Istanbulda “XII Lolalar festivali” bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, mamlakat poytaxtida 160 xil ko‘rinishdagi 26 million dona gullar ekildi. “Sulton Ahmad” masjidi va “Ayya Sofiya” muzeyi oldidagi 1453 kv. metr hududga 564 ming dona gul yordamida katta gulli gilam yasaldi.
Tashkilotchilarning aytishicha, bu tadbirga millionlab sayyohlar tashrif buyuradilar. Lolalar – bu Turkiyaning an’anaviy ramzidir. Bu hududlarga birinchi marotaba lola Vizantiya imperiyasi davrida kelgan. Bugungi kunda lolaning asl makoni deb yuritiladigan Gollandiyaga lolalar aynan Vizantiyadan olib kelingan. Lolalar sharafiga uyushtiriladigan tadbir Turkiyada 2005 yildan boshlab an’anaga kirgan.
Mohira Zufarova tayyorladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakilligida imom-xatiblar ishtirokida tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Farohiddin Rahimov hamda viloyat bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov rahbarligida o‘tgan tadbirda 2026 yilning birinchi yarim yilligidagi diniy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar atroflicha tahlil etildi.
Yig‘ilishda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, diniy sohadagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, yoshlar o‘rtasida ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kelgusi olti oylik ustuvor vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati