Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Oktabr, 2025   |   18 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:11
Quyosh
06:29
Peshin
12:15
Asr
16:06
Shom
17:54
Xufton
19:06
Bismillah
10 Oktabr, 2025, 18 Rabi`us soni, 1447

Rasman: Haj kvotasi 7200 ta bo‘ldi!

20.01.2017   17950   2 min.
Rasman: Haj kvotasi 7200 ta bo‘ldi!

Mamlakatimiz mo‘min-musulmonlari muborak haj va umra ibodatlarini ado etishlar uchun yildan-yilga qulay shart-sharoitlar tashkil etib kelinmoqda. So‘nggi yillarda ziyoratchilarga ko‘rsatiladigan tibbiyot, transport, mehmonxona xizmatlari va ibodat masalalaridagi yordamlar saviyasi sezilarli darajada oshganini alohida qayd etish kerak.

Yana bir xursandchilik, haj safariga borish istagini bildirayotganlar soni oshib borayotganini inobatga olib, 2017 yildan yurtimizdan haj ziyoratiga boruvchilar soni 7200 nafar qilib belgilandi (ilgari 5200 nafar edi). Bu xushxabar barcha yurtdoshlarimizga katta quvonch baxsh etdi.

Shu kunlarda Haj ishlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonida xizmat safarida bo‘lib, bir qator vazirlik va idoralar bilan 2017 yilgi haj mavsumini namunali tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Kuni kecha Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vaziri Solih Bantin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan Haj mavsumidagi yutuqlar va kelayotgan mavsumga tayyorgarlik, uni yanada yaxshi tashkil etishga doir fikrlar bildirildi. Mazkur uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, joriy yil Haj mavsumi uchun O‘zbekistonga 7200 ta kvota ajratilishiga erishildi.

Kunning ikkinchi yarmida Haj ishlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbariyati bilan Jidda shahrida uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda haj va umra ziyoratlarini tashkil etish doirasidagi tashkiliy masalalar, jumladan, Madina va Jidda shaharlari xalqaro aeroportlari orqali ziyoratchilarni tashish, ko‘rsatiladigan xizmatlar muhokama etildi. Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi O‘zbekiston haj ishchi guruhi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ish faoliyatiga yuqori baho berdi.

Shundan so‘ng Haj ishlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif dasturi doirasida Saudiya Arabistoni Transport korxonalari bosh vakilligi mas’ullari bilan uchrashdi. Uchrashuvda bosh vakillik rahbari Foruq Buxoriy O‘zbekiston tomonidan haj va umra tadbirlarini yuqori darajada tashkil etib kelayotgani, o‘zbekistonlik hojilar zamonaviy transport vositalari bilan ta’minlangani, shartnomaviy kelishuvlar O‘zbekiston tomonidan to‘laqonli bajarilayotganini alohida ta’kidladi. Foruq Buxoriy so‘zining yakunida O‘zbekiston haj delegatsiyasi a’zolariga yuqori darajadagi tashkiliy ishlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

axborot xizmati

Haj va umra
Boshqa maqolalar

Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda

10.10.2025   2343   2 min.
Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda

Bugun, 9 oktyabr kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov boshchiligida viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatiblar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 
Yig‘ilish Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. 

Uchrashuvda Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining har bir imom-xatibning faoliyati davomidagi tadbirlarning qamrovi va ahamiyati, mohiyati, erishilgan yutuqlar, natijalar, tajriba almashinuvlarning diniy xodimlar uchun manfaatli bo‘lishi e’tirof etilgani, shu bilan birga, berilgan topshiriq va tavsiyalari bo‘yicha Viloyat bosh imom-xatibi tomonidan monitor orqali jonli ko‘rgazmali tarzda amaliy seminarda olingan ko‘nikmalarni viloyatda ommalashtirish uchun ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida o‘z ustida muntazam ishlash, ilmiy saviyani yanada oshirish,  aholi bilan muloqot qilish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlash hamda xayriya yordamlari uyushtirishdagi uyushqoqlik, tizimdagi xodimlar o‘rtasida o‘zaro birdamlik muhiti yanada mustahkamlash zarur ekani alohida ta’kidlandi. 

Viloyatimizning barcha masjidlarida namozxonlar uchun suhbatlarni olib borish, ayniqsa, har dushanba va payshanba kunlari masjid jamoasi ko‘p to‘planadigan vaqtda namozidan keyin suhbatlar tashkil etish, masjidlar ishlarini boshqarish, obodonchilik va tozalikka alohida e’tibor qaratish takidlab o‘tildi. Belgilab o‘tilganidek, hududlardagi imom-xatib va imom-noiblar payshanba o‘quvlarini samarali tashkillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.
Joriy yilning 23 sentyabrdagi Muftiy hazratlarining taman-shahar bosh imom-xatiblari ishtirokidagi  video selektor yig‘ilishida bergan ko‘rsatma va topshiriqlarini amaliy va samarali ijro etishlari, joylarda amaliy natijaga erishishlari uchun berilgan topshiriq xati o‘qib eshittirildi. 

Yig‘ilish davomida har bir tuman-shahar bosh imom-xatibi imom-noiblar faoliyatiga ham e’tibor qaratishlari lozimligi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash va o‘z vaqtida vakillik mas’ullariga ma’lumot taqdim etishlari alohida aytib o‘tildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda Andijondagi ilmiy-amaliy seminarning ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlari hududlarga yoyilmoqda
O'zbekiston yangiliklari