Bugun, 8 aprel' kuni jomelarimizda “Ahzob” surasi 31-oyatidan “Yosin” surasi 27-oyatigacha o'qiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi ulamosi, Toshkent islom instituti katta ustozi
MUHAMMAD AYYuB DOMLA HOMIDOV
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot alayhissalom bemorlikdan qiynalayotgan ekanlar.
"Yo Allohning Rasuli, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!" dedim.
"Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganicha qiynalaman", dedilar.
"Sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchun shundaymi?" dedim.
U zot alayhissalom: "Ha shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, Alloh uning sababidan o‘sha bandaning yomonliklarini xuddi daraxt o‘z barglarini to‘kkanidek to‘kadi", dedilar".