Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Oktabr, 2026   |   5 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:17
Quyosh
06:36
Peshin
12:09
Asr
15:58
Shom
17:45
Xufton
19:00
Bismillah
16 Oktabr, 2026, 5 Jumadul avval, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   16866   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar

Mir Arab oliy madrasasida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi

13.05.2026   26597   1 min.
Mir Arab oliy madrasasida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi

Bugun Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Islom ma’rifati — axloqiy va ma’naviy barkamollik asosi” mavzusida an’anaviy respublika ilmiy-amaliy anjumani yuqori saviyada tashkil etildi.


Nufuzli anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, professor Muhammadolim Muhammadsidiqov, oliy madrasa rektori Jobir domla Elov, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori Azizxo‘ja Inoyatov hamda mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlaridan kelgan falsafa, psixologiya, tarix va islomshunoslik sohalari olimlari, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.


Anjuman ishtirokchilari islom ma’rifatining inson kamolotidagi o‘rni, yoshlarni vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish kabi dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildi.

Ma’ruzalarda ajdodlarimizdan meros qolgan boy ilmiy xazinani o‘rganish va uni yosh avlod qalbiga singdirish bugungi kunning eng muhim vazifasi ekani alohida qayd etildi. 
 

Ayniqsa, globallashuv sharoitida axborot makonidagi tahdidlarga qarshi yoshlarda mustaqil fikrlash va mafkuraviy immunitetni shakllantirishda diniy-ma’rifiy ishlarning ahamiyatiga urg‘u berildi.

Ulamolar, psixolog va faylasuf olimlar tomonidan inson ma’naviyatini yuksaltirish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.


Tadbir yakunida yosh olimlarning ilmiy izlanishlari yuqori baholanib, bu kabi anjumanlar ilm-fan va ma’naviyat rivojiga, ayniqsa, navqiron avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Faol ishtirok etgan ma’ruzachi va olimlarga Mir Arab oliy madrasasi rahbariyati tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Mir Arab oliy madrasasida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi Mir Arab oliy madrasasida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi Mir Arab oliy madrasasida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi Mir Arab oliy madrasasida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi Mir Arab oliy madrasasida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari