Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2026   |   4 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:06
Quyosh
05:34
Peshin
12:27
Asr
17:18
Shom
19:24
Xufton
20:47
Bismillah
17 Avgust, 2026, 4 Rabi`ul avval, 1448

Diniy bag‘rikenglik tamoyillari yoshlar talqinida

26.01.2017   11655   1 min.
Diniy bag‘rikenglik tamoyillari yoshlar talqinida

Islom – bag‘rikenglik dini. U odamlarni millati, rangi, kasbu mashg‘uloti, qanday dinga e’tiqod qilishidan qat’i nazar, Alloh yaratgan mavjudotlarning ulug‘i sifatida hurmat-ehtirom qilishga chaqiradi.
Ushbu to‘plamga kiritilgan ilmiy izlanishlar mualliflari bag‘rikenglikning mohiyatini yoritish bilan birga, ko‘pmillatli Vatanimizda ayni borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning ibratli natijalarini dalillar bilan sharhlaganlar.

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

17.08.2026   4114   1 min.
Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.

Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi


G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari