Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:42
Peshin
12:23
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:18
Bismillah
15 Dekabr, 2025, ,

Qosim ibn Muhammad ibn Abdulloh

28.03.2017   8350   2 min.
Qosim ibn Muhammad ibn Abdulloh

U zot Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning farzandlari bo‘lib, 603 yili 1 Yanvarda Makkada tug‘ilganlar. Onalari Xadija binti Xuvaylid roziyallohu anho bo‘ladilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin dunyoga kelgan, U zotning avvalgi farzandlari hisoblanadilar. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam “Abu Qosim” nomi ila kunyalangan (chaqirilgan) lar.

 U zot hali sutdan chiqmay turib, bu foniy dunyodan abadiylik hayotiga safar qiladilar. Rivoyatlarga ko‘ra U zotning vafot etgan yoshlari borasida quyidagi so‘zlar aytilgan:

  1. U zot endi yura boshlaganida, 1 yoshdan o‘tib vafot etgan.
  2. Ikki yoshlarida vafot etgan.
  3. 17 oyliklarida vafot etgan.
  4. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin vafot etgan.
  5. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam payg‘ambar bo‘lganlaridan so‘ng vafot etgan.

“Musnadul Firyobiy” da rivoyat qilinishicha: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘g‘illari Qosim vafot etgan vaqtda Xadija binti Xuvaylid roziyallohu anhoning huzurlariga kirdilar. Qarasalar U zot roziyallohu anho yig‘layotgan ekanlar. Ana shunda Xadija binti Xuvaylid roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: “Ey Allohning rasuli! Qosim hali sutdan chiqmagan edi. Agar hech bo‘lmaganda sutdan chiqqanida edi, albatta bu musibat menga, bunga nisbatan yengil bo‘lar edi” dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam U zotga: “Albatta siz uni jannatda ham emizasiz. Agar hohlasangiz Alloh taolo sizga jannatdagi uni ovozini eshittirishi mumkin” dedilar. Xadija binti Xuvaylid roziyallohu anho: “Yo‘q! Shart emas. Men Alloh va Uning Rasuliga ishonaman” dedilar.

Yuqoridagi rivoyatdan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning farzandlari, U zot payg‘ambar bo‘lganlaridan so‘ng vafot etgani ma’lum bo‘ladi.

Toshkent islom instituti 4 kurs talabasi

Abdus Somad Abdul Bosit

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Videolar

Internet ustozmi?

15.12.2025   828   1 min.

Abduqahhor domla Yunusov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi

VIDEO