Hofiz Bag‘aviyning to‘liq ismi: Abu Muhammad Al–Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad Al–Farro Al–Bag‘aviydir. “Muhyis sunnah”, “Imom” va “Shayxul Islom” degan nomlar ila e’tirof etilgan.
“Farro” so‘zi mo‘yna bilan shug‘ullanuvchilarga nisbatan ishlatiladi. Masalan: mo‘ynafurush va mo‘ynado‘z deyiladi.
“Bag‘aviy” so‘zi esa, Marv va Hirot oralig‘ida joylashgan Xurasonning (Bag‘) “Bag‘shur” shahriga nisbatan ishlatiladi.
Yoqut Hamaviyning “Mu’jamul buldon” da aytishiga qaraganda: Husayn ibn Mas’ud hijriy 433 yili tug‘ilgan.
Zarkaliyning so‘ziga qaraganda: hijriy 436 yili tug‘ilgan.
Husayn ibn Mas’ud Ahli sunna val jamoa e’tiqodida, Shofiiy mazhabida bo‘lgan.
Ilm talabida Hurasonning turli hududlariga safar qilgan. Shofiiy mazhabining faqihlaridan bo‘lib, ulug‘ muhaddis va musavvirlar qatoridan joy olgan, dinning ustuni, sunnatning tiriltiruvchisi unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Husayn ibn Mas’ud Bag‘aviy nihoyatda taqvodor, sabrli bo‘lgan. Rivoyat qilinishiga qaraganda biror darsni betahorat aytmagan. Asosan uning taomi non bo‘lib, undan boshqa taom emas, keyinchalik keksaygan vaqtida nonga yog‘ surib taomlangan zohid inson edi.
Shofiiy ulamolaridan At–Toj As–subkiy Husayn ibn Mas’ud Bog‘aviyni shunday ta’riflaydi : “Al–Bog‘aviy ulug‘ imom, taqvodor, faqih, ilm bilan amalni jamlagan obid, mufassir va muxaddis olimdir.
Husayn ibn Mas’ud Bag‘aviyning tafsiri haqida “Kashfo‘z-Zunun” muallifi shunday deydi: “Besh yuz un oltinchi yilda vafot etgan Imom Husayn ibn Mas’ud Bag‘aviyning “Ma’olimut Tanzul tafsiri” O‘rtacha tafsirlardan bo‘lib, ulug‘ sahobalar, tobeiynlar va keyingi ulamolardan naql qilingan. Uni 805-yilda vafot etgan Ash-Shayx Tojuddin Abu Nasr Abdulvahob ibn Muhammad al–Husayn muxtasar qilgan”.
Mufassirlardan Al–Xozin o‘zning tafsiri muqaddimasida shunday yozadi: “Husayn ibn Mas’ud Bog‘aviyning tafsiri shu ilm sohasidagi shubhadan holi, rost so‘zlarni jamlagan, shariat ahkomlari bayon etilgan, ajoyib xabarlari va kissalari bilan o‘ralgan bebaho kitoblaridandir”.
Ustozlari:
Shogirdlari:
Asarlari:
Husayn ibn Mas’ud 80 yoshdan o‘tib 516 yili vafot etadi.
Manbalar asosida
Abdussomad Abdulbosit tayyorladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov boshchiligida navbatdagi sayyor uchrashuv Buxoro tumanida bo‘lib o‘tdi.
Unda masjid imom-xatiblari, otinoyilar, mahalla domlalari, raislar va jamoat faollari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda diniy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish, aholi bilan samarali muloqot, yoshlarni sof e’tiqod va ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, imom-xatiblar va otinoyilar malakasini oshirishga e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida “Sayyor qabul”ni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ishchi guruh tuzilib, vazifalar belgilab olindi.
https://www.naqshband.uz/yangiliklar/buxoro_tuman_150426
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati