Qadim zamonda ikki do‘st ov qilish uchun o‘rmonga boribdi. Tasodifan ularga ayiq ro‘para bo‘libdi. Do‘stlardan biri miltig‘ini tashlab, yaqin atrofdagi daraxtlardan birining ustiga chiqib olibdi. Ikkinchisi o‘zini o‘likka solib, yerga nafas olmay yotib olibdi. Ayiq yerda yotgan odamni hidlab ko‘rib, nari ketibdi. Chunki ayiqlar o‘laksa yemaydilar. Ayiq ko‘zdan g‘oyib bo‘lgach, daraxtdagi ovchi yerga tushib, do‘stining oldiga kelib hazillashibdi: "Og‘ayni, ayiq qulog‘ingga bir nima dedimi?" Do‘sti unga: "Ha, u do‘st tanlashda adashibsan, dedi", deb javob beribdi.
Bilingki, yaxshi kuningizda do‘stlaringiz ko‘p bo‘ladi. Lekin haqiqiy do‘stlar safarda va tijoratda sinaladi.
Akbarshoh Rasulov
O‘n yillik iztirob... O‘n yillik kurash... O‘n yillik umid... Firdavs Ergashev tug‘ilganidan buyon 6 ta murakkab operatsiyani o‘tkazdi. O‘n yil davomida qorniga o‘rnatilgan maxsus naycha orqali ovqatlantirildi. Hayoti ko‘p bor xavf ostida qoldi. Farzandi bilan barobar onaizor ham dard chekib yashadi...
Nihoyat Prezidentimiz e’tibori, Bolalar milliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari sa’y-harakati bilan Firdavs yana hayotga qaytdi.
Shundan so‘ng bolakayning onasi Sabohat Ergasheva qalbidagi quvonchi, minnatdorlik so‘zlari va shukronalik tuyg‘ularini davlatimiz rahbariga yozgan maktubida birma-bir ifodalashaga qaror qildi.
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan "Hayotga qaytdim: Prezidentga maktub" maxsus videoloyihasi ayni shu qahramonlarning hayotiy hikoyasiga bag‘ishlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati