frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim

15.05.2017   51484   2 min.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim

Bo‘limda  Maryam Abdullayeva hamda Munira Abubakirovalar faoliyat yuritishadi.

Qabul vaqtlari:   dushanba - juma kunlari   soat 9-00 dan – 17-00 gacha

Telefon raqami:  +99871 240-05-07     

Elektron pochta:    umi_nisa@mail.ru

Bo‘limning vazifalari:

Xotin-qizlarning diniy ma’rifiy salohiyatini oshirish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, ona va bola salomatligiga e’tibor qaratish yo‘lida Xotin-qizlar qo‘mitalari,  Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Idoraga murojaat qilib kelgan ayol-qizlarning diniy-ma’rifiy va oilaviy muammolarini hal qilish   yuzasidan tegishli maslahatlar beradi hamda vakolati doirasida   yordam ko‘rsatadi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh imom-xatiblarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari bilan   hamkorlikda quyidagi ishlarni olib boradi: 

Ayollar o‘rtasidagi ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish, milliy qadriyat va hanafiy mazhabi ta’limotiga zid bo‘lgan   g‘oyalarni targ‘ib qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rish;

 Shuningdek, folbinlik va bid’at-xurofotlarni oldini olish yuzasidan  tushuntirish ishlari olib borish;

O‘quv muassasalari, tashkilot va  mahalla yig‘inlarida ayollar va qizlar ma’rifatli, vatanparvar, oila va jamiyat manfaatiga xizmat qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga va ularni turli  buzg‘unchi oqimlar ta’siridan saqlash;

Ayollar orasida to‘y va ma’raka-marosimlarning  dabdaba va isrofgarchiliksiz  o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot olib borish;

Jamiyatda uchraydigan giyohvandlik, axloqsizlik va o‘z joniga qasd qilish kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida   joylardagi Xotin-qizlar qo‘mitalari va mahalla faollari bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borish;

Ayollar orasida oilaviy ajrimlar,  qaynona-kelin, er-xotin mojarolarining oldini olish yuzasidan  tushuntirish ishlari olib borish;

“Hidoyat” jurnali, “Islom nuri” gazetasi va “muslim.uz” saytida  turli mavzularda  maqolalar bilan ishtirok etish.

Idora faoliyati
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

35 bolaning sunnat to‘yi o‘tkazib berildi

14.08.2026   30653   1 min.
35 bolaning sunnat to‘yi o‘tkazib berildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Chirchiq shahrida kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga quvonch ulashishga qaratilgan saxovat tadbiri o‘tkazildi.

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov tadbirda ishtirok etib, bolajonlarga samimiy tilaklar bildirdi.

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali ko‘magida 35 nafar bolaning har biriga velosiped va turli  sovg‘alar berildi. Shuningdek, tadbirda saxovatpesha homiylar tomonidan bayramona dasturxon yozilib, bolajonlar uchun ko‘ngilochar va bayramona dastur tashkil etildi.

Bunday xayrli tashabbuslar yurtimizda inson qadri, oila va bolalar manfaatlariga yuksak e’tibor qaratilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Saxovat tadbiri bolajonlarga unutilmas quvonch bag‘ishlab, ularning qalbida Vatanga muhabbat va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari