Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Noyabr, 2026   |   2 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:07
Peshin
12:12
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:26
Bismillah
12 Noyabr, 2026, 2 Jumadul soni, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   20336   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqandda Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi boshlandi

03.02.2026   15697   1 min.
Samarqandda Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi boshlandi

#xabar #samarqand #fatvo 
 Shu yilning 2–4 fevral kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’atining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan kelgan fatvo hay’ati ulamolari va Turkiy davlatlar tashkiloti Kotibiyati vakillari ishtirok etadi.
 

 Mazkur yig‘ilishda fatvo ishlab chiqish va diniy masala so‘rashda sun’iy intellekt dasturlaridan foydalanish masalasi, qabristonlarga oid hukmlar, ijaraga olingan yerlarda yetishtirilgan mahsulotlar ushrini hisoblash va boshqa turmush hayotda yuzaga kelgan zamonaviy masalalar ko‘rib chiqiladi.


 Bugun, 2 fevral kuni boshlangan tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov ochib berdi. An’anaga muvofiq Qur’oni karim tilovatidan so‘ng muvaffaqiyat tilab xayrli duo qilindi.


 Mehmonlar Samarqandning islom sivilizatsiyasi va turkiy dunyo tarixida tutgan o‘rni, bu zamin asrlar davomida ulamolarni birlashtirib kelgan ma’naviy markaz ekani alohida e’tirof etib o‘tishdi.


Yig‘ilishda ba’zi fiqhiy masalalarni zamon va makon talablaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj borligi ta’kidlandi. Jumladan, yer munosabatlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ushr va zakot hisob-kitoblari, shuningdek, yangi texnologiyalar bilan bog‘liq masalalar, ayniqsa, fatvo olishda sun’iy intellektdan foydalanish masalasi turkiy davlatlar ulamolari tomonidan keng muhokama qilinmoqda.


 Ko‘rib chiqilib, qabul qilinadigan bunday qarorlar kelgusida ushbu Fatvo hay’ati faoliyatini tizimli ravishda davom ettirish, fiqhiy masalalarda yaqin hamkorlikni mustahkamlashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Samarqandda Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi boshlandi Samarqandda Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi boshlandi Samarqandda Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi boshlandi Samarqandda Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi boshlandi Samarqandda Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi boshlandi Samarqandda Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yig‘ilishi boshlandi
O'zbekiston yangiliklari