Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2026   |   3 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:03
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:45
Bismillah
18 Iyun, 2026, 3 Muharram, 1448

“Nasoyimul-muhabbat” da buyuklar siymosi

09.02.2017   6833   4 min.
“Nasoyimul-muhabbat” da buyuklar siymosi

    Islom  dinining  mohiyati,  uning  inson  hayotidagi  o‘rni  ana  shu  din bag‘ridan  yetishib  chiqqan  ulug‘  mutafakkir  shayhlar,  aziz-avliyolarning poklik  va  kamolot  sari  yetaklovchi  qarashlari,  ularning  ibratli xislatlarini  chuqur  tadqiq etish,  ajdodlar  ruhiga  hurmat  va ehtiromni davom ettirish  muhim  ahamiyat  kasb etmoqda. 

    Alisher  Navoiyning “Nasoyim  ul-muhabbat  min  shamoyim  ul-futuvvat” asari  muqaddima va 770 ta shayx (35 tasi avliyo ayollar)ning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.

  “Nasoyim ul-muhabbat” Abdurrahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns min hazarot il-quds”   tazqirasining tarjimasi, lekin Navoiy Jomiy asariga erkin, ijodiy munosabatda bo‘lib va uning asaridagi ma’lumotlarni to‘ldirib va ba’zisini qisqartirib 618 ta shayxlar sonini 770 ta (35 tasi avliyo ayollar)ga yetkazadi.

   “Nasoyim ul-muhabbat” da bir necha shayxlar haqidagi berilgan ma’lumotlarda Sohibqiron Amir Temurga  bog‘liq  qiziqarli voqealar uchraydi.

     Navoiy Sohibqiron Amir Temurni Eronga qo‘shin tortib borgan yili ya’ni 1381 yil bahorda oylarida shayx Bobo Sungu ziyoratiga borganini quyidagicha tasvirlaydi: “Zamon majzublaridin ermish. Andxud qasabasida bo‘dur ermish. Sohibi botin kishi ermish. Ramzlarin bilganlar natija topar ermish. Temurbek Xuroson mulki azimatig‘a yuruganda Andxudqa yetganda mashhurdurki, Bobo xidmatig‘a borg‘andur. O‘lturg‘ondin so‘ngra Bobo ilamida bir sufrada yaxna et erkandur. Qo‘yning yaxna to‘shin olib, Temurbek sari otibdur. Temurbek g‘oyati aqlu zakosidin debdurki, Xurosonni yer yuzining ko‘ksi debdurlar. Ani Bobo bizga havola qildi, deb bu bashorat bila yurub, Xuroson mulkini olibdur”

  Shayxning botiniy savoliga, nazariga, quvvatiga Amir Temur sidq va ixlos, aql va fahm-farosat  bilan anglaganliklari va javob berganliklari bayon qilingan.

  “Nasoyim ul-muhabbat” da Sohibqiron Amir Temurni Bobo Xokiy q. s. va Xoja Boyazid a. r. kabi shayxlar bilan uchrashgan va suxbatlashganlari zikr qilinadi.

Bobo Xokiy q. s: -Turk elidindur. Sipohi ermish. Timurbek bila Rum va Shom cherikiga borg‘ondur. Ondin qaytib kelganda, sipohilig‘ mashaqqatidin, chun toriqqon erkandur, tark qilib, faqr ixtiyor qilibdur.

Xoja Boyazid a. r :-Atoning yaqin avlodidindur. Temurbek oning suhbatig‘a kelibdur va kelurda ko‘nglida kechurubdurki, bu erning ma’no olamidin xabari bo‘lsa, bizga issiq halvo tortqoy. Ul muridlarg‘a halvoni xud buyurg‘on ekandur. Bek bila salomlashib ko‘rishgondin so‘ngra debdurki (avval salom, o‘rtasi taom va oxiri kalom!) Filhol halvoni tortturubdur. Bekka bu hol zohir bo‘lg‘ach, murid bo‘lib langar yasab, ko‘p avqof qilibdur.

    Navoiy hazratlari sohibqiron haqlarida zavqlanib,  samimiylik bilan mardlik, soddalik, zakiylik, har qanday tasodifiy xolatlar va har ishni tadbirkorlik bilan qilishliklarini tasvirlab bergan.

   Navoiy asarda shayxlarning ijtimoiy-siyosiy xayotda o‘z o‘rni bo‘lganlgini fasohat-balog‘at bilan yoritib bergan. Amir Temur va zamonasini xukmdorlari ham shayxlarning va ulamolarning maslahat va duolarni olishgani, shuning uchun  Amir Temur, Husayn Boyqaro, Bobur kabi hukmdorlar xalq orasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan.

   Bu  asar  milliy-diniy qadriyatlarimiz va tariximizni o‘rganishda ma’rifiy  va  axloqiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, Imom A’zam, Imom Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Hakim Tirmiziy,  Bahouddin Naqshbandiylar kabi aqida va tasavvuf ulamolarimiz haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

   Movarounnahr va Xuroson valiylari merosini o‘rganish, ularning tasavvufiy-axloqiy qarashlarini tadqiq etish inson ruhiy kamoloti uchun zarur g‘oya. Uni valiylar hayotini o‘rganmasdan turib, islomning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini anglab, so‘fiyona adabiyotlarning g‘oyaviy mazmun-mohiyatini tushunib bo‘lmaydi.

   Shuningdek, yoshlarga tasavvufning asl mazmun-mohiyatini to‘g‘ri yetkazish, ularni turli diniy oqimlar ta’siridan saqlash hamda milliy g‘oyani rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.

 

Piskent tuman bosh imom-xatibi v.v.b: Zaynilobiddinxon Qudratov.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yolg‘iz namoz o‘quvchi qiroatni jahriy yoki maxfiy qilishi mumkinmi?

16.06.2026   3857   1 min.
Yolg‘iz namoz o‘quvchi qiroatni jahriy yoki maxfiy qilishi mumkinmi?

Savol: Yolg‘iz namoz o‘qiyotgan odam masalan, xufton namozini jahriy qilib o‘qiyotgan bo‘lsa va esidan chiqib maxfiy o‘qib yuborsa, uning hukmi nima bo‘ladi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu kishining namozi to‘liq ado etilgan hisoblanadi. Chunki yolg‘iz o‘qiyotgan namozxon jahriy namozlarni xohlasa jahriy yoki maxfiy o‘qishi mumkin. Ammo jahriy o‘qishi jamoat bilan ado etishga o‘xshaganligi uchun afzal hisoblanadi. Maxfiy namozlarda esa u ham maxfiy o‘qiydi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kunduz vaqtida o‘qiladigan namozlarda ovoz chiqarilmaydi, deganlar.

Yolg‘iz holatda namozni maxfiy o‘qiyotgan namozxon esida yo‘q jahriyga o‘tib ketib qolsa yoki jahriy o‘qiyotib maxfiyga o‘tib ketib qolsa, bu holatda sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Lekin qasddan qilsa, xatokor hisoblanadi.

Jahriy namozlarda qiroatni jahriy va maxfiy namozlarda maxfiy qilishning vojibligi jamoatga, ya’ni imomga tegishli masala hisoblanadi. Shuning uchun imom bu ishlarni unutib tark etsa, sajdai sahv qiladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

 

MAQOLA