Qadim zamonda ikki do‘st ov qilish uchun o‘rmonga boribdi. Tasodifan ularga ayiq ro‘para bo‘libdi. Do‘stlardan biri miltig‘ini tashlab, yaqin atrofdagi daraxtlardan birining ustiga chiqib olibdi. Ikkinchisi o‘zini o‘likka solib, yerga nafas olmay yotib olibdi. Ayiq yerda yotgan odamni hidlab ko‘rib, nari ketibdi. Chunki ayiqlar o‘laksa yemaydilar. Ayiq ko‘zdan g‘oyib bo‘lgach, daraxtdagi ovchi yerga tushib, do‘stining oldiga kelib hazillashibdi: "Og‘ayni, ayiq qulog‘ingga bir nima dedimi?" Do‘sti unga: "Ha, u do‘st tanlashda adashibsan, dedi", deb javob beribdi.
Bilingki, yaxshi kuningizda do‘stlaringiz ko‘p bo‘ladi. Lekin haqiqiy do‘stlar safarda va tijoratda sinaladi.
Akbarshoh Rasulov
Da’vo: “Yurtimizdagi tajvid ilmini o‘rgatadigan ustozlar “Ummatni toqatini kemiruvchi kanalar. Yoshlarni vaqtini tajvid ilmini o‘rgatish bilan emas balki jihodga sarflash kerak. Qur’onni tajvidsiz o‘qisa ham bo‘ladi”.
Raddiya: Ma’lumki shariat ko‘rsatmalarining asosi Allohning kalomi Qur’oni karimdir. Qur’onni o‘qishlikda oldin albatta tajvid qoydalarini o‘rganish juda muhim hisoblanadi. Bordiyu tajvidsiz Qur’on o‘qishlik uning ma’nolari o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi. Tabiiyki Qur’onni ma’nolarini o‘zgatirib o‘qish katta gunohdir.
Shunday ekan tajvid ilmi Qur’on o‘qishni o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Bu haqda Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
﴿وَرَتِّلِ ٱلْقُرْءَانَ تَرْتِيلًا﴾
“Qur’onni tartil bilan tilovat qil” (Muzzammil surasi, 4-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Qur’onni mohirona o‘quvchi farishtalar bilan birga bo‘ladi” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Ushbu hadisning sharhida Hanafiy ulamolarimiz “mohirlik” jumlasiga tajvid qoidalariga amal qilib o‘qish deb ma’no berganlar.
O‘tkirbek Sobirov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshlig‘i,
Toshkent islom instituti o‘qituvchisi