Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Noyabr, 2026   |   2 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:07
Peshin
12:12
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:26
Bismillah
12 Noyabr, 2026, 2 Jumadul soni, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   20283   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar

Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi yakunlandi

05.02.2026   13688   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi yakunlandi

Xabar berganimizdek, 2–4 fevral kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’atining navbatdagi yig‘ilishida Turkiya, Ozorbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ulamolari ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli tadbir turkiy davlatlar o‘rtasidagi diniy-ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, islom fiqhiga oid dolzarb masalalarni zamon talablari asosida muhokama qilishga qaratildi.
Yig‘ilishda islom huquqi va jamiyat hayotiga daxldor masalalar keng qamrovda ko‘rib chiqildi. Muhokamalar jarayonida inson qadr-qimmati, yer va mulk munosabatlarida adolat tamoyillariga amal qilish, ibodat vaqtlarini belgilashda umumiy yondashuvni shakllantirish, qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy usullar qo‘llanilayotgan sharoitda diniy majburiyatlarni ado etish, shuningdek, yangi texnologiyalardan foydalanishda shar’iy me’yorlarni saqlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mehmonlar Samarqandning boy tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishdilar. Asrlar davomida Sharqning yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biri bo‘lib kelgan qadim shaharda islom madaniyati, ilm-fan va davlatchilik taraqqiyoti bilan bog‘liq qator tarixiy qadamjolarni ziyorat qilishdi.
Mazkur tadbir nafaqat fiqhiy masalalarni muhokama qilish, balki turkiy davlatlar o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlik, o‘zaro ishonch va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi yakunlandi Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi yakunlandi Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi yakunlandi Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi yakunlandi Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi yakunlandi Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi yakunlandi Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi yakunlandi Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi yakunlandi