Bandalarini O‘zining muqaddas, mo‘jiz Kalomini o‘qishni o‘rganish baxtiga musharraf etgan Alloh taologa behad hamdu sanolar bo‘lsin.
O‘z ummatlariga: «Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga o‘rgatganingizdir» deya, ularni ushbu Kalomi Rabboniyning ta’limiga targ‘ib qilgan va bunda o‘zi eng go‘zal namuna bo‘lgan Nabiyimiz Muhammad mustafoga Allohnig salotu salomlari bo‘lsin.
Alloh taolo: Albatta, u Qur’oni karimdirki, (u) yashirin Kitobda (Lavhul-mahfuzda) dir. Uni (Qur’onni) tahoratli kishilardan o‘zgalar ushlamaslar, degan. ( Voqia surasi 77-79).
عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ يَزِيدَ قَالَ : كُنَّا مَعَ سَلْمَانَ فَخَرَجَ فَقَضَى حَاجَتَهُ ، ثُمَّ جَاءَ فَقُلْتُ : يَا أَبَا عَبْدِ اللَّهِ لَوْ تَوَضَّأْتَ لَعَلَّنَا أَنْ نَسْأَلَكَ عَنْ آيَاتٍ. قَالَ : إِنِّى لَسْتُ أَمَسُّهُ ، إِنَّمَا لاَ يَمَسُّهُ إِلاَّ الْمُطَهَّرُونَ. فَقَرَأَ عَلَيْنَا مَا شِئْنَا.
Abdurrahmon ibn Yazid hikoya qiladilar: Biz Salmom (roziyallohu anhu) bilan birga edik. U bizni yonimizdan turib, chiqib ketdi va hojatini qilib keldi. Men ey Abu Abdulloh tahorat qildingizmi? Biz Allohning kalomidan so‘ramoqchi edik dedim. U men Mus'hafni ushlamayman, uni poklanganlar ushlaydi dedi. Va bizga so‘ragan oyatlarimizni tilovat qildi.(Bayhaviy va Doraqutniy rivoyati).
قَالَ النَّبِىُّ صلى الله عليه وسلم لاَ يَمَسُّ الْقُرْآنَ إِلاَّ طَاهِرٌ
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Quronni faqatgina tahoratli kishigina ushlaydi”, deganlar .( Termiziy, Ibn Hibbon, Hokim va Sunani Dorimiy 447-hadis).
روي ابن عمر أن النبي صلى الله عليه وسلم كان ينهى الحائض والجنب عن قراءة القرآن
Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xayz va junub holatdagi kishini Quronni tilovat qilishdan qaytargan”, edilar .( Mabsut Saraxsiy 3-juz 301-sahifa).
Qur’oni Karimni junub, hayz, nifos va tahoratsiz holdagilar ushlashi mumkin emas. Faqat Qur’oni karimning tashidan unga yopishmagan narsa ila ushlashlari joiz. Ular butun bir oyati karima yozilgan qog‘ozni ham ushlashlari durust emas.
Ba’zi ulamolar: balog‘atga yetmagan bolalar Qur’onni o‘rganayotgan vaqtlarida yengil tahoratsiz ushlashlarini joiz deganlar. Agar ta’lim beruvchi junub, hayz, nifos va tahoratsiz holda bo‘lsa, Ana shu holatlarda Kalomullohni ushlamasdan so‘zma-so‘z o‘qish ila ta’lim beradi.
Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi
Tojiddinov Abdussomad Abdulbosit o‘g‘li
00:00 Xabarlar
00:56 “Network News Pakistan”: 2025 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo aholisi uchun eng ommabop sayohat yo‘nalishi bo‘ldi
01:25 “Solombo Times”: O‘zbekistonda “Uchinchi Renessans” g‘oyasini amalga oshirish davlat siyosatiga aylangan
01:57 Saudiya Arabistoni xalqaro qorilar tanlovining ikkinchi kunida 33 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi
04:45 Toshkentda Malayziya xalqaro halol ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
05:20 Har bir xonadonga bayramona kayfiyat kirib bormoqda
06:00 Istiqlol shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda
06:34 Xonadonlarga mehr, ko‘ngillarga umid ulashib...
07:08 Bir guruh imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lishdi
07:43 Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi
#yangiliklar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
ISHONCHLI VA RASMIY MANBA
YouTube | Instagram | Facebook