2017 yil 30 may kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov joriy yildan boshlab 7200 nafar yurtdoshimiz Haj safarini, kelgusi yildan boshlab esa 10 ming nafar yurtdoshimiz Umra ziyoratini ado etishi rejalashtirilganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar har yili yurtdoshlarimizdan 5 ming nafari Haj safarini hamda 6 ming nafari esa Umra ziyoratini ado etib kelishayotgan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati