Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Oktabr, 2026   |   7 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:19
Quyosh
06:38
Peshin
12:08
Asr
15:55
Shom
17:42
Xufton
18:57
Bismillah
18 Oktabr, 2026, 7 Jumadul avval, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   16979   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi (foto+)

06.05.2026   18653   1 min.
Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi (foto+)

Bugun Farg‘ona xalqaro aeroportida muqaddas haj amallarini ado etish uchun taraddud ko‘rayotgan ziyoratchilarning dastlabki guruhini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona–Madina yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan yurtdoshlarimiz yuksak ko‘tarinkilik va mamnuniyat bilan safarga kuzatildi. 
 

Ziyoratchilar uchun safar oldidan barcha zarur shart-sharoitlar tizimli ravishda tashkil etildi. Xususan, fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi hamda tashkiliy masalalar to‘liq hal etildi. Shuningdek, muqaddas ziyorat davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar va ibodatlarni mukammal ado etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.


Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha mas’ullar ziyoratchilar bilan bevosita suhbatlashib, ularga oq yo‘l tiladilar. Safarning har bir bosqichi nazoratga olingan bo‘lib, ziyoratchilarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.


Ma’lumot o‘rnida, Farg‘ona viloyatidan ziyoratchilarni muqaddas zaminga kuzatish jarayonlari joriy yilning 10 may kuniga qadar davom etadi. Yurtimizdan borayotgan barcha ziyoratchilarning haj amallari maqbul bo‘lishini tilab qolamiz. 
 

Alhidoya.uz

Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi (foto+) Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi (foto+) Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi (foto+) Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi (foto+) Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi (foto+) Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari