Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Oktabr, 2026   |   7 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:19
Quyosh
06:38
Peshin
12:08
Asr
15:55
Shom
17:42
Xufton
18:57
Bismillah
18 Oktabr, 2026, 7 Jumadul avval, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   17004   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda xattotlik san’ati bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi

06.05.2026   13790   1 min.
Buxoroda xattotlik san’ati bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi

Shu yil 5 may kuni Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi va Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Xattotlik san’ati: an’ana va mahorat” mavzusidagi xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – xattotlik san’atining tarixiy va ma’naviy ahamiyatini keng targ‘ib etish, qo‘lyozma merosni o‘rganish, shuningdek, zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida ushbu yo‘nalishni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar-trening doirasida qator nufuzli mahalliy va xalqaro olimlar, xususan, pokistonlik professor Orif Navshohiy hamda “Muslim Institute” tashkiloti raisi Sulton Ahmad Ali ishtirok etib, islom sivilizatsiyasida xattotlikning o‘rni va noyob manbalarni tadqiq etish usullari haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, tadbirda mahalliy olim va mutaxassislardan Abdug‘affor Razzoqov, Komiljon Rahimov hamda xattotlar Davlat Safarov va Umidjon Muqimovlar san’atning tarixiy ildizlari va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashdi.

Yuqori ilmiy-amaliy ruhda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, xattotlik san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Buxoroda xattotlik san’ati bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi Buxoroda xattotlik san’ati bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi Buxoroda xattotlik san’ati bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi Buxoroda xattotlik san’ati bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi Buxoroda xattotlik san’ati bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari