Joriy yilning 27 yanvar, juma kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan “Yakkasaroy” jome masjidiga tashrif buyurdi.
Ibrohim domla Inomov, juma tezisiga asosan, “Aqidada adashmaylik” mavzusida, ma’ruza qildi. Jumladan, u o‘z ma’ruzasida, islomda aqida masalasining muhimligi, turli buzg‘unchi g‘oyalarga aldanib qolmaslik, “takfir”, “hijrat”, “bay’at”, “shahidlik” kabi tushunchalarning ma’no va mohiyati borasida batafsil so‘z yuritdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
axborot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati