bir boy o‘z hisobidan boshqa boy nomidan zakot berib yuborgach, u bilib ijozat bersa, faqirga bergan bo‘lishi sharti bilan durust hisoblanadi.

«Sirojiya».

 

63-FATVO

Boyning kambag‘alda bir nisob miqdorida qarzga bergan puli bor. Unga zakot niyati bilan qirqdan bir miqdorda pul berib, qolgan qarzini undirib olsa, joiz emas.

«Sirojiya».

 

64-FATVO

Boydan zakot puli (qirqdan bir) miqdorida qarzi bor kambag‘alga o‘sha pulni zakot niyati bilan hadya qilib yuborsa, zakotga o‘tmaydi. Qarzini undirib olishning shar’iy yo‘li bunday: unga zakot niyati bilan pul berib, so‘ngra qarzini undirib oladi.

«Sirojiya».

 

65-FATVO

Qo‘lida yarim nisob boyligi bo‘lib, odamlarda ham yarim nisob miqdorida qarzga bergan puli bor kishi zimmasiga zakot berish vojibdir.

«Bazzoziya».

 

66-FATVO

Birovga omonatga pul berganidan keyin o‘sha odam kim ekanini unutib qo‘ygan bo‘lsa, zakot beradigan vaqti o‘tib ketgandan keyin omonat saqlovchi odamning kimligi esiga kelsa va u notanish bo‘lsa, o‘tgan yil uchun zakot bermaydi. Bordi-yu, u odam eskidan o‘zining tanishi bo‘la turib, esidan chiqargan bo‘lsa, esiga tushgandan keyin o‘tgan yil uchun zakot beradi.

«Bazzoziya».

 

67-FATVO

Er xotiniga berishi vojib bo‘lmish mahrning bir qismi nasiya qoldirilgan bo‘lib, uni xotiniga berish niyati bo‘lmasa, o‘sha mablag‘ ham boyligiga qo‘shib hisoblanib, zakot beriladi.

«Bazzoziya».

 

68-FATVO

Bandalardan qistab turiluvchi qarzi bo‘lishi (basharti qo‘lidagi pulini qarziga berganda, nisobga yetmay qolsa) zakotni soqit qiladi. Bunga berilmagan zakot puli, ushr, xaroj, berilmagan savdo puli, ijara haqi, mahram sanalmish qarindoshlarining nafaqasi kiradi. Qistalmay, vijdoniga havola qilinuvchi qarzlar zakot bermaslikka sabab bo‘lmaydi. Bunga nazr, kafforat, haj puli kabilar kiradi.

«Bazzoziya».

 

 

69-FATVO

Odamlardan qarzdor, lekin niyatida uni ado etish bo‘lgan odam bexos o‘lib qolsa, qiyomat kuni javobgar bo‘lmaydi. Zero, qodir bo‘la turib, to‘lashni cho‘zgani yo‘q.

«Bazzoziya».

 

Izoh:

Bu yerda gap qarzini uzishga yetadigan meros qoldirmagan, shuningdek, otasining qarzlarini o‘z zimmasiga oladigan o‘g‘illari yoki boshqa odami bo‘lmagan qarzdor to‘g‘risida ketmoqda.

 

70-FATVO

Abu Hanifa va Imom Muhammad (r.h.) nazdida, boy erning kambag‘al xotiniga zakot berilmaydi. Shuningdek, otasi boy bo‘lgan norasida o‘g‘ilga ham berilmaydi. Balog‘at yoshida bo‘lsa, berish joiz. Yana boyning balog‘atga yetgan kambag‘al qiziga ham zakot berilmaydi.

«Bazzoziya», «Qozixon».

 

71-FATVO

O‘g‘li boy bo‘lmish kishining kambag‘al otasiga zakot berish mumkin. Abu Yusuf (r.h.) nazdida, agar u boy oila qaramog‘ida yashayotgan bo‘lsa, unga zakot berilmaydi.

«Bazzoziya», «Qozixon».

 

 

72-FATVO

Bir necha hovlisi, do‘konlari va ko‘p miqdorda g‘allasi bo‘lsa ham, daromadi o‘zi va oilasining bir yillik xarajatiga yetib-yetmay turgan bo‘lsa, shunday odam ham zakot olishi joiz. Bu Imom Muhammad (r.h.) so‘zidir.

«Bazzoziya».

 

73-FATVO

Bir necha kishi bir kambag‘alga zakotlarini bergandan keyin uning qo‘lida nisob miqdorida mablag‘ yig‘ilib qolsa, shundan keyin unga zakot berish joiz emas. Agar berilsa, zakot ado etilgan bo‘lmaydi. Ammo faqirning zimmasida qarzi bo‘lsa, o‘sha miqdorga yetgunicha olishi joiz.

«Bazzoziya».

 

74-FATVO

Faqirlarga berib kelish uchun yuborilgan vakilga zakot puli berib yuborilganidan keyin u zakotni o‘zining balog‘atga yetgan va yetmagan muh­toj farzandlari yoki xotiniga bersa, joiz. Lekin o‘ziga hech narsa olib qolmasligi lozim.

«Bazzoziya», «Qozixon».

 

75-FATVO

Zakotni qarzdor odamga berish faqirga topshirgandan ko‘ra yaxshiroqdir.

«Bazzoziya».

 

76-FATVO

Hovlidagi mevali daraxtlar mevasidan ushr berilmaydi, balki dalasidagi daraxtlari mevasidan ushr beriladi. Zero, hovlidagi narsalar undagi imoratlarga tobe hisoblanib, ulardan zakot yoki ushr olinmaydi.

«Bazzoziya», «Qozixon».

 

77-FATVO

Xaroj beriladigan yerga tok eksa, tok meva bera boshlagunga qadar tokka emas, balki fa­qat yerga xaroj to‘lab turadi.

«Bazzoziya».

 78-FATVO

Daladagi yeriga ko‘mib yashirgan boyligini bir necha yil topa olmay yurganidan keyin topsa, o‘tgan yillar uchun undan zakot bermaydi. Ammo uyining biror joyiga yashirib qo‘ygan boyligini bir necha yil topa olmay yurgan odam topgach, o‘tgan yillar uchun undan zakot beradi.

«Furuqul-Karobisiy», «Qozixon».

 

79-FATVO

Zakotga to‘rtta o‘rtacha qo‘y o‘rniga vaznda ularga teng keladigan uchta semiz qo‘y berish joizdir. Ammo ikkita qurbonlik qo‘ylari o‘rniga bitta semiz qo‘y so‘yish joiz emas.

«Furuqul-Karobisiy».

 

 

80-FATVO

Uzoq safardagi boy odam musofir bo‘lishidan qat’i nazar, yurtida qoldirgan boyligidan zakot beradi. Zero, uning vakili yoki unga qarashli boshqa kishilar o‘sha boyning izni va buyrug‘i bilan zakot berishlariga imkoniyatlari bor.

«Qozixon».

 

81-FATVO

Birovga bergan besh nisobga yetadigan pul mablag‘idan bir yil o‘tgach kechib yuborsa, o‘sha mablag‘ zakoti soqit bo‘ladi.

«Qozixon».

 

82-FATVO

Qarz olgan odamda nisobga yetadigan yoki un­dan ortiq qarz puli bo‘la turib, o‘sha miqdordagi pulni unga hiba (hadya) qilib yuborsa, va uni zakot deb niyat qilsa-qilmasa, undagi moli hisobidan zakot bergan bo‘ladi.

«Qozixon».

 

83-FATVO

Ba’zi fuqaholar nazdida, bir kunga yetadigan oziq-ovqati bor yoki kasb-hunar qilishga qodir, yoxud nisobning to‘rtdan bir miqdoricha boylikka ega kishilarning tilamchilik qilishlari joiz emas.

«Qozixon».

 

 

 

 

ZAKOT
Boshqa maqolalar
Maqolalar

VATANNI TARK ETISH HIJRATMI? DIN NOMIDAN GAPIRAYOTGANLARNING ASL YUZI

03.08.2026   27069   7 min.
VATANNI TARK ETISH HIJRATMI? DIN NOMIDAN GAPIRAYOTGANLARNING ASL YUZI

Ma’lumki, Islom tarixida musulmonlar dastlab Habashistonga, keyinchalik Muhammad sollallohu alayhi vasallam boshchiliklarida Makkadan Madinaga hijrat qilganlar. Shu hodisa dinimizda qamariy yil hisobining boshlanish sanasi sifatida tanlangan. Biz mazkur hijratlarda musulmonlar o‘z yashab turgan yerlaridan boshqa yurtlarga ko‘chib ketishga jonlari, e’tiqodlari va mol-mulklariga nisbatan xatarning o‘ta kuchayganligi oqibatida sodir bo‘lganini ko‘ramiz.

Hijrat ikki turga: Abu Usmon Mujoshi’ ibn Mas’ud rivoyat qilgan hadisda aytiladi: “...Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Makka fathidan keyin hijrat yo‘q...”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

Mazkur hadis ta’kidlaganlar. Bundan ma’lum bo‘lishicha yurtni tark etish jihodi bekor qilindi. Yana bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

اَلْمُسْلِمُ مِنْ سَلِمَ الْمُسْلِمُونَ مِنْ لِسَانِهِ وَيَدِهِ وَالْمُهاجِرُ مَنْ هَجَرَ ما نَهَى اللهُ عَنْهُ

  • va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir. Alloh taolo man etgan narsalardan qaytgan kishi Alloh yo‘lida hijrat qilgan kishidir” (Imom Buxoriy rivoyati).

Ulamolar hadisni sharhlab, undagi “hijrat”dan murod “tark qilishdir”, deganlar. Shu turdagi hijrat bugun ham mavjudligi hadisdan ma’lum bo‘lyapti.

Bugungi kunda sodda musulmonlarni hijratga targ‘ib qilishga urinayotgan ayrim soxta da’vatchilaryoshlarni o‘z oilasi, vatanini tark etishga chaqirish uchun Qur’oni karim oyatlari va hadislarning ma’nolarini o‘z manfaatlariga moslab talqin qilmoqdalar. Ushbu “da’vatchilar” musulmon faqat yurtini tashlab chiqib ketsa, iymonli, “hijrat” qilmagan kishi esa kofir bo‘ladi, deyish darajasiga bordilar.

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom va u zotdan keyin Islom davlatini boshqargan xulafoi roshidinlar o‘zga yurtlarda yashayotgan musulmonlarni hech qachon musulmon davlati hududiga ko‘chib kelishlariga da’vat qilmagan va ularning o‘z yurtlarida yashashlariga e’tiroz bildirmaganlar.

Bugungi kunda terorchilik tashkilotlarning da’vatchilari tinch davlatda yashayotgan yoshlarni xorijdagi jangarilar tayyorlovchi markazlarga jo‘natish maqsadida dunyoviy davlat va jamiyatni dinsizlikda ayblab, go‘yo hijratga chiqish farz ekani, buning uchun hech kimdan, hatto, ota-onaning ruxsatini olish kerak emas, degan soxta tushunchalarni yoshlarga singdirishga harakat qilishlari xorijiylarning amalidir.

Aqidaparastlar hijrat masalasida ushbu oyatni dalil qiladilar:

﴿إِنَّ الَّذِينَ تَوَفَّاهُمُ الْمَلَائِكَةُ ظَالِمِي أَنْفُسِهِمْ قَالُوا فِيمَ كُنْتُمْ قَالُوا كُنَّا مُسْتَضْعَفِينَ فِي الْأَرْضِ

قَالُوا أَلَمْ تَكُنْ أَرْضُ اللَّهِ وَاسِعَةً فَتُهَاجِرُوا فِيهَا فَأُولَئِكَ مَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ وَسَاءَتْ مَصِيرًا﴾

«O‘ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: “Nima qilayotgan edinglar?” derlar. Ular: “Yer yuzida bechora edik”, derlar. “Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz bo‘lmasmidi?!” derlar. Ana o‘shalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy!» (Niso surasi, 97-oyat).

Vaholanki, ulamolar mazkur oyat avval islomni qabul qilib, Makkada yashab kelgan bo‘lsa-da, Badr jangida (624 y.) makkaliklar safida turib, musulmonlarga qarshi jangda ishtirok etganlar haqida nozil bo‘lganini ta’kidlaydilar.

Shuningdek, ulamolarning fikriga ko‘ra, yuqoridagi oyat zajr, ya’ni qo‘rqitish ma’nosidagi matn bo‘lib, bunday matnlardan xulosa qilish uchun asl hukmlarga qaytiladi. Ya’ni asl hukm bo‘yicha musulmonlar gunohi kabira qilish sababli hech qachon do‘zaxda abadiy qoladigan kofir bo‘lmaydi.

Vatanni sotish, o‘z yurti va vatandoshlariga zarar yetkazish, ota-onani norozi qilib “oq” bo‘lish esa Islom ta’limotida og‘ir gunoh hisoblanadi.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ قالَ: جَاءَ رَجُلٌ إلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ:

جِئْتُ أُبايِعُكَ عَلَى الْهِجْرَةِ وَتَرَكْتُ أَبَوَيَّ يَبْكِيانِ فَقالَ: اِرْجِعْ عَلَيْهِما فَأَضْحِكْهُما كَما أَبْكَيْتَهُما.

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib: “Sizning oldingizga hijrat qilish uchun bay’at bergani keldim va ota-onam yig‘lab qoldilar”, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ularning oldiga qayt va ularni qanday yig‘latgan bo‘lsang, shunday qilib kuldirgin”, dedilar» (Imom Abu Dovud rivoyati).

Shuningdek, aqidaparastlarning go‘yo “hijrat” qilmaganlar mo‘min-musulmonlikdan chiqishi haqidagi da’volariga raddiya sifatida Shayx Muhamad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tomonidan Qur’onning Anfol surasi, 72-oyatiga berilgan tafsirini keltirish mumkin:

﴿إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَهَاجَرُوا وَجَاهَدُوا بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنْفُسِهِمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالَّذِينَ آوَوْا وَنَصَرُوا أُولَئِكَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ وَالَّذِينَ آَمَنُوا وَلَمْ يُهَاجِرُوا مَا لَكُمْ مِنْ وَلَايَتِهِمْ مِنْ شَيْءٍ حَتَّى يُهَاجِرُوا وَإِنِ اسْتَنْصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ إِلَّا عَلَى قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ مِيثَاقٌ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ﴾

“Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan, Allohning yo‘lida molu jonlari bilan jihod qilganlar va joy berib, yordam ko‘rsatganlar, ana o‘shalar bir-birlariga valiydirlar. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, siz hech valiy bo‘la olmassiz. Agar ular sizdan dinda yordam so‘rasalar, yordam bermog‘ingiz vojib. Faqat, siz bilan o‘rtalarida ahdnoma bor qavm ziddiga emas. Alloh nima qilayotganingizni ko‘rguvchi Zotdir” (Anfol surasi, 72-oyat).

Ushbu oyatda Alloh mo‘minlarning bir necha sinflarini zikr qilmoqda:

1. Hijrat qilganlar

2. Yordam berganlar

3. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlar.

Shunga qaramay, Alloh taolo bularning barchasini mo‘minlar deb atamoqda.

Masalaning muhim jihatlaridan biri shuki, go‘yo “hijrat” uchun Suriya kabi mamlakatlarga borayotgan kishilar yaxshi ishlar bilan shug‘ullanayotgani yo‘q. Aksincha, o‘sha yerda ularga qo‘shilmaganlarni “kofir” deb e’lon qilib, uylarini tortib olib, o‘zlarini o‘ldirib yubormoqdalar. Ayollar va bolalarga zulm qilyaptilar. Bunday fitnalar gunohi kabira ishlarga qo‘l urgandan ko‘ra o‘z yurtida tinchlikda, emin-erkinlikda farz amallarni, ibodatlarni bajarib, halol mehnat bilan oilasini boqib yurganlari afzal emasmi? Shu sababli Islomda fitna davrida unga aralashmay ibodatda bo‘lganlarga katta in’omlar va’da qilingan.

Hadisi sharifda bunday deyilgan:

قالَ النَّبِيُّ صَلَّي اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْعِبادَةَ فِي الْهَرَجِ كَهِجْرَةٍ إلَيَّ

Haraj – fitna paytida qilingan ibodat, menga hijrat qilish kabi (Imom Muslim rivoyati).

Yuqoridagi gaplardan quyidagilarni xulosa qilish mumkin:

– mo‘min-musulmonlar qaysi mamlakatda, hatto g‘ayridinlar ko‘pchilikni tashkil etadigan yurtlarda ham emin-erkin ibodatlarini ado etishga imkon topsalar, unday diyordan hijrat qilish farz yoki vojib bo‘lmaydi;

– musulmonlar tinchlik va xotirjamlikda, ibodatlarini to‘la-to‘kis bajarib turgan diyordan musulmonlar o‘zaro urushayotgan, odamlarning joni, moli va nomusi xatarda bo‘lgan hududlarga borishlari “hijrat” hisoblanmaydi, balki fitnaga aralashib qolish sanaladi hamda shar’an man etiladi;

– yurtimiz Islom dini kirib kelgan davrdan buyon “Islom diyori” bo‘lib kelmoqda hamda mamlakatimizda islom dini ahkomlarini mukammal ado etish uchun barcha sharoitlar mavjud;

– hozirgi kunda bizning mamlakatdan “hijrat” qilish farz ham emas, vojib ham emas. Yurtimizdan Suriya kabi qurolli to‘qnashuvlar ketayotgan hududga yoki boshqa o‘lkalarga chiqib ketmagan musulmonlar gunohkor yoki kofir bo‘lmaydi;

– musulmonlarga qarshi fitnalar uyushtirilayotgan hududga borib begunoh odamlarning joni, mulki va nomusiga daxl qilganlar og‘ir gunoh sodir etgan hisoblanadi.

 

O‘tkirbek Sobirov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi
Toshkent islom instituti o‘qituvchisi

MAQOLA