5-FATVO
To‘liq bir yil majnun (jin tekkan, ruhiy kasallikka uchragan) bo‘lsa, zakot vojib emas. Yilning boshi va oxirida majnunligi ketgan bo‘lsa, zakot vojib bo‘ladi. Ammo bir yil behush yotgan boyga zakot vojib.
«Olamgiriya», «Javhara», «al-Kofiy», «Qozixon».
6-FATVO
Garovga qo‘ygan boyligi, modomiki garovga olgan kishi qo‘lida ekan, undan zakot berish vojib emas.
«Olamgiriya», «al-Bahrur-roiq».
7-FATVO
Yashab turgan uyi, kiyib yurgan kiyimlari, uy jihozlari, minib turilgan ulov, iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat, pardoz buyumlari (agar oltin, kumushdan yasalmagan bo‘lsa), gavhar, marjon, yoqut, zumrad (agar sotish uchun saqlanmayotgan bo‘lsa), olimning foydalanib turgan kitoblari, kasb-hunar asboblari kabi narsalardan zakot berilmaydi. Bo‘yoqchining idishdagi bo‘yoqlari, teri oshlovchining idishdagi yog‘laridan zakot beriladi. Kirchining sovunlaridan zakot chiqarilmaydi.
«Olamgiriya», «Javhara», «Kifoya».
8-FATVO
Fiqh ilmi bilan shug‘ullanadigan olimning uyidagi kitoblari juda katta mablag‘ga teng bo‘lsa ham, modomiki ulardan foydalanib turishga muhtoj ekan, zakot berishi vojib emas. Lekin zarur bo‘lmaydigan manbalarining qiymati nisobga yetsa, ulardan zakot berishi vojibdir.
«Olamgiriya», «Mabsut».
9-FATVO
Odamlardan qarzdor kishi agar boyligidan qarziga berganda, nisobdan kamayib qoladigan bo‘lsa, unga zakot vojib emas. Masalan, birovdan bir nisob miqdorida qarz olgan, lekin qo‘lida besh nisob miqdorida boyligi bor. U to‘rt nisob hisobidan zakot beradi. Ammo nazr, kafforat, fitr sadaqasi, haj puli kabi Allohning haqlari ham zimmasidagi qarzi hisoblanadi. Lekin bu qarzlar zakotga to‘sqinlik qilmaydi. Ya’ni, mazkur joylarga sarf qilsa, nisobdan kamayib qolish ehtimoli bo‘lsa ham, zakot beraveradi.
«Olamgiriya», «Muhit».
10-FATVO
Bo‘yniga olmay yurgan qarzdorga qarshi hujjati yo‘q odam bir necha yildan keyin hujjatga ega bo‘lib qolsa va qarzni undirib olsa, o‘tgan yillar uchun zakot vojib emas.
«Olamgiriya», «Tabyin».
11-FATVO
Qarzdor uzoq joyga qochib ketsa, qaraladi: agar qarz bergan odam uni topib kelishga qodirligiga qaramasdan, harakat qilmasa, zakot soqit bo‘lmaydi. Topib kelishga imkoniyati bo‘lmasa, undagi puldan zakot bermaydi.
«Olamgiriya», «Muhit».
12-FATVO
Zakotga yil hijriy sana hisobi bilan o‘lchanadi (354 kun). Yilning boshi va oxirida zakot nisobi mavjud bo‘lib, o‘rtasida nisobdan kamayib turishi zakotni soqit qilmaydi.
«Olamgiriya», «Hidoya».
13-FATVO
Yil davomida tijorat mollarining jinslari o‘zgartirib turilishi zakot beriladigan yilning ham o‘zgarib, yangilanib turishiga sabab bo‘lmaydi. Ammo chorva mollari yil davomida almashtirib turilsa, yil hisobi oxirgisidan boshlab e’tiborga olinadi.
«Olamgiriya», «Muhit».
14-FATVO
Nisob egasining boyligi yil davomida qaysi yo‘l bilan bo‘lsa-da, ortib borsa, hammasi umumiy boyligiga qo‘shilib, zakot ajratilaveradi. Masalan, tijoratdan kelgan foyda, meros, hadya yo‘li bilan tushgan mablag‘lar kabi. Ammo boshqa jinsdan bo‘lgan qo‘y, echki, tuya kabi mollar qo‘shilmaydi. Yil to‘lishi bilan tushgan mablag‘ va foydalar yangi yil hisobidagi nisobga qo‘shib, hisoblab boriladi. Ya’ni, bir yil to‘lmaguncha ulardan zakot berilishi vojib emas. Lekin to‘lmagan yil va keyingi bir necha yil hisobidan bir nisob egasi bo‘lgan odam oldindan zakotlarini berib qo‘yishi mumkin.
«Olamgiriya», «Javhara», «Muxtasar», «Qozixon».
15-FATVO
Boyligi shariat belgilab qo‘ygan ma’lum miqdorga, ya’ni nisobga yetgan musulmon kishi hijriy-qamariy bir yil o‘tishi bilan asliy hojatlaridan ortiqcha boyligining qirqdan bir qismini, ya’ni 2,5 foizini shar’an belgilangan joylarga berishi farzi ayndir. Nisob 84 gr oltin qiymatiga barobar mablag‘dir. Zakotni uzrsiz kechiktirib berish gunoh sanaladi. Zakotni ajratayotgan yoki berayotgan paytda niyat qilish shart. Demak, shu ajratgan yoki berayotgan narsam sadaqa yoki ehson emas, zakotdir, deb niyat qilinadi. Ammo yilning oxiriga kelib, shu bir yil mobaynida bergan sadaqalarimni zakot deb niyat qildim, desa, bu niyati o‘tmaydi. Butun boyligini sadaqa qilib yuborsa, niyat shart emas. Zakotga ham o‘taveradi.
«Olamgiriya», «Muxtasar».
16-FATVO
Faqir kishiga bergan qarzidan kechib yuborsa, o‘sha qarzda turgan boyligidan beradigan zakotidan qutuladi. Agar bir qismidan kechsa, o‘sha qismidan beradigan zakoti soqit bo‘ladi. Boy kishidagi qarzini unga hadya qilib yuborsa, uning zakoti soqit bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Tabyin».
17-FATVO
Boy kishi faqir huzuriga borib falon odamga bergan qarzimni o‘zingga olgin, deb zakotni niyat qilsa, joizdir.
«Olamgiriya», «al-Bahrur-roiq».
18-FATVO
Miskinga pul berib, tilida hiba (hadya) yoki qarz deb aytib, dilida zakot deb niyat qilsa, zakotga o‘tadi.
«Olamgiriya», «al-Bahrur-roiq», «Qunya».
19-FATVO
To‘liq bir yil majnun (jin tekkan, ruhiy kasallikka uchragan) bo‘lsa, zakot vojib emas. Yilning boshi va oxirida majnunligi ketgan bo‘lsa, zakot vojib bo‘ladi. Ammo bir yil behush yotgan boyga zakot vojib.
«Olamgiriya», «Javhara», «al-Kofiy», «Qozixon».
20-FATVO
Garovga qo‘ygan boyligi, modomiki garovga olgan kishi qo‘lida ekan, undan zakot berish vojib emas.
«Olamgiriya», «al-Bahrur-roiq».
21-FATVO
Yashab turgan uyi, kiyib yurgan kiyimlari, uy jihozlari, minib turilgan ulov, iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat, pardoz buyumlari (agar oltin, kumushdan yasalmagan bo‘lsa), gavhar, marjon, yoqut, zumrad (agar sotish uchun saqlanmayotgan bo‘lsa), olimning foydalanib turgan kitoblari, kasb-hunar asboblari kabi narsalardan zakot berilmaydi. Bo‘yoqchining idishdagi bo‘yoqlari, teri oshlovchining idishdagi yog‘laridan zakot beriladi. Kirchining sovunlaridan zakot chiqarilmaydi.
«Olamgiriya», «Javhara», «Kifoya».
22-FATVO
Fiqh ilmi bilan shug‘ullanadigan olimning uyidagi kitoblari juda katta mablag‘ga teng bo‘lsa ham, modomiki ulardan foydalanib turishga muhtoj ekan, zakot berishi vojib emas. Lekin zarur bo‘lmaydigan manbalarining qiymati nisobga yetsa, ulardan zakot berishi vojibdir.
«Olamgiriya», «Mabsut».
23-FATVO
Odamlardan qarzdor kishi agar boyligidan qarziga berganda, nisobdan kamayib qoladigan bo‘lsa, unga zakot vojib emas. Masalan, birovdan bir nisob miqdorida qarz olgan, lekin qo‘lida besh nisob miqdorida boyligi bor. U to‘rt nisob hisobidan zakot beradi. Ammo nazr, kafforat, fitr sadaqasi, haj puli kabi Allohning haqlari ham zimmasidagi qarzi hisoblanadi. Lekin bu qarzlar zakotga to‘sqinlik qilmaydi. Ya’ni, mazkur joylarga sarf qilsa, nisobdan kamayib qolish ehtimoli bo‘lsa ham, zakot beraveradi.
«Olamgiriya», «Muhit».
24-FATVO
Bo‘yniga olmay yurgan qarzdorga qarshi hujjati yo‘q odam bir necha yildan keyin hujjatga ega bo‘lib qolsa va qarzni undirib olsa, o‘tgan yillar uchun zakot vojib emas.
«Olamgiriya», «Tabyin».
25-FATVO
Qarzdor uzoq joyga qochib ketsa, qaraladi: agar qarz bergan odam uni topib kelishga qodirligiga qaramasdan, harakat qilmasa, zakot soqit bo‘lmaydi. Topib kelishga imkoniyati bo‘lmasa, undagi puldan zakot bermaydi.
«Olamgiriya», «Muhit».
26-FATVO
Zakotga yil hijriy sana hisobi bilan o‘lchanadi (354 kun). Yilning boshi va oxirida zakot nisobi mavjud bo‘lib, o‘rtasida nisobdan kamayib turishi zakotni soqit qilmaydi.
«Olamgiriya», «Hidoya».
27-FATVO
Yil davomida tijorat mollarining jinslari o‘zgartirib turilishi zakot beriladigan yilning ham o‘zgarib, yangilanib turishiga sabab bo‘lmaydi. Ammo chorva mollari yil davomida almashtirib turilsa, yil hisobi oxirgisidan boshlab e’tiborga olinadi.
«Olamgiriya», «Muhit».
28-FATVO
Nisob egasining boyligi yil davomida qaysi yo‘l bilan bo‘lsa-da, ortib borsa, hammasi umumiy boyligiga qo‘shilib, zakot ajratilaveradi. Masalan, tijoratdan kelgan foyda, meros, hadya yo‘li bilan tushgan mablag‘lar kabi. Ammo boshqa jinsdan bo‘lgan qo‘y, echki, tuya kabi mollar qo‘shilmaydi. Yil to‘lishi bilan tushgan mablag‘ va foydalar yangi yil hisobidagi nisobga qo‘shib, hisoblab boriladi. Ya’ni, bir yil to‘lmaguncha ulardan zakot berilishi vojib emas. Lekin to‘lmagan yil va keyingi bir necha yil hisobidan bir nisob egasi bo‘lgan odam oldindan zakotlarini berib qo‘yishi mumkin.
«Olamgiriya», «Javhara», «Muxtasar», «Qozixon».
29-FATVO
Yil davomidagi foyda va qo‘shimcha daromadlar nisobga yetgan boyligiga qo‘shiladi. Nisobga yetmagan boyligiga qo‘shib, hisoblanmaydi. Agar nisobga yetmagan moliga yangi daromadni qo‘shganida nisobga yetadigan bo‘lsa, qo‘shib shu kundan boshlab yil o‘tishini kutadi.
«Olamgiriya», «Badoye».
30-FATVO
Nisobga yetgan chorva mollariga yil to‘lishi bilan zakotini berib bo‘lgach, mollarni sotib yuborsa, yarim yil to‘lgan mavjud pulni nisobga qo‘shib hisoblaydimi yoki yo‘qmi, degan masalada Abu Hanifa (r.h.) nazdida, qo‘shib hisoblamaydi, balki unga yangidan yil hisobini boshlaydi. Ammo Abu Yusuf bilan Imom Muhammad (r.h.) nazdida, mollarning pulini ham mavjud nisobga qo‘shib, ikki nisobga zakot beradi. Bu ixtilof chorva mollari alohida nisobga yetgan taqdirda e’tiborga olinadi. Bordi-yu, nisobga yetmagan bo‘lsa, hammalarining nazdida ham, nisobga qo‘shib hisoblanaveradi.
«Olamgiriya», «Javhara».
31-FATVO
Yerining xirojini (zakotini) to‘lab bo‘lgach, sotib yuborsa, pulini asliy nisobga qo‘shib hisoblab, zakot ajratadi.
«Olamgiriya», «Badoye».
32-FATVO
Pul mablag‘i nisobga yetgach, zakotini berib, qolgan pulga chorva mollari sotib olsa, mulkidagi boshqa chorva mollariga qo‘shib hisoblanmaydi. Zero, ular zakoti berilgan mollardir. Bu Abu Hanifaning (r.h.) so‘zidir.
«Olamgiriya».
33-FATVO
Tijorat niyati bilan boqayotgan qo‘ylarining qiymati nisobga yetar edi. Lekin ular yil to‘lmay o‘lib qoldi. Terilarini shilib, oshlab, qiymatini hisoblasa, nisobga yetyapti. Yil to‘lishi bilan undan zakot beradi.
«Olamgiriya», «Qozixon».
34-FATVO
Tijorat niyati bilan saqlanayotgan meva sharbati bir yil o‘tmasdan mayga, so‘ngra sirkaga aylangach, qiymati nisobga yetsa ham, yil oxirida undan zakot berilmaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon».
35-FATVO
Ikki nisob egasi pulini yaxshi hisoblab ko‘rmay, ikki yarim nisob hisobidan zakot berib bo‘lganidan keyin bilib qolsa, ikki nisobdan ortig‘ini keyingi yil hisobiga o‘tkazib qo‘yaveradi.
«Olamgiriya», «Muhit».
36-FATVO
Turli nav chorva mollari nisobga yetgan odam ularning bir-ikki navidan zakot berganidan keyin shu zakoti berilgan mollar o‘lib qolsa, bergan zakoti qolgan mollarining zakotiga o‘tmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit»
37-FATVO
Yil to‘lmay oldindan berilgan zakotni qabul qilgan faqir yil oxiriga yetmay boyga aylansa yo o‘lib qolsa, yoki dindan qaytib murtad bo‘lsa, berilgan zakot o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
«Olamgiriya», «as- Sirojul-vahhoj».
38-FATVO
Zakot farz bo‘lgan odam uni ado etmay turib vafot topsa, zakot soqit bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Muhit».
39-FATVO
Chorva mollarining erkagu urg‘ochisidan nisobga yetgach, zakot beriladi. Lekin sharti yarim yildan ortiq dalada, o‘tloqda boqilgan bo‘lishi va maqsadi sutidan foydalanish, naslini ko‘paytirish, semirtirish, bahosini oshirish bo‘lishi belgilangan. Hayvonlarni boqishdan maqsadi ularda yuk tashish, minish bo‘lsa, zakot vojib bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit».
40-FATVO
Chorva mollarini sotib foydalanish, ya’ni tijorat niyati bilan boqayotgan bo‘lsa, ularning necha bosh ekaniga qarab emas, qiymatini pulga hisoblab, zakot chiqaradi.
«Olamgiriya», «Badoye».
41-FATVO
Chorva mollarini tijorat niyati bilan sotib olib, keyinroq sotish niyatidan qaytib, boqishni niyat qilsa, yil hisobini shu keyingi niyat qilgan kunidan e’tiboran boshlaydi. Ya’ni nisobga yetgan bo‘lsa, ularning qiymatiga emas, necha bosh ekaniga qarab zakot ajratadi.
«Olamgiriya», «Muhit».
42-FATVO
Chorva mollarining turiga va adadiga qarab zakot belgilanadi. Masalan, 25 taga yetgancha har bir beshta tuyadan bitta qo‘y, 25 ta tuyaga bitta bir yoshdan ikkinchi yoshga qadam qo‘ygan tayloq (bo‘taloq), 36 ta tuyaga ikki yoshdan o‘tib, uchinchi yoshga qadam qo‘ygan tayloq beriladi va hokazo. Qo‘y va echkining 40 tasiga bir yoshli bitta qo‘y, 120 taga yetgach, ikkita qo‘y va hokazo. Sigir 30 taga yetgach, bir yoshlik buzoq, 40 taga yetgach, ikki yoshdan uch yoshga qadam qo‘ygan g‘unajin va hokazo. Har bir urg‘ochi otdan bir dinor yoki nisobga yetadigan qiymatining 40 dan bir foizi beriladi. Otlar erkak-urg‘ochi aralash bo‘lsa, ulardan zakot beriladi. Ammo faqat erkak otlar bo‘lsa, ulardan zakot berilmaydi. Lekin tijorat uchun boqayotgan bo‘lsa, zakot beradi.
«Olamgiriya», «Muxtasar», «Kofiy».
Izoh:
Chorva mollarining adadiga qarab zakot berish to‘g‘risida batafsil to‘xtalmadik. Chunki bu to‘g‘rida tarjima qilingan fiqh kitoblarida keng ma’lumot berilgan.
43-FATVO
Eshak, xachir, qoplon, o‘rgatilgan itlardan tijorat uchun saqlanayotgan bo‘lsagina zakot beriladi. Tuya, sigir, qo‘y, echkilarning bir yoshga to‘lmagan bolalari alohida boqilayotgan bo‘lsa, ulardan zakot berilmaydi. Ammo ularga bitta katta yoshlisi qo‘shilsa ham, hammasi unga tobe bo‘lib qoladi va nisob uchun hisobga olinadi. Masalan, 39 ta qo‘zi bilan bitta uch yoshga qadam qo‘ygani bo‘lsa, bir qo‘y zakotga ajratiladi.
«Olamgiriya», «Sirojiya», «Hidoya».
44-FATVO
Oltin bilan kumush, xoh ishlov berilgan, taqinchoq yoki buyum holatiga keltirilgan, xoh yombi holida, xoh tabiiy qazilma holatida bo‘lsin, nisobga yetsa, zakot berilaveradi. Oltinning nisobi – 20 misqol, ya’ni, 85 gr. Kumushning nisobi – 200 dirham. Bir dirhamning vazni – 3,17 gr. Demak, 85 gr oltin narxi zakot berish vaqtida necha so‘mga to‘g‘ri kelsa, nisob o‘sha miqdorda belgilanadi.
«Olamgiriya», «Xulosa»,
«al-Fiqhul-islomiy».
45-FATVO
Oltin bilan kumushda qiymati emas, vazni e’tibor qilinadi. Masalan, kumushdan yasalgan ko‘zaning og‘irligi 150 dirham, qiymati 200 dirham bo‘lsa, zakot vojib bo‘lmaydi. Oltinda ham misqollar vazni e’tiborga olinadi.
«Olamgiriya», «Sharhi Kanz».
46-FATVO
Oltin va kumush boshqa metallar bilan aralashgan bo‘lsa, aniqlab ko‘riladi: agar oltin va kumush 50 foizdan ortig‘ini tashkil etsa, sof oltin yoki sof kumushdek e’tibor qilinadi. Kam kelsa, soxta hisoblanadi. Barobar kelsa, ehtiyot jihatidan zakot berish tavsiya etiladi.
«Olamgiriya», «Xulosa», «Qozixon».
47-FATVO
Oltin bilan kumush aralash bo‘lsa, qaysi birining vazni nisobga yetsa, o‘shanisidan zakot berilaveradi. Kumushi oz, oltini ko‘p bo‘lsa, hammasi oltin deb baholanadi.
«Olamgiriya», «Tabyin».
48-FATVO
Sariq mis chaqalar qancha ko‘p bo‘lsa ham zakot berilmaydi. Ammo ularni tijoratga ishlatish niyatida saqlayotgan bo‘lsa va miqdori nisobga yetsagina zakot beradi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Sharhi Viqoya».
49-FATVO
Oltin bilan kumushning miqdori bir nisobga yetgach, ikkinchi nisobga yetgunga qadar har qirq dirhamidan bir dirham, to‘rt misqolidan ikki qiyrot qo‘shimcha zakot ajratadi. Bu Abu Hanifa (r.h.) so‘zi. Ikki imom va Shofi’iy (r.h.) nazdida, nisobdan ortig‘idan ham qirqdan bir hisobida zakot qo‘shib berilaveradi.
«Olamgiriya», «Hidoya».
50-FATVO
Oltin bilan kumushning nisoblari komil bo‘lishi uchun boshqa tijorat buyumlarining qiymati ham qo‘shib hisoblanadi. Kumushning nisobini to‘ldirish uchun oltin unga qo‘shib hisoblanadi.
«Olamgiriya», «Muxtasar».
51-FATVO
Uy jihozlari, ro‘zg‘or buyumlari, asbob-uskunalardan faqat tijorat uchun saqlanayotganlarining umumiy qiymati nisobga yetsa, ulardan zakot beriladi. Ular qaysi joyda bo‘lsa, o‘sha yerdagi narx-navo bilan hisoblab chiqiladi.
«Olamgiriya», «Javhara».
52-FATVO
Dur, yoqut, gavhar kabi qimmatbaho toshlar uchun zakot berilmaydi. Ammo ular tijorat uchun saqlanayotgan bo‘lsa, zakot beriladi. Oltin va kumush taqinchoq sifatida ishlatilayotgan taqdirda ham, nisobga yetadigan bo‘lsa, zakot berilaveradi.
«Olamgiriya», «Javhara».
53-FATVO
Zakot bergan-bermagani haqida shakshubha qilgan kishi, bermagan bo‘lishim kerak, deb jazm qilib, zakotni qaytadan beradi.
«Olamgiriya», «Sirojiya», «al-Bahrur-roiq».
54-FATVO
Tijorat mollarini bir xil jinsda ushlab turmasdan, bir necha bor boshqa jinsdagi mollarga almashtirib turishning zakot nisobiga ta’siri yo‘q. Ya’ni, yangidan yil hisobini boshlamaydi, balki bir xildagi mol nisobidek hisob qilinaveradi. Shuningdek, nisobga bir yil to‘lishi bilan uni qarzga berib yuborishi ham zakotni soqit qilmaydi.
«Olamgiriya», «al-Bahrur-roiq».
55-FATVO
Tuyalardan zakot erkagidan emas, urg‘ochisidan beriladi. Qo‘ylardan berilganda esa, erkak urg‘ochisining farqi yo‘q.
«Olamgiriya», «Tuhfa», «as-Sirojul-vahhoj».
56-FATVO
Zakot, kafforat, fitr sadaqasi, ushr, nazr kabi to‘lovlarda beriladigan narsa yoki hayvon o‘rniga ularning qiymati miqdorida pul bilan to‘lash ham mumkin.
«Olamgiriya», «Hidoya».
57-FATVO
Boyligi zakot nisobiga yetmaydigan kambag‘al odam zakot berish havasida birovdan qarzga pul olib, zakotni ado etgach, harakat etib qarzini uzishga aqli yetsa, shunday qilgani afzal. Shu niyat bilan qarz olib, zakot berganidan keyin qarzni qaytarmasidan vafot etsa, oxiratda Alloh taolo unga qarz bergan kishini rozi qilib, qarzdan ozod qilishining umidi bor. Ammo qarzni qaytarishga kuchi yetmasligini bila turib, qarz olishi durust emas.
«Olamgiriya», «Muhit».
58-FATVO
Bir kishi ikkinchi odamga zakot nisobiga yetadigan pulni hiba tariqasida bergach, bir yil to‘lishi bilan hibasini qaytarib olsa, har ikki tomon ham shu yil uchun zakot bermaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon».
59-FATVO
Kishi zakot berish vaqti kirganiga qaramay, zakot bermay yurgan vaqtida bir kambag‘al uning boyligidan ruxsatsiz zakot niyatida olishi mumkin emas. Agar olsa, molning egasi undan qaytarib olishiga haqi bor. Bordi-yu, kambag‘al ishlatib yuborgan bo‘lsa ham, baribir zomin bo‘ladi. Ya’ni, zimmasiga tushadi.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya».
60-FATVO
Zakot pulini ajratib, qo‘lida ushlab turgan paytida kambag‘allar kelib, so‘rab o‘tirmay talab ketishsa, shuningdek, beraman deb turgan zakot puli qo‘lidan yerga tushib ketishi bilan biror kambag‘al kelib uni olsa va bunga boy rozi bo‘lsa, har ikki misolda ham zakot bergan bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Xulosa».
61-FATVO
Boy bir kishiga pul berib, nafl sadaqa sifatida tarqatib yuborishni buyurgach, o‘sha pulni zakot deb niyat qilsa va shundan keyin boyagi odam pulni sadaqa qilib yuborsa, zakotga o‘tadi.
«Sirojiya».
62-FATVO
Bir boy o‘z hisobidan boshqa boy nomidan zakot berib yuborgach, u bilib ijozat bersa, faqirga bergan bo‘lishi sharti bilan durust hisoblanadi.
«Sirojiya».
63-FATVO
Boyning kambag‘alda bir nisob miqdorida qarzga bergan puli bor. Unga zakot niyati bilan qirqdan bir miqdorda pul berib, qolgan qarzini undirib olsa, joiz emas.
«Sirojiya».
64-FATVO
Boydan zakot puli (qirqdan bir) miqdorida qarzi bor kambag‘alga o‘sha pulni zakot niyati bilan hadya qilib yuborsa, zakotga o‘tmaydi. Qarzini undirib olishning shar’iy yo‘li bunday: unga zakot niyati bilan pul berib, so‘ngra qarzini undirib oladi.
«Sirojiya».
65-FATVO
Qo‘lida yarim nisob boyligi bo‘lib, odamlarda ham yarim nisob miqdorida qarzga bergan puli bor kishi zimmasiga zakot berish vojibdir.
«Bazzoziya».
66-FATVO
Birovga omonatga pul berganidan keyin o‘sha odam kim ekanini unutib qo‘ygan bo‘lsa, zakot beradigan vaqti o‘tib ketgandan keyin omonat saqlovchi odamning kimligi esiga kelsa va u notanish bo‘lsa, o‘tgan yil uchun zakot bermaydi. Bordi-yu, u odam eskidan o‘zining tanishi bo‘la turib, esidan chiqargan bo‘lsa, esiga tushgandan keyin o‘tgan yil uchun zakot beradi.
«Bazzoziya».
67-FATVO
Er xotiniga berishi vojib bo‘lmish mahrning bir qismi nasiya qoldirilgan bo‘lib, uni xotiniga berish niyati bo‘lmasa, o‘sha mablag‘ ham boyligiga qo‘shib hisoblanib, zakot beriladi.
«Bazzoziya».
68-FATVO
Bandalardan qistab turiluvchi qarzi bo‘lishi (basharti qo‘lidagi pulini qarziga berganda, nisobga yetmay qolsa) zakotni soqit qiladi. Bunga berilmagan zakot puli, ushr, xaroj, berilmagan savdo puli, ijara haqi, mahram sanalmish qarindoshlarining nafaqasi kiradi. Qistalmay, vijdoniga havola qilinuvchi qarzlar zakot bermaslikka sabab bo‘lmaydi. Bunga nazr, kafforat, haj puli kabilar kiradi.
«Bazzoziya».
69-FATVO
Odamlardan qarzdor, lekin niyatida uni ado etish bo‘lgan odam bexos o‘lib qolsa, qiyomat kuni javobgar bo‘lmaydi. Zero, qodir bo‘la turib, to‘lashni cho‘zgani yo‘q.
«Bazzoziya».
Izoh:
Bu yerda gap qarzini uzishga yetadigan meros qoldirmagan, shuningdek, otasining qarzlarini o‘z zimmasiga oladigan o‘g‘illari yoki boshqa odami bo‘lmagan qarzdor to‘g‘risida ketmoqda.
70-FATVO
Abu Hanifa va Imom Muhammad (r.h.) nazdida, boy erning kambag‘al xotiniga zakot berilmaydi. Shuningdek, otasi boy bo‘lgan norasida o‘g‘ilga ham berilmaydi. Balog‘at yoshida bo‘lsa, berish joiz. Yana boyning balog‘atga yetgan kambag‘al qiziga ham zakot berilmaydi.
«Bazzoziya», «Qozixon».
71-FATVO
O‘g‘li boy bo‘lmish kishining kambag‘al otasiga zakot berish mumkin. Abu Yusuf (r.h.) nazdida, agar u boy oila qaramog‘ida yashayotgan bo‘lsa, unga zakot berilmaydi.
«Bazzoziya», «Qozixon».
72-FATVO
Bir necha hovlisi, do‘konlari va ko‘p miqdorda g‘allasi bo‘lsa ham, daromadi o‘zi va oilasining bir yillik xarajatiga yetib-yetmay turgan bo‘lsa, shunday odam ham zakot olishi joiz. Bu Imom Muhammad (r.h.) so‘zidir.
«Bazzoziya».
73-FATVO
Bir necha kishi bir kambag‘alga zakotlarini bergandan keyin uning qo‘lida nisob miqdorida mablag‘ yig‘ilib qolsa, shundan keyin unga zakot berish joiz emas. Agar berilsa, zakot ado etilgan bo‘lmaydi. Ammo faqirning zimmasida qarzi bo‘lsa, o‘sha miqdorga yetgunicha olishi joiz.
«Bazzoziya».
74-FATVO
Faqirlarga berib kelish uchun yuborilgan vakilga zakot puli berib yuborilganidan keyin u zakotni o‘zining balog‘atga yetgan va yetmagan muhtoj farzandlari yoki xotiniga bersa, joiz. Lekin o‘ziga hech narsa olib qolmasligi lozim.
«Bazzoziya», «Qozixon».
75-FATVO
Zakotni qarzdor odamga berish faqirga topshirgandan ko‘ra yaxshiroqdir.
«Bazzoziya».
76-FATVO
Hovlidagi mevali daraxtlar mevasidan ushr berilmaydi, balki dalasidagi daraxtlari mevasidan ushr beriladi. Zero, hovlidagi narsalar undagi imoratlarga tobe hisoblanib, ulardan zakot yoki ushr olinmaydi.
«Bazzoziya», «Qozixon».
77-FATVO
Xaroj beriladigan yerga tok eksa, tok meva bera boshlagunga qadar tokka emas, balki faqat yerga xaroj to‘lab turadi.
«Bazzoziya».
78-FATVO
Daladagi yeriga ko‘mib yashirgan boyligini bir necha yil topa olmay yurganidan keyin topsa, o‘tgan yillar uchun undan zakot bermaydi. Ammo uyining biror joyiga yashirib qo‘ygan boyligini bir necha yil topa olmay yurgan odam topgach, o‘tgan yillar uchun undan zakot beradi.
«Furuqul-Karobisiy», «Qozixon».
79-FATVO
Zakotga to‘rtta o‘rtacha qo‘y o‘rniga vaznda ularga teng keladigan uchta semiz qo‘y berish joizdir. Ammo ikkita qurbonlik qo‘ylari o‘rniga bitta semiz qo‘y so‘yish joiz emas.
«Furuqul-Karobisiy».
80-FATVO
Uzoq safardagi boy odam musofir bo‘lishidan qat’i nazar, yurtida qoldirgan boyligidan zakot beradi. Zero, uning vakili yoki unga qarashli boshqa kishilar o‘sha boyning izni va buyrug‘i bilan zakot berishlariga imkoniyatlari bor.
«Qozixon».
81-FATVO
Birovga bergan besh nisobga yetadigan pul mablag‘idan bir yil o‘tgach kechib yuborsa, o‘sha mablag‘ zakoti soqit bo‘ladi.
«Qozixon».
82-FATVO
Qarz olgan odamda nisobga yetadigan yoki undan ortiq qarz puli bo‘la turib, o‘sha miqdordagi pulni unga hiba (hadya) qilib yuborsa, va uni zakot deb niyat qilsa-qilmasa, undagi moli hisobidan zakot bergan bo‘ladi.
«Qozixon».
83-FATVO
Ba’zi fuqaholar nazdida, bir kunga yetadigan oziq-ovqati bor yoki kasb-hunar qilishga qodir, yoxud nisobning to‘rtdan bir miqdoricha boylikka ega kishilarning tilamchilik qilishlari joiz emas.
«Qozixon».
Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yurtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarni qabul qilib, muammo, arz va takliflarini tingladilar.
Qabul jarayonida Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan kelgan fuqarolarning masjidlar holati, oilaviy masalalar, diniy ta’lim, haj-umra hamda moddiy yordam olish yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi.
Darhaqiqat, birovning dardini yengillatish, uning tashvishlari osongina bartaraf etilishiga hissa qo‘shish – savobi ulug‘ amal. Chunonchi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “... Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Mana shunday qabul jarayonlari mamlakatimizdagi barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati