Insonlar bir-birlari bilan salomlashishlarining tarixi juda qadim zamonlarga yetib boradi, xususan uning “Salom” so‘zi bilan bo‘lgan ifodasi ko‘hnadir.
Alloh taolo salom so‘zini birinchi bo‘lib, bashariyat otasi Odam (a.s.) hayot tarzlariga kiritgan edi. Bu haqda Imom Buxoriy va Imom Muslim (rh.)lar Payg‘ambar (a.s.) rivoyat qilgan hadislarida, Rasululloh (sav) marhamat qilib aytdilar:
خلق اللهُ عَزَّ وَ جَلَّ آدَمَ عَلىَ صُورَتِهِ ، طُولُهُ سِتُّونَ ذِرَاعًا ، فَلَمَّا خَلَقَهُ قَالَ : إِذْهَبْ فَسَلِّمْ عَلىَ اُولَئِكَ ، نَفَرٍ مِنَ الْمَلاَئِكَةِ ذُرِّيَّتِكَ : فَقَالَ : اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ ، فَقَالُوا : اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ وَ رَحْمَةُ اللهِ ، فَزَادُوا : وَرَحْمَةُ الله فَكُلُّ مَنْ يَدْخُلِ الْجَنَّةَ عَلىَ صُورَةِ آدَمَ فَلَمْ يَزَلِ الْخَلْقُ يَنْقُصُ بَعْدُ حَتىَّ الْآنْ
ya’ni: “Rasululloh (sav): Alloh taolo Odam (a.s.)ni o‘z suratida (ya’ni, unga o‘zida bor bo‘lgan “tirik, biluvchi, eshituvchi, ko‘ruvchi, so‘zlashovchi” kabi sifatlarni ato etib yaratdi va bo‘ylarini oltmish ziro’ (gaz) qildi. Yaratib bo‘lgach, u kishiga “Anavi o‘tirgan bir nafar farishtalarning oldiga borginda, salom bergin, so‘ng ularning senga beradigan aligini yaxshilab eshitib olgin, chunki bu senga va sendan tarqaladigan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘ladi!” – dedi. Odam (a.s.) borib, “Assalomu alaykum (Sizlarga salom!)” – dedilar. Farishtalar: “Assalomu alayka va rahmatullohi! (Senga ham salom va Allohning rahmati bo‘lsin!” – deb alik aytishdi, so‘ng yana “Va rahmatullohi fakullu man yadxulul jannata ala surati Odam! (Jannatga Odam suratida kiradigan barcha insonlarga ham Allohning rahmati bo‘lsin!)” – deb qo‘shib qo‘yishdi. Shu vaqtdan boshlab hozirgacha insonlarning xilqati (tabiati, qiyofasi, bo‘y-basti) kamayib bormoqda”.
Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qilib aytadi:
فَإِذَا دَخَلْتُمْ بُيُوتًا فَسَلِّمُوا عَلَى أَنْفُسِكُمْ تَحِيَّةً مِنْ عِنْدِ اللَّهِ مُبَارَكَةً طَيِّبَةً كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآَيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
سورة نور/61
ya’ni: “... Bas, qachonki, uylarga kirsangiz, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak, pokiza salomni aytingiz (ya’ni “Assalomu alaykum” deng!) Sizlar aql yurgizishlaringiz uchun Alloh o‘z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur”.
Bu oyati karima Islom shariatida Salom so‘zi bilan salomlashish joriy bo‘lganiga dalolat qiladi.
Haq taolo Salom berish va salomga qaytariladigan alik chiroyli suratda bo‘lishi haqida marhamat qilib aytadi:
وَإِذَا حُيِّيتُمْ بِتَحِيَّةٍ فَحَيُّوا بِأَحْسَنَ مِنْهَا أَوْ رُدُّوهَا
سورة النساء/86
ya’ni: “Qachon sizlarga biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olingiz yoki o‘sha (ibora)ni qaytaringiz...”.
Alloh taboraka va taolo Payg‘ambarlar otasi Ibrohim (a.s.)ga farishtalar bergan salomdagi qaytargan aliklari haqida xabar berib aytadi:
هَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ ضَيْفِ إِبْرَاهِيمَ الْمُكْرَمِينَ إِذْ دَخَلُوا عَلَيْهِ فَقَالُوا سَلَامًا قَالَ سَلَامٌ
سورة الذاريات/24-25
ya’ni: “(Ey, Muhammad!) Sizga Ibrohimning aziz mehmonlari haqidagi xabar keldimi? O‘shanda ular (Ibrohim) huzuriga kirib: “Salom!” – deyishganda, u ham: “Salom!” – dedi...”.
Mazkur oyati karimalarda Alloh taolo insonlar hayoti doimo tinchlik va osoyishtalikda kechishi muhim ekanligi va ular bunga erishishda o‘zaro salomlashish naqadar katta ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlamoqda.
Salomlashish insonlar o‘rtasida o‘zaro totuvlik, do‘stlik, birdamlik va muhabbat rishtalarini mustahkamlashini har bir oqil inson yaxshi biladi. Shuning uchun ham Alloh taolo jannnat ahli o‘rtalaridagi va maloikalar bilan bo‘ladigan so‘rashishlari salom bilan boshlanishini ixtiyor qilgan. Qur’oni karimda voridkim:
تَحِيَّتُهُمْ يَوْمَ يَلْقَوْنَهُ سَلَامٌ وَأَعَدَّ لَهُمْ أَجْرًا كَرِيمًا
سورة الأحزاب/44
ya’ni: “Unga (Allohga) ro‘baro‘ bo‘ladigan kundagi ularga (Allohning) istiqbol so‘zi “salom”dir. Ular uchun (U) yoqimli mukofot (jannat)ni tayyorlab qo‘ygandir”.
Boshqa bir oyati karimda esa:
وَالْمَلَائِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِمْ مِنْ كُلِّ بَابٍ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ بِمَا صَبَرْتُمْ فَنِعْمَ عُقْبَى الدَّارِ
سورة الرّعد/23-24
ya’ni: “(U) abadiylik bog‘lari bo‘lib, (ular) u joylarga ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan iborat solih (banda)lar bilan birga kirurlar. So‘ngra ularning huzurlariga har (bir) eshikdan farishtalar kirib (derlar): (Alloh yo‘lida turli mashaqqatlarga) sabr qilib o‘tganlaringiz sababli (endi bu yerda) sizlarga tinchlik bo‘lgay. Dunyo oqibati (jannat) naqadar yaxshi!”.
Makarimul axloq sohibi bo‘lgan Payg‘ambarimiz (a.s.) ham ko‘plab hadisi shariflarida ummatlarini o‘zaro bir-birlariga salom berishga va salomni ochiq-ravshan aytishga targ‘ib va tashviq etganlar. Ul zot marhamat qilib aytdilar:
لاَ تَدْخُلُوا الْجَنَّةَ حَتىَّ تُؤْمِنُوا ، وَ لاَ تُؤْمِنُوا حَتَّى تَحَابُّوا ، أَوَلاَ اَدُلُّكُمْ عَلىَ شَيْءٍ إِذَا فَعَلْتُمُوهُ تَحَابَبْتُمْ ، اَفْشُوا السَّلاَمَ بَيْنَكُمْ
رواه ﻣﺴﻠﻢ
ya’ni: “Imonga kelmaguningizga qadar jannatga kira olmaysizlar va bir-birlaringizni do‘st tutmaguningizga qadar imonli bo‘la olmaysizlar. Sizlarni, agar bilsalaringiz, o‘zaro do‘st bo‘lishingizga bois bo‘ladigan narsaga dalolat qilaymi? O‘rtalaringizda salomni ravshan eshittiringlar va o‘rtalaringizda oshkora aytinglar!”
Salom berishdagi eng chiroyli va mukammal lafz bu – Assalomu alaykum, deb aytishlik va unga javoban Vaalaykumussalomu va rahmatullohi va barakotuhu deb ziyoda salom berish sunnatdir. Shuningdek, ot-ulovdagi kishi piyodaga, ozchilik ko‘pchilikka, yurib borayotgan kishi o‘tirgan yoki o‘rnida tik turganlarga, kichik kattaga salom berishga tavsiya qilinadi.
Ulamoi kiromlar salom berish sunnatga muvofiq savobli amallardan bo‘lib hisoblanadi va unga javob qilish farz bo‘ladi, salomga alik qaytarilmasa, tarki farz qilingan bo‘lib, gunohkor bo‘ladi, deb aytishadi.
Bir necha o‘rin va holatlarda salom berish va alik qaytarish joiz bo‘lmaydi:
Salom berish odoblardan yana biri, inson hech kim bo‘lmagan xona yoki uyga kirsa ham “Assalomu alaykum Ahlal bayti va rahmatulllohi va barokatuhu” deb salom berib kirishi maqsadga muvofiqdir. Bu haqda Janobi Rasullulloh (sav) Anas (rz.)ga aytgan hadislarida marhamat qilib aytganlar:
ياَ بُنِىَ إِذاَ دَخَلْتَ عَلىَ اَهْلِكَ فَسَلِّمْ تَكُنُ بَرَكَةً عَلَيْكَ وَ عَلىَ بَيْتِكَ
رواه الترمذى
ya’ni: “Ey o‘g‘ilcham! Ahli-ayoling huzuriga kiradigan bo‘lsang, salom bergil! Saloming sharofati bilan senga va oila a’zalaringa Alllohning barakoti nozil bo‘ladi”.
Alloh taolo barchalarimizga Islomning makorimul ahloq borasidagi benazr bebaho yo‘l-yuriqlariga, go‘zal odob-axloqlarga amal qilishimizda va aziz farzandlarimizni ham yuksak ma’naviyat sohibi etib tarbiyalashimizda ulkan muvaffaqiyatlar ato qilsin! Omin.
Fatvo bo‘limi mudiri
Abdulhamid Tursunov
Joriy yilning 17 aprel kuni Toshkent islom instituti talabasining “Mus'haf harflari jilosi” deb nomlangan shaxsiy xattotlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Diniy idora mas’ul xodimlari, institut rahbariyati va ustozlari, soha mutaxassislari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur ko‘rgazma islom madaniyati va ma’naviy merosimizning ajralmas qismi bo‘lgan xattotlik san’atini keng jamoatchilikka taqdim etish, uning nafosati va chuqur ma’no-mazmunini namoyon qilishga qaratilgan muhim ma’rifiy tadbir bo‘ldi.
Ko‘rgazma doirasida muallif iste’dodli yosh xattot Azizbek Hamdamovning alohida mahorat bilan bitilgan Qur’oni karim oyatlari, hadislar va hikmatli iboralardan iborat noyob asarlar to‘plami namoyish etildi.
Mazkur asarlarda xattotlikning klassik nasx, nasta’liq, suls, riq’a va boshqa uslublari yuqori did hamda zamonaviy badiiy yechimlar bilan mahoratli tarzda ifoda etilgan. Ayniqsa, nafis xat turlari orqali bitilgan muqaddas kalom – Qur’oni karim oyatlari aks etgan namunalar o‘zining estetik va ma’naviy mazmuni bilan ko‘rgazma ishtirokchilari qalbida chuqur iz qoldirdi.
Tadbir davomida xattotning ijodiy faoliyati taqdimoti bilan bir qatorda, ishtirokchilar bilan ochiq muloqotlar, qiziqarli savol-javoblar va xattotlik san’ati bo‘yicha mahoratli ustozlarning tavsiyalari berildi. Bu jarayon yosh ijodkorlar uchun o‘zaro ilhom va tajriba almashish maydoniga aylandi.
Toshkent islom instituti mezbonlik qilgan ushbu ko‘rgazma yurtimizda islom san’ati va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashga hamda xattotlik san’atining nozik qirralarini keng ommaga yetkazishga xizmat qilishi, shubhasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati