Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Fayz va barakaga erishishni xohlaysizmi?

04.04.2017   29349   3 min.
Fayz va barakaga erishishni xohlaysizmi?

Menimcha yuqoridagi savolni o‘qigan har qanday shaxs, unga javoban: “Albatta, men fayz va barakaga erishishni xohlayman” deya javob bergan bo‘lsa, ajab emas. Chunki, insonlar bu dunyo besh kunlik bo‘lsada, unda yaxshi hayot kechirishni hohlaydilar. Albatta, bunday yaxshi hayot kechirishga Alloh taoloning O‘zi kalomida va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarida tavsiyalar berganlar.

Ana shu tavsiyalardan biri “Mulk” surasi haqida bo‘lib, bu suraning fazilatlari haqida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bir qancha hadislar rivoyat qilingan.

Hazrati Imom Termiziy rahmatullohi alayhi bobomiz rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “U (Mulk surasi) saqlovchi va najot beruvchidir. Qabr azobidan najot beradi”, deganlar.

Mulk surasi xalqimiz orasida “Taborak” nomi bilan ham ma’lum-mashxurdir. Shuningdek u “Saqlovchi” va “Najot beruvchi” deb ham yuritiladi, chunki u bandalarni Do‘zax azobidan saqlaydi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bir hadislarida: “Albatta, Allohning kitobida (Qur’onda) bir sura boruning oyatlari o‘ttizta bo‘lib, o‘z o‘quvchisini qiyomat kuni shafoat qiladi. Uni Do‘zaxdan chiqarib, Jannatga  kiritadi. UTaborak (Mulk) surasidir” deganlar.

Boshqa bir hadisda Rasulalloh sollallohu alayhi va sallam: “Mulk surasi har bir mo‘min qalbida bo‘lishini hohlardim”, deganlar.

Rasulalloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib aytganlarki: “Har kimMulksurasini o‘qisa, Qadr kechasiga yetishganning savobini topadi. Bu sura o‘z o‘quvchisini shafoat qiladi va uning gunohlari avf etiladi. Har kim bu surani o‘qisa, Alloh ta’loning hamma kitoblarini o‘qiganlik savobiga erishadi. Agar sidq bilan uning oyatlarini o‘qisa qabr azobini ko‘rmaydi. Agar qabr boshida o‘qilsa, o‘sha qabodagi mayitning azobi yengil bo‘ladi va qabri Jannat bo‘stoni aylanadi”.

Rivoyat qilinadi, kimki og‘ir bir musibatga uchrasa, Alloh taolodan so‘rab, to‘g‘ri sof iymon-e’tiqod va ixlos bilan ma’nolarini tadabbur va tafakkur qilib, “Mulk” surasini kirq bir marta o‘qisa, inshaa Alloh, U zot yengillik beradi.

 Va yana biror bir manzil-makonda yuqorida aytib o‘tilgan shartlarga amal qilgan holda ushbu sura o‘qilsa, u yerda, inshaa Alloh, fayz va baraka ziyoda bo‘ladi.

Agar kimki ko‘z og‘rig‘iga uchragan bo‘lsa, uch kun davomida har kuni uch marta “Mulk” surasini, bunda ham yuqorida aytib o‘tilgan shartlarga amal qilgan holda  o‘qisa, insha Alloh, shifo topadi.

Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi

Tojiddinov Abdus Somad Abdul Bosit

Qur'oni karim
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

17.08.2026   14488   1 min.
Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.

Ochilish marosimida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov so‘zga chiqib, mazkur ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida so‘zlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad diniy soha xodimlarining Qur’oni karim bo‘yicha bilim va mahoratini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.

Bellashuvda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar imom-xatib va imom-noib ishtirok etib, Qur’oni karimni o‘qish va yoddan bilish borasidagi bilim va mahoratini namoyish etishdi.

Birinchi o‘ringa Peshku tumani “Chiqirchi” jome masjidi imom-noibi Afzal Shavkatov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro shahridagi “Volidi Abdulazizxon” jome masjidi imom-noibi Abduvohid Akramovga, uchinchi o‘rin Jondor tumani “Raboto‘g‘lon” jome masjidi imom-xatibi Shuhrat Sherovga nasib etdi.

G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi
Yangiliklar