O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi futbol jamoalari o‘rtasida “Navro‘z” bayrami munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan futbol musobaqasi o‘ziga xos yangilikka aylandi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning "Mustaqillik" jamoasi musobaqada mehmon bo‘lib qatnashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Musobaqaning kecha bo‘lib o‘tgan final bosqichi quyidagi natija bilan yakunlandi:
1-o‘rinni “Do‘stlik” jamoasi qo‘lga kiritdi;
2-o‘rin “Movarounnahr” jamoasiga;
3-o‘rin esa "Hazrati Imom" jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa so‘nggida quyidagi o‘yinchi va tomoshabinlar taqdirlandi:
Eng yaxshi darvozabon – Umid Sodiqov (TVI)
Eng yaxshi himoyachi – Shavkat Apisov (TVI)
Eng yaxshi yarim himoyachi – Akbar Shaymov (Nashriyot)
Eng yaxshi hujumchi – Shuhrat Hojiboyev (TVI)
Eng yaxshi murabbiy – Xayrullo Turmatov (TVI)
Eng yoshi ulug‘ o‘yinchi – Anvar Risboyev (TVI)
Eng ko‘p to‘purar – Muhammadzohid Mubashirov ("Ko‘kaldosh")
Eng intizomli jamoa – "Ko‘kaldosh"
Eng jonkuyar muxlis – Omonulloh
Eng jonkuyar muxlis – Sobir
Eng jonkuyar muxlis – Jaloliddin Hamroqulov
Musobaqaga mezbonlik qilgan "Movarounnahr" nashriyoti barcha jamoalarni faxriy yorliqlar bilan taqdirladi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz: “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan musobaqada Toshkent viloyati vakilligi mezbonlik qiladi.
O‘MI axborot xizmati
Bugun, 2 sentyabr kuni Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida Prezident Abdulfattoh as-Sisi homiyligida hamda Butunjahon fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati tashabbusi bilan nufuzli xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi.
"Global o‘zgarishlar sharoitida oilaviy masalalar: oilani himoya qilish, uning kelajagi va milliy-diniy o‘zlikni asrashda fatvo yondashuvlari" mavzusidagi mazkur ilmiy anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirok etmoqda.
Ikki kun davom etadigan xalqaro yig‘inda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi muftiylar, taniqli ulamolar, xalqaro islomiy tashkilotlar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari hamda soha mutaxassislari qatnashmoqda.
Anjuman kun tartibidan zamonamizning quyidagi eng dolzarb masalalari o‘rin olgan:
– Globallashuv, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt davrida oila instituti duch kelayotgan muammolarning ilmiy tahlili;
– Zamonaviy oilaviy inqirozlarni puxta tadqiq etish va ularga shar’iy hamda amaliy yechimlar topish;
– Virtual muhitning oilaviy munosabatlarga ta’sirini o‘rganish hamda ularni mustahkamlash yo‘llari;
– Milliy-diniy o‘zlikni saqlash va zararli media kontentlarga qarshi kurashda jamoaviy fatvolar ishlab chiqish.
Xalqaro anjuman tafsiloti bilan saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati