O‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama ma’nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida qulay imkoniyatlar eshigi ochib berilgan. Kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarimiz esa ushbu yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, ustozlari bergan bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlar lozim.
Joriy yilning 18 fevral kuni “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tadbirga talabalarning ota-onalari ham taklif etildi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad ota-onalarga talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim sohasidagi yutuqlar, talabalarning tartib-intizomi 2016–2017 o‘quv yili 1-semestr reyting natijalari va ustoz, ota-ona va talaba birgalikda ishlashini ta’minlashdan iborat.
Ushbu tadbirni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi, bilim yurti mudiri Sh. Bauatdinov kirish so‘zi bilan ochib, musqtaqillik yillarida diniy sohada erishilgan yutuqlar va yaratilgan imkoniyatlar haqidagi ma’ruzasi va bilim yurti mudir o‘rinbosarlarining ma’ruzalari tinglandi. So‘ngra bilim yurtida o‘zining odob-axloqi, tartib-intizomi, bilimi, zukkoligi, intiluvchanligi, ozodaligi kabi nominatsiyalar bo‘yicha talabalar va ularning ota-onalariga hamda 2016–2017 o‘quv yili birinchi semestr natijalariga muvofiq maxsus stipendiyantlarga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirdan so‘ng ota-onalar o‘z farzandlarining sinf xonalari bilan tanishib, guruh rahbarlari bilan alohida suhbat o‘tkazdilar va ota-onalar uchun bilim yurti bo‘ylab kichik sayohat tashkil etildi.














Salamat KUDAYBЕRGЕNOV,
“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy”
o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi
Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati