Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2026   |   29 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:02
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:37
Bismillah
14 Iyul, 2026, 29 Muharram, 1448

Muhammad alayhis salomning 99 ismlari

23.01.2017   93964   4 min.
Muhammad alayhis salomning 99 ismlari
  • Muhammad- maqtaluvchi.
  • Ahmad- Allohga hamd aytuvchi.
  • Hamid- Allohga hamdu sano aytuvchi.
  • Mahmud- maqtalgan.
  • Ahid- fazilatlar bobida yagona.
  • Vohid- axloq- odobda yagona.
  • Hoshir- o‘z ummatlarini qiyomat kuni mahshargohga yig‘uvchi.
  • Oqib- hamma payg‘ambarlar oxiri.
  • Toho- bu so‘zning ma’nosi Allohgagina ma’lum.
  • Yosin- bu so‘zning ma’nosi ham Allohgagina ma’lum.
  • Tohir- toza, pok.
  • Mutahhar- dili poklangan.
  • Tayyib- pok, xushtabiat.
  • Sayyid-Xoja.
  • Rasul- elchi, payg‘ambar.
  • Nabiy- payg‘ambar.
  • Rasulur-rohma- rahmat payg‘ambari.
  • Qayyim- to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi.
  • Jomi’ - barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassam etuvchi.
  • Muqtafiy – ergashuvchi (haq yo‘lga).
  • Muqaffiy – ergashtiruvchi (o‘ziga).
  • Rasululmalohim – jangu jahon payg‘ambari.
  • Rasulur- roha – rohat payg‘ambari.
  • Komil – yetuk.
  • Iklil – toj.
  • Muddassir – qo‘rquvdan matohga o‘ranib olgan.
  • Muzzammil – muddassir.
  • Abdulloh – Allohning bandasi.
  • Habibulloh – Allohning suyuklisi.
  • Safiyyulloh – Allohning tanlagani.
  • Najiyyulloh – Allohning sirdosh do‘sti.
  • Kalimulloh – Alloh bilan so‘zlashuvchi.
  • Xotamulanbiyo – nabiylar oxiri, ularning xotimasi.
  • Xotamurrosul - Rasullar xotimasi.
  • Muqyiy – dinni turgizguvchi (rivojlantirguvchi).
  • Munjiy – xaloskor.
  • Muzakkir – eslatuvchi (Allohni va oxiratni).
  • Nosir – yordam etuvchi.
  • Mansur – yordam berilgan, dushmanlari ustidan zafar topgan.
  • Nabiyyur – rohma – rahmat payg‘ambari.
  • Nabiyyuttavba – tavbaga targ‘ib etuvchi payg‘ambar.
  • Harisun alaykum – ummatlariga mehribon.
  • Ma’lum – hammaga ma’lum.
  • Shahir – hammaga mashhur.
  • Shohid – guvoh.
  • Shahid – guvoh.
  • Mashhud – guvohlik berilgan.
  • Bashir – xushxabar beruvchi.
  • Mubashshir - xushxabar beruvchi.
  • Nazir – azoblardan ogohlantirguvchi.
  • Munzir – oxirat azoblaridan ogohlantirguvchi.
  • Nur – nur.
  • Siroj – chiroq, quyosh.
  • Misboh – chiroq.
  • Hudo – hidoyat qilguvchi.
  • Muxtor – tanlab olingan.
  • Ajir – dinga xizmat qilguvchi.
  • Jabbor – ayblarni yopguvchi.
  • Abul – Qosim – Qosimning otasi.
  • Abul – Tohir – Tohirning otasi.
  • Abut – Tayyib – Tayyibning otasi.
  • Abu Ibrohim – Ibrohimning otasi.
  • Mushaffa’ – shafoat huquqi berilgan.
  • Shafi’ – shafoat etuvchi (qiyomat kuni gunohkor ummatlarning kechirilishini Allohdan so‘rovchi).
  • Solih – yaxshi ishlarni qiluvchi, Allohning buyruqlarini ado etuvchi.
  • Muslih – isloh etuvchi, tuzatuvchi (o‘rtani).
  • Muhaymin – ummatlari ishini kuzatib turuvchi.
  • Sodiq – rostgo‘y.
  • Musaddiq – tasdiq etuvchi.
  • Sidq – rostgo‘y.
  • Sayyidulmursalin – payg‘ambarlar hojasi.
  • Imomulmuttaqin – taqvodorlar peshvosi.
  • Qoidulg‘urril – muhajjalin – qiyomat kuni sajda qilgan a’zolaridan nurlar chiqib turuvchi ibodatli ummatlarini jannatga eltuvchi.
  • HalilurRahmon – Rahmonning do‘sti.
  • Barr – xayrli, solih amallar qiluvchi.
  • Mabarr – hamma yaxshiliklar manbai.
  • Vajih – go‘zal yuzli.
  • Nasih – nasihatgo‘y.
  • Nosih – nasihatchi.
  • Vakil – vakil, ishonch egasi, kafil.
  • Mutavakkil – tavakkal etuvchi.
  • Kafil – kafil, kafolatiga oluvchi.
  • Shafiq – shafqatli, mehribon.
  • Muqimus – sunna – sunnatni tiklovchi.
  • Muqaddas – ulug‘lanuvchi, gunohlardan pok.
  • RuhulQudus – muqaddas ruh.
  • RuhulHaq – haqqoniy ruh.
  • RuhulQist – adolatli ruh.
  • Kofiy – kifoya qiluvchi (diniy ehtiyojlarga).
  • Muktafiy – kifoyalanuvchi (Allohning amrlari bilan).
  • Bolig‘ – oliy darajalarga yetgan.
  • Muballig‘ – Alloh tomonidan kelgan barcha diniy ahkomlarni ummatlariga to‘la yetkazuvchi.
  • Shofiy – shifokor (qalb kasalliklariga va ma’naviy illatlarga nisbatan).
  • Vosil – yetishuvchi (Allohning roziligi va diydoriga).
  • Mavsul – yetishiluvchi (ya’ni on hazratning shafoatlariga va diydorlariga ummatlari yetishurlar, inshoolloh).
  • Sobiq – barcha fazilat va sharafda oldinda boruvchi.
  • Soiq – ummatlarini bu dunyoda iymon va amal sari, oxiratda esa, do‘zaxdan jannat sari haydovchi.
  • Hodiy – to‘g‘ri yo‘dga boshlovchi.
  • Muhdiy – hadiya, ehson sohibi.

Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi

Tojiddinov Abdussomad Abdulbosit o‘g‘li

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

13.07.2026   1989   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

#taziya
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idorada uzoq yillar faoliyat yuritgan Zarifa hoji onaga turmush o‘rtoqlari Mirkomil otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhumning oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering». 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari