Oila jamiyatimizda yuksak maqomga ega. Oila salohiyatli bo‘lsa, islomiyatning mustahkamligi shudir. Buni kattayu kichik birdek anglamog‘i joizdir.
Qo‘lingizdagi mo‘jaz to‘plamda muallif oila mustahkamligi, turmush farovonligiga xizmat qiluvchi qator ma’naviy omillar xususida fikr yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Yangi o‘quv yili arafasida viloyatdagi imom-xatib va imom noiblari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlariga o‘quv qurollari olib berilmoqda.
Bu ezgu tashabbus bolajonlarga quvonch ulashish bilan birga, ularning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishiga ko‘maklashmoqda.
Mehr-oqibat va saxovat — xalqimizga xos ezgu qadriyatlar!
O‘MI Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati