Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Noyabr, 2026   |   5 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:49
Quyosh
07:11
Peshin
12:13
Asr
15:23
Shom
17:07
Xufton
18:23
Bismillah
15 Noyabr, 2026, 5 Jumadul soni, 1448

Do‘st tanlash

27.03.2017   13237   1 min.
Do‘st tanlash

Qadim zamonda ikki do‘st ov qilish uchun o‘rmonga boribdi. Tasodifan ularga ayiq ro‘para bo‘libdi. Do‘stlardan biri miltig‘ini tashlab, yaqin atrofdagi daraxtlardan birining ustiga chiqib olibdi. Ikkinchisi o‘zini o‘likka solib, yerga nafas olmay yotib olibdi. Ayiq yerda yotgan odamni hidlab ko‘rib, nari ketibdi. Chunki ayiqlar o‘laksa yemaydilar. Ayiq ko‘zdan g‘oyib bo‘lgach, daraxtdagi ovchi yerga tushib, do‘stining oldiga kelib hazillashibdi: "Og‘ayni, ayiq qulog‘ingga bir nima dedimi?" Do‘sti unga: "Ha, u do‘st tanlashda adashibsan, dedi", deb javob beribdi.

Bilingki, yaxshi kuningizda do‘stlaringiz ko‘p bo‘ladi. Lekin haqiqiy do‘stlar safarda va tijoratda sinaladi. 

 

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Madinaga tashrif buyurayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi

09.11.2026   54304   1 min.
Madinaga tashrif buyurayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi

O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Madina mintaqasi amiri shahzoda Salmon bin Sulton Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi strategik munosabatlarni yanada mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va turistik sohalarda hududlararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Saudiya tomoni ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, Madina shahridagi qurilish loyihalarida ishtirok etayotgan, shuningdek, sanoat va jamoat ovqatlanish sohalarida o‘z biznes loyihalarini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik tadbirkorlarning faoliyatiga yuqori baho berdi.

Ziyorat turizmini rivojlantirish, Madinaga tashrif buyurayotgan, jumladan, umra va ziyorat amallarini bajarayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shahzoda Salmon bin Sulton hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi hamda O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi. Uchrashuv so‘nggida u tegishli taklifga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyorligini ham ma’lum qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari