Bugun, 10 aprel' kuni jomelarimizda “Zumar” surasi 32-oyatidan “Fussilat” surasi 46-oyatigacha o'qiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi Habibulloh domla Jo'raboyev
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot alayhissalom bemorlikdan qiynalayotgan ekanlar.
"Yo Allohning Rasuli, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!" dedim.
"Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganicha qiynalaman", dedilar.
"Sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchun shundaymi?" dedim.
U zot alayhissalom: "Ha shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, Alloh uning sababidan o‘sha bandaning yomonliklarini xuddi daraxt o‘z barglarini to‘kkanidek to‘kadi", dedilar".