Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Oktabr, 2026   |   7 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:19
Quyosh
06:38
Peshin
12:08
Asr
15:55
Shom
17:42
Xufton
18:57
Bismillah
18 Oktabr, 2026, 7 Jumadul avval, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   17052   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar

O‘zbekiston va Turkiya diniy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

01.05.2026   33239   1 min.
O‘zbekiston va Turkiya diniy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaga amaliy tashrif bilan bordi.

Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijiy diniy ta’lim muassasalari bilan tajriba almashish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Tashrif doirasida delegatsiya 1453 yilda tashkil etilgan nufuzli Istanbul universitetiga tashrif buyurdi.

Ushbu uchrashuv 2018 yilda ikki muassasa o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumining mantiqiy davomi bo‘ldi.

Muzokaralar davomida universitetning Ilohiyot fakulteti faoliyati, o‘quv rejalari va xalqaro ilmiy aloqalar bo‘yicha muhim tajriba almashildi.

Tomonlar ta’lim jarayonlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish masalalarini muhokama qilib, kelgusidagi istiqbolli rejalarni belgilab oldilar.

Uchrashuv yakunida an’anaviy esdalik sovg‘alari almashildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

 

O‘zbekiston va Turkiya diniy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda O‘zbekiston va Turkiya diniy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda O‘zbekiston va Turkiya diniy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda O‘zbekiston va Turkiya diniy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda O‘zbekiston va Turkiya diniy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda