Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Oktabr, 2026   |   2 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:14
Quyosh
06:32
Peshin
12:09
Asr
16:02
Shom
17:50
Xufton
19:04
Bismillah
13 Oktabr, 2026, 2 Jumadul avval, 1448

17.01.2024   172   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy idorada Polsha muftiysi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12.10.2026   10278   1 min.
Diniy idorada Polsha muftiysi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 12 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov Polsha musulmonlari uyushmasi raisi, muftiy Tomash Mishkevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov ham ishtirok etdi.


Muloqot avvalida Homidjon Ishmatbekov mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakati tufayli O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalar yangi bosqichda rivojlanayotganini ta’kidladi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohadagi aloqalarni mustahkamlash, ulamolar o‘rtasida tajriba almashish, ziyorat turizmi hamda «Halol» standartlari yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekani bayon etildi.

Uchrashuvda mehmonlarga yurtimizdagi diniy-ma’rifiy hayot, O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati, masjid-madrasalar, Fatvo markazi va diniy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, muftiy Tomash Mishkevich samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Polsha musulmonlari uyushmasi faoliyati, nashr ishlari hamda mamlakatdagi turli millat va din vakillari o‘rtasidagi bag‘rikenglik muhiti haqida so‘zlab berdi. Muftiy o‘zbekistonlik imom-xatiblarning Polshaga safarlari yuqori samara berganini e’tirof etdi. Bunday ma’rifiy muloqotlarni davom ettirish, tajribali ulamolarning o‘zaro tashriflarini uyushtirish va «Halol» sertifikatlash tizimi bo‘yicha hamkorlikni jonlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Safar dasturi doirasida mehmonlar poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda «Hazrati Imom» majmuasida bo‘lib, bunyodkorlik ishlari va noyob qo‘lyozma fondlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Diniy idorada Polsha muftiysi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Diniy idorada Polsha muftiysi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Diniy idorada Polsha muftiysi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari