Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Sentabr, 2026   |   19 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:00
Quyosh
06:18
Peshin
12:13
Asr
16:21
Shom
18:11
Xufton
19:25
Bismillah
30 Sentabr, 2026, 19 Rabi`us soni, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   16227   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Urgutdagi jome masjid yangi tahoratxonasi foydalanishga topshirildi (fotolavha)

24.05.2026   22421   1 min.
Urgutdagi jome masjid yangi tahoratxonasi foydalanishga topshirildi (fotolavha)

Shu kunlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi "Qozi Oblayorbek" jome masjidini yangi qurilgan tahoratxonasi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, masjid imom-xatibi Dilmurod domla Qo‘shaqov boshchiligidagi xodimlar va jamoat ahli hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbirda Zayniddin domla masjid ahlini zamonaviy tahoratxona bilan tabriklab, Haq taoloning bayti obodligiga hissa qo‘shishning ajru mukofoti haqida so‘zlash barobarida saxovatpesha insonlar, ustalar va hasharlarda faol qatnashgan kishilar haqqiga xayrli duolar qildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

Urgutdagi jome masjid yangi tahoratxonasi foydalanishga topshirildi (fotolavha) Urgutdagi jome masjid yangi tahoratxonasi foydalanishga topshirildi (fotolavha) Urgutdagi jome masjid yangi tahoratxonasi foydalanishga topshirildi (fotolavha) Urgutdagi jome masjid yangi tahoratxonasi foydalanishga topshirildi (fotolavha) Urgutdagi jome masjid yangi tahoratxonasi foydalanishga topshirildi (fotolavha)