Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Noyabr, 2026   |   30 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:44
Quyosh
07:05
Peshin
12:12
Asr
15:27
Shom
17:11
Xufton
18:27
Bismillah
10 Noyabr, 2026, 30 Jumadul avval, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   19993   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar

Surxondaryo‌ viloyati otinoyilari uchun seminar o‘tkazildi

19.02.2026   26954   1 min.
Surxondaryo‌ viloyati otinoyilari uchun seminar o‘tkazildi

#xabarlar

Joriy yilning 16 fevral kuni Surxondaryo viloyati otinoyilari uchun "Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni" mavzusida seminar o‘tkazildi. Uni Surxondaryo‌ viloyati bosh otinoyiisi X. Kosimova  ochib berdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i D.Egamova va mazkur bo‘lim yetakchi mutaxassisi M.Abubakirovalar ma’ruza qildilar.

 

Seminarda otinoyilarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati, otinoyining odob-axloq qoidalari, malaka talablari, ma’ruza qilish me’yorlari mavzularida suhbat bo‘ldi.

 

Shuningdek, ma’raka va marosimlarda bid’atlarga yo‘l qo‘ymaslik, isrof va dabdabadan tiyilish, dinimizning sof ta’limotlariga amal qilish haqida atroflicha tushunchalar berildi.

 

Yosh avlodni turli yot g‘oyalardan asrash, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda otinoyilarning ibratli so‘zi va amali muhim ekanligi qayd etildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilining Xotin kizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarning yo‌rdamchisi Hasanova Maftuna Xolmatjonovna 2025 yildagi fidokorona mehnati va  diniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda qo‘shgan hissasi uchun "ENG FIDOKOR XODIM" maqtov yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bosh otinoyining faoliyatidagi hujjatlar yuritilishi o‘rganildi va zarur tavsiyalar berildi.

Mumina.uz

Surxondaryo‌ viloyati otinoyilari uchun seminar o‘tkazildi Surxondaryo‌ viloyati otinoyilari uchun seminar o‘tkazildi Surxondaryo‌ viloyati otinoyilari uchun seminar o‘tkazildi Surxondaryo‌ viloyati otinoyilari uchun seminar o‘tkazildi