Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Iyul, 2026   |   26 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
05:00
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
11 Iyul, 2026, 26 Muharram, 1448

Asmo binti Yazid

16.02.2017   14878   3 min.
Asmo binti Yazid

Sahobiya ayollar

Asmo binti Yazid ansoriy ayollardan bo‘lib, kuchli iymon, sabr, shijoat, aql egasi edi. Unda hotirlash, ta’sirchan gapirish, chiroyli o‘qish qobilyati mujassam edi. U bizga Rasululloh (salollohu alayhi vasallam) haqlaridagi qissalarni o‘ziga hos usul bilan yetkazib berganlardan biridir.

Ibn Hojar bunday deydi: “Asmo binti Yazid ibn Sakkon ibn Rofe’ ibn Imriul Qays ansorlardan bo‘lib avs qabilasning ashhal urug‘idandir. “Ummu Omir” va “Ummu Salam” kunyalari bor.

Asmoning Quron karim oyatlarini, hadisi sharifni o‘rganinshga o‘ta mohir edi.

Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) sahobalar davrasida o‘tirganlarida Asmo binti Yazid huzurlariga keldi va: “Ota, onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohni elchisi! Ayollar nomidan keldim. Ular so‘zimni maqullashdi. Alloh taolo sizni erkak ayolga payg‘ambar qilgan. Biz ayollar homilador bo‘lamiz. Erkaklar jamoat namozlarida ishtirok etishadi, hamda Alloh yo‘lida safarga chiqish bilan darajalari yuksaladi. Qachon safarga ketishsa, biz ularni bolalarini va mollarni qo‘riqlaymiz. Ayting-chi, savobda ular bilan teng bo‘lamizmi?”  deb so‘radi. Shunda Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) sahobalarga “Dini haqida yahshi savol bergan ayollarning so‘zini eshitdingizmi? – dedilar. So‘ngra yana Asmoga yuzlanib: “Ey Asmo ortingdagi ayollarga bildir, ulardan qaysi biri eriga yaxshi xotin bo‘lsa, uning roziligini istab yaxshiliklariga ergashsa, barcha savobda eri bilan teng sherik bo‘ladi” deb marhamat qildilar.

Asmo binti Yazid (raziyallohu anho) bunday rivoyat qiladi: “Bir kuni tengdosh ayollar orasida turgan edim. Yonimizdan Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) o‘tib qoldilar. Bizlarga salom berib: “Kufroni ne’mat qilishdan saqlaninglar”, dedilar. So‘rashga juratlirog‘i men edim. “Ey Rasululloh, kufroni ne’mat nima?” deb so‘radim. U zot marhamat qildilar: “Sizlardan biringiz  ota-onasi bilan yashaydi. So‘ngra Alloh taolo unga er bersa, eridan farzand ato qilsa, u g‘azablanadi. Hatto unga: “Men sendan hech yaxshilik ko‘rmadim” deydi. Bu voqea ayollarga Payg‘ambarimiz tarbiyalarining bir ko‘rinishi edi.

Amr ibn Qatoda (raziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) eng birinchi bay’at bergan ayollar Ummu Said, Kabashata binti Rofe Ummu Omir (Asmo) binti Yazid ibn Sakkon va Havo binti Yazid ibn Sakkondir”.

Asmo birinchi bay’at qilganidan faxrlanib: “Men Rasulullohga bay’at qilgan ayollarning birinchisiman”, der edi.

Asmo binti Yazid ishlarni ishonch va diqqat bilan o‘rganar edi. Oisha                  (raziyallohu anho) maqtab: “Ansor ayollar qanday ham yaxshidir, dinni o‘rganishda hayolari ularni  (masala) so‘rashdan to‘sib qolmadi ”, deganlarida Asmo binti Yazid kabi ayollarni nazarda tutganlari shubhasiz.

Sahiylik ansorlarning oliy sifati edi. Asmo binti Yazid rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) uyimizga tashrif buyurganlarida: “Bu uylarda qanday yaxshilik bor, bu arsorlarning yaxshiligidir”, deb marhamat qildilar.

Asmo binti Yazid yana shunday fazilatlari bois Rasululllohning hurmatlarini qozondi. Hudaybiyadagi daraxt ostida Asmo Rizvon bay’atini bergan edi. Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam): “daraxt ostida bay’at berganlardan hech biri do‘zaxga kirmaydi”, deganlar.

Davomi bor...

Manbalar asosida

Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi

Tojiddinov Abdussomad Abdulbosit o‘g‘li tayyorladi

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Misr Vaqf ishlari vaziri: O‘zbekistonning sa’y-harakatlari butun islom olamida yuksak e’tirof etilmoqda

09.07.2026   6503   1 min.
Misr Vaqf ishlari vaziri: O‘zbekistonning sa’y-harakatlari butun islom olamida yuksak e’tirof etilmoqda

Professor Usoma Sayyid Mahmud Muhammad Azhariy,
Misr Arab Respublikasi Vaqf ishlari vaziri

— O‘zbekistonda buyuk allomalarning boy ilmiy merosini o‘rganish, muqaddas qadamjolarni obod etish hamda yosh avlodni ma’rifat ruhida tarbiyalashga qaratilgan sa’y-harakatlar butun islom olamida yuksak e’tirof etilmoqda.

Men vazir bo‘lsam-da, o‘zimni Imom Termiziyning shogirdi deb bilaman. Ertaga u zotning muborak maqbarasini ziyorat qilish baxtiga muyassar bo‘lishimdan behad mamnunman. Bu ziyorat oldidan qalbimda katta hayajon bor.

Shuningdek, Misr Arab Respublikasi Prezidentining samimiy salomlari va ezgu tilaklarini forum ishtirokchilariga yetkazish men uchun katta sharafdir.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islom sivilizatsiyasining boy ilmiy-ma’naviy merosini asrab-avaylash, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish hamda ilm-ma’rifatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari jahon hamjamiyati tomonidan yuksak baholanmoqda.

Bunday ezgu tashabbuslar islomning asl insonparvarlik mohiyatini keng namoyon etish, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
Axborot xizmati

MAQOLA