Bo‘lim mudiri: Abdumannon Usmonov

|
Qabul vaqtlari |
Dushanbadan Jumagacha |
|
Telefon raqami |
+99871 150-64-15 |
|
Elektron pochta |
umi_xodimlarbulimi@mail.ru |
Bo‘lim faoliyati:
Xodimlar bo‘limi idora raisi va yo‘nalish bo‘yicha rais o‘rinbosariga asosiy yordamchi sifatida kadrlar ishi hamda siyosatini yuritishga xizmat qiladi;
Idorada mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
Har yil boshida xodimlarning yangi shtat jadvalini tuzilishini ta’minlaydi;
Idoraning xodimlar tarkibini shtat jadvaliga muvofiq malakali xodimlar bilan to‘ldirish yuzasidan idora rahbariyatiga takliflar beradi;
Xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va baho berish bilan shug‘ullanishni ta’minlaydi;
Idora tizimidagi shaxsiy tarkibga oid buyruqlar loyihasini tayyorlash, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish va tasdiqdan o‘tgach ijro uchun tegishli bo‘limlarga tarqatilishini nazorat qiladi;
Idora va uning tizimidagi masjidlar, bilim yurtlari, “Movarounnahr” nashriyoti hamda xududiy vakillik xodimlarining mehnat shartnomalari va ularga daxldor yig‘majildlarning to‘liq va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi;
Xodimlarning yillik mehnat ta’tiliga chiqish grafigi ishlab chiqilishi, muddati kelganda buyruqlar chiqarilishi va ularning ijrosini ta’minlaydi;
Xodimlarning xizmat safarlariga oid buyruqlar loyihasini tayyorlashni va tasdiqdan o‘tgach tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Idora “Jamoa shartnomasi”da belgilangan moddiy yordam va rag‘batlantirishlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Buyruqlarning sanasi, raqami va mazmunining elektron nusxasini kompyuter xotirasiga joylashtiradi;
Xodimlarning vaqtdan samarali foydalanmaslik, mehnat intizomini buzish sabablarini aniqlaydi va tegishli chora ko‘rish yuzasidan rahbariyatga bildirishnomalar taqdim etadi;
Xodimlarning mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
Ta’lim va kadrlar tayyorlash hamda Masjidlar bilan ishlash bo‘limlari bilan hamkorlikda diniy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish taqsimoti va ularni taqsimot bo‘yicha joylarda faoliyat olib borayotganligi haqidagi hisobotlarni o‘rganadi hamda tahlil qiladi;
Ta’lim va kadrlar tayyorlash hamda Masjidlar bilan ishlash bo‘limlari tomonidan ishga qabul qilish uchun taqdim etilgan nomzodlarning arizalari, hujjatlarini o‘rganadi va lozim bo‘lganda ular bilan suhbatlar o‘tkazadi;
Xodimlar bo‘limida saqlanayotgan mehnat daftarchalari, qo‘shimcha varaqalar, diplom nusxalari, xodimlar hisobi bo‘yicha shaxsiy varaqalarning qat’iy hisobini yuritish va xodimlar bo‘limining yumaloq muhri va xatlarni muhrlash uchun mo‘ljallangan burchak shtampini daxlsizligini ta’minlaydi;
Bayram, dam olish kunlari va boshqa favqulotda vaziyatlarda mas’ul xodimlarning navbatchiligini tashkil etadi;
Idora xodimlarini idoraning xizmat guvohnomalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi;
Idora xodimlarining mehnat muhofazasi talablariga to‘la rioya etishlari yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Idora xodimlarining oylik ish tabelini tuzadi;
Idoraning arxiv hujjatlari bilan ishlashini nazorat qiladi.
Tizimda ishlayotgan xodimlar haqida so‘ralgan joylarga ma’lumotnomalar taqdim etadi;
Bo‘limga tegishli shikoyat arizalari va turli mavzulardagi xatlarni o‘rganadi hamda javob berilishini ta’minlaydi;
Sobiq xodimlarning shaxsiy hujjatlari saqlanadigan yig‘ma jildlarni ro‘yxatga olish, tartibga keltirish, saqlash, ularni kerakli yangi hujjatlar bilan to‘ldirilishini ta’minlaydi;
Kadrlar zahirasini aniqlash va shakllantirish masalalarini hal qiladi;
Bo‘limning yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlanishini ta’minlaydi;
Mehnat qonunchiligiga asosan bo‘lim o‘z vakolatiga taalluqli boshqa vazifalarni bajaradi.
Idora ish rejasi asosida o‘zining ish rejasini ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlaydi.
Bo‘limda:
Qosimova Zarifa Mahkamovna Xodimlar bo‘limi bosh mutaxassisi;
Yuldashev Sherzod Karimbek o‘g‘li Xodimlar bo‘limi mutaxassisi;
Xatamov Jahongir Ungarovich Xodimlar bo‘limi mutaxassisi;




O‘zbekiston musulmonlari idorasida aholi bilan muloqot tizimini takomillashtirish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar bevosita hamda masofaviy tarzda ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov kirish so‘zi bilan ochib, fuqarolarning murojaatlariga yuksak hurmat bilan qarash va ularning dardiga oqilona yechim topish har bir rahbar hamda xodimning nafaqat vazifasi, balki oliy insoniy burchi ekanini alohida ta’kidladi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining mas’ul vakillari – Davlat tashkilotlari tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish sho‘basi bosh inspektori Saidakmal Xodjayev hamda sho‘ba yetakchi inspektori Rashid Kurganov ishtirok etib, tizimdagi holatni qonunchilik talablari asosida atroflicha tahlil qilib berdilar.
Soha mas’ul mutaxassislari tomonidan ayni yo‘nalishdagi Prezident Farmoni ijrosi doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik va tezkorlikni ta’minlash, jarayon shaffofligini oshirish hamda murojaatlarni nazoratdan olishning mexanizmlarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan mazkur tadbir tizim xodimlarining murojaatlar bilan ishlash madaniyati va huquqiy savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Amaliy tahlillarga boy bo‘lgan ushbu seminar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish hamda xalqimizning diniy-ma’rifiy sohaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yo‘lidagi muhim va tizimli qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati