Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Noyabr, 2026   |   29 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:43
Quyosh
07:04
Peshin
12:12
Asr
15:28
Shom
17:12
Xufton
18:28
Bismillah
09 Noyabr, 2026, 29 Jumadul avval, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   19738   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qur’oni karim zalidagi taassurot tarixiy tuhfaga aylandi

03.11.2026   50148   2 min.
Qur’oni karim zalidagi taassurot tarixiy tuhfaga aylandi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan xorvatiyalik mehmon Nevena Engler Qur’oni karim zalida namoyish etilayotgan noyob mus'haflardan katta taassurot oldi. Bu taassurot uni Markaz muzey to‘plamini tarixiy nashr bilan boyitishga undadi, xabar bermoqda iccu.uz.
Kasbi bo‘yicha pulmonolog shifokor bo‘lgan Nevena Engler Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishar ekan, islom sivilizatsiyasining boy ilmiy-ma’naviy merosiga, ayniqsa, Qur’oni karim zalida taqdim etilgan muqaddas kitob nusxalariga alohida qiziqish bildirdi. Turli davrlarga mansub mus'haflarning bir makonda jamlangani, ularning tarixiy va badiiy qiymati mehmonda chuqur taassurot qoldirdi.
Shundan so‘ng u Sarayevo shahrida 1977 yilda nashr etilgan Qur’oni karimning ikki tilli nusxasini O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga hadya qildi.
Mehmon tashrif taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, shunday dedi:
«O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifim menda unutilmas taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Qur’oni karim zalida jamlangan noyob mus'haflar, ularning tarixi va badiiy go‘zalligi meni hayratga soldi. Shunda menda o‘zimizdagi Qur’oni karim nashrini ham ushbu Markazga hadya qilish istagi tug‘ildi. Bu bebaho merosni asrab-avaylashga o‘z hissamni qo‘shayotganimdan mamnunman».
Mazkur kitob Sarayevo Sharqshunoslik institutining «Maxsus nashrlar» turkumida VII jild sifatida chop etilgan. Unda Qur’oni karimning arab tilidagi asl matni va taniqli sharqshunos Besim Korkut tomonidan serb-xorvat tiliga qilingan tarjima jamlangan.
Nashrning diqqatga sazovor jihatlaridan biri — uning badiiy bezaklaridir. Taniqli rassom Mersad Berber ishlagan tasvirlar va bezaklar kitobning nafaqat diniy-ma’rifiy, balki badiiy qiymatini ham oshiradi.
Xorvatiyalik mehmon taqdim etgan ushbu nashr Bolqon mintaqasida Qur’oni karimni tarjima qilish va nashr etish an’analarini o‘rganish nuqtayi nazaridan ham ahamiyatlidir. U muqaddas kitobni turli tillarda o‘qish va anglashga qaratilgan ilmiy-ma’rifiy faoliyat tarixini aks ettiradi.
Nevena Englerning bu ezgu tashabbusi tarixiy merosga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir. Bunday tuhfalar Markaz muzey to‘plamini boyitish bilan birga, xalqlar o‘rtasidagi madaniy muloqotni rivojlantirish va umumiy ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiromni mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

O'zbekiston yangiliklari