Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Noyabr, 2026   |   1 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:45
Quyosh
07:06
Peshin
12:12
Asr
15:26
Shom
17:10
Xufton
18:26
Bismillah
11 Noyabr, 2026, 1 Jumadul soni, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   20112   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar

Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni

13.02.2026   28915   2 min.
Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni

Yurtimiz azaldan islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik sharofati o‘laroq diniy va milliy qadriyatlarimiz to‘laligicha tiklandi, ulug‘ ajdodlarimizning xotiralariga munosib ehtirom ko‘rsatildi, ular qoldirgan diniy-ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosni o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Musulmon renessansi, ya’ni ilmiy-ma’rifiy uyg‘onish davriga asos solgan ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda ham ma’rifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy merosini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, ular yaratgan ilmiy yo‘nalishlar va maktablar an’analarini davom ettirish bugungi avlod oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.

Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik, adolat va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini zamonaviy jamiyat hayotiga tatbiq etish davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tashabbusi bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Moturididy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdul G‘affor Teraviy, delegatsiya rahbari, Tarjima markazi rahbari Shayxulhadis Azizulloh Shinvoriy, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov kirish so‘zi bilan ochib berishdi.

Konferensiyada O‘zbekiston bilan bir Afg‘onistonning nufuzli ilmiy va diniy-ma’rifiy muassasalaridan yetakchi olimlar, islomshunoslar, fiqh mutaxassislari va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Xususan, afg‘onistonlik olimlarning ishtiroki tarixan mushtarak ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, hanafiylik maktabining mintaqaviy taraqqiyotiga oid tajriba va ilmiy yondashuvlar almashinuvini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir davomida “Alloma Marg‘inoniy “al-Hidoya” asarining ba’zi tavsiflari”, “Imom Marg‘inoniy g‘oyalari va Yangi O‘zbekistonda islom ma’rifatini rivojlantirish siyosatining uyg‘unligi”, “Marg‘inoniy asarlarida adolat va insof tamoyillari: ijtimoiy barqarorlikning asosi”, “O‘zbekistonda Imom Marg‘inoniy ilmiy merosini o‘rganish va uning xalqaro darajada targ‘ib qilish tajribalari”, “Hidoya” asaridagi bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillarining radikallashuvga qarshi kurashdagi o‘rni”, ’Hidoya” asarining tarkibiy tuzilishi va yozilish uslubi” kabi mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi.

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ajdodlarimiz merosini chuqur anglash, mintaqaviy ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, islom ma’rifatini keng targ‘ib etish hamda xalqlar o‘rtasida madaniy-ma’naviy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni