Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Avgust, 2026   |   26 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:55
Quyosh
05:26
Peshin
12:34
Asr
17:26
Shom
19:35
Xufton
21:04
Bismillah
09 Avgust, 2026, 26 Safar, 1448

Gilosning nodir xossalari

25.05.2017   21645   3 min.
Gilosning nodir xossalari

Gilos juda ham shirin va foydali meva ekanligi hech kimga sir emas. Ko‘pincha uni yangi uzib olingani iste’mol qilinadi, chunki undan pishirib tayyorlangan murabbo va boshqa ko‘rinishlardagi pishiriqlarda gilos o‘zining mazasi va foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.

Gilos murabbosining shirinligi olcha murabbosidan qolishmasa ham, uy bekalari gilosdan kamdan-kam holda murabbo tayyorlashadi.

Foydali xossalaridan tashqari gilosda bitta katta kamchilik bor
 — gilosni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilingach, organizmda ortiqcha suyuqlik hazm bo‘lmay to‘xtab qolishi mumkin, natijada ertasiga ertalab inson o‘z tanasida shish paydo bo‘lganini kuzatishi mumkin.

Gilosning xuddi ana shu “kamchiligi” sababidan homilador ayollarni gilosni ko‘p miqdorda iste’mol qilishdan qaytarishadi.

Inson sog‘lig‘i uchun uchun gilosning asosiy foydalari:

1. Gilos qabziyat muammosini hal qiladi.

Chunki bu meva iste’mol qilingach, tanada ichaklar faoliyatini tezlashtirib yurgizadi va oqibatda modda almashinuvi me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi.

  1. Pishiqchilikda gilos iste’mol qilinganda bolalarda ham, kattalarda ham immunitet mustahkamlanadi.

Shifokorlar pishiqchilik mavsumida meva va sabzavotlarni me’yorida to‘yib iste’mol qilishni tavsiya etishadi, bundan gilos istisno etilmaydi, chunki uning tarkibida juda ko‘p miqdorda organizmni turli infeksiyalardan himoya qiluvchi va yangi immun hujayralari o‘sib chiqishiga sabab bo‘luvchi vitaminlar mavjud.
3. KUNIGA 2-3 MAHAL BIR QISMDAN GILOS ISTЕ’MOL QILISH INSON QON TARKIBIDA XOLЕSTЕRIN MIQDORINI SЕZILARLI KAMAYTIRADI, shuningdek, xolesterin tugunchalari paydo bo‘lishining oldini oladi.

  1. ”Asabiy” "psoriaz" i "ekzema" kabi teri kasalliklarini gilos yordamida davolash mumkin. Bunday holda, kasallikni davolash jarayonida gilos yordamchi davolovchi vosita sifatida bu kasalliklardan tezroq forig‘ bo‘lishga yordam beradi, yolg‘iz uni iste’mol qilish kasallikdan to‘liq xalos eta olmaydi, shifokor belgilagan dori-darmonlarning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi.
  2. Agar kishida gemoglobin miqdori pasaygan bo‘lsa yoki anemiya (kamqonlik) diagnozi qo‘yilgan bo‘lsa, gilos bu xastaliklardan qutilishda qo‘l keladi. Bunday kishi o‘zini gilos iste’mol qilishdan tiyishi yoki cheklashi foydali bo‘lmaydi, aksincha, uni bor-yo‘g‘i bir hafta davomida muntazam iste’mol qilib, gemoglobin miqdorini ko‘tarish va anemiyadan forig‘ bo‘lish mumkin.
  3. Erta toksikozni boshdan kechiruvchi homilador ayollar gilos iste’mol qilib bu noxush holatdan qutilishlari mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, shifokorlar tanada ortiqcha shish paydo bo‘lishining oldini olish va buyraklarni zo‘riqtirmaslik maqsadida gilosni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishdan qaytarishadi. Shu sababdan boshidan toksikozni kechirayotgan homilador ayollarga o‘ntacha gilos (bundan ko‘p emas) iste’mol qilishni tavsiya etishadi.

  4. Qon bosimi oshib yuruvchi gipertonik xastaligi bor kishilar ham gilos iste’mol qilib, salomatliklarini yaxshilab olishlari mumkin.

 Pishiqchilikda gilosni muntazam istemol qilib yurish arteriya bosimini bir me’yorda bo‘lib turishiga yordam beradi. 

Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi

 25 may 2017 yil

 

 

 

Tabobat
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ota-onani hurmatlash odoblari

08.08.2026   2809   1 min.
Ota-onani hurmatlash odoblari

Ota-onaning roziligini olishga intilish fazilati barcha fazilatlarning negizi, borliqdagi har qanday haq-huquqlarning kelib chiqadigan asosidir.

Ota-onalar, bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan tarbiyachilar farzandlarga quyidagi odatlarni singdirishlari maqsadga muvofiq: 
 

Gunohga sabab bo‘lmasa, otaonaning buyurganlarini albatta bajarish; ota-onaga muloyim so‘zlash; uyga kirganlarida, hurmatlari uchun o‘rnidan turish; har tong salom berish, uyqudan oldin xayrli tun tilash; mol-mulklarini saqlash; so‘ragan narsalarini berish; ulardan maslahat so‘rash; ota-ona haqiga duo va istig‘for aytish; ular mehmon kutishsa, yonlarida muntazir bo‘lib turish; ularning aytishlarini kutmay, ularni xursand qiladigan ishlarni bajarish; ularning huzurlarida ovozni baland ko‘tarmaslik; gaplarini bo‘lmaslik; izn berishmagan joyga bormaslik; uxlayotganlarida bezovta qilmaslik; ahli ayoli, farzandlarini ulardan ustun qo‘ymaslik; ota-ona xatoga yo‘l qo‘ysalar, bilmaslikka olish, darhol kechirib, unutish; kulgili gap bo‘lsa ham, ularning huzurlarida o‘zini tutish; ular yaxshi ko‘radigan taomni ilinish; ulardan oldin taomga qo‘l cho‘zmaslik; ularning oldilarida cho‘zilib yotmaslik, oyoq uzatmaslik; uyga ulardan oldin kirmaslik, oldilariga tushib yurmaslik; chaqirganlarida tezlik bilan javob berish; ularning hayotliklarida ham, vafot etganlaridan keyin ham do‘stlarini hurmat qilish; ota-onasining hurmatini qilmaydiganlar bilan do‘stlashmaslik; ularning haqlariga duo qilish; vafotlaridan keyin Allohning quyidagi kalomini ko‘p aytish: «Ey, Rabbim! Meni ular go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!» (Isro surasi, 24-oyat).

Ibrohimjon INOMOV tayyorladi.

“Islom nuri” gazetasining 2026 yil 10-sonidan

http://hidoyatuz.taplink.ws

Maqolalar